2017 yil 2 oktyabr kuni Farg`ona davlat universiteti xotin-qizlar qo`mitasi “Qizbola-bo`lg`usi oila bekasi, kelajagimiz egasi” mavzusida davra suhbati o`tkazildi.

11:20, 06.10.2017      

2017 yil 2 oktyabr kuni Farg`ona davlat universiteti xotin-qizlar qo`mitasi boshlang`ich tashkiloti va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O'zbekiston liberal demokratik partiyasi Farg`ona viloyat kengashi Ayollar qanoti, Farg`ona shahar xotin-qizlar qo`mitasi hamkorligida “Qiz bola-bo`lg`usi oila bekasi, kelajagimiz egasi” mavzusida davra suhbati o`tkazildi. Tadbirda Fizika-matematika fakulteti professor-o`qituvchilari, talaba qizlari ishtirok etishdi. Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta`minlash, ular uchun munosb mehnat va turmush sharoitini yaratib berish. Qobiliyat va salohiyatini ruyobga chiqarish masalasi yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Shu asosda onalik va bolalikni himoyalash, oila institutini qo`llab-quvvatlash, ayollarning og`rig`ini yengil qilish, ularning jamiyat hayotidagi nufuzini oshirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilganligini takidlandi. Tadbirda psixolog va vrachlar ishtirok etib, balog`at yoshiga qadam qo`ygan har bir qiz bola shirin orzulari daryosida oila degan kemani boshqarishni niyat qilishi tabiiy hol hisoblanadi. Milliy urf-odatlarimizga ko`ra ko`pgina xollarda qizlarni oila qurishiga uni qurshab turgan ijtimoiy muhitning ta`siri katta bo`ladi.Shuning uchun qiz bola oila qurishga ham ruhan, ham jismonan tayyor bo`lsagina oila mustahkam bo`ladi. Bu borada ota-onalar, o`qituvchilar va mahalla faollari doimo amaliy ishlar olib borishi va targ`ibot ishlarini tashkil qilishlari zarurligi ta`kidlandi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan mutaxassislarga o`zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilshib, kerakli javoblarni olishdi. Davra suhbati so`ngida tashkilotchilar bunday targ`ibot tadbirlarini doimiy amalga oshirishga kelishib oldilar.