Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

“Dunyoni mehr ustiga quraylik” mavzusida ma`naviy tadbir o`tkazildi

14:15, 03.12.2018      

7df695c773-dsc2560

Mehribonlik, mehr ko`rsatish insoniylikning poydevori bo`lgan buyuk fazilatlaridan hisoblanadi. Har yili Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan mehr kuni nishonlanishi ham bu tuyg`uning insonlar o`rtasida nechog`li ahamiyatli ekanidan darak beradi.


Universitetimizda ham mehr va oqibatni tarannum etuvchi tadbirlar muntazam o`tkazilib kelinmoqda.

Ijtimoiy ish kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Yaxshilik volontyorlar klubi” a`zolari tomonidan 2018 yil 28 noyabr kuni “Dunyoni mehr ustiga quraylik!” shiori ostida o`tkazilgan bu yilgi tadbir o`zgacha ruhda o`tdi.

Tadbirga universitetimizda tahsil olayotgan nogironligi bo`lgan talabalar va ularning ota-onalari taklif etildi. Nogironligi bo`lgan talabalar tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar namoyishi o`tkazildi. Ularning ota-onalariga esdalik sovg`alari taqdim etildi.

Ijtimoiy ish kafedrasi qoshidagi “Yaxshilik volontyorlar klubi” a`zolari bo`lgan talabalar tomonidan mehr, oqibat va yaxshilikni targ`ib qiluvchi sher, kuy-qo`shiq va namoyish etilgan sahna ko`rinishi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

ba9773e03e-dsc2558