Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

Futbol musobaqalariga start berildi

11:16, 04.12.2018      

Filologiya fakultetida futbol bo’yicha fakultet birinchiligi musobaqalariga start berildi.

Salkam yarim yillik tanaffusdan so`ng FPL (Filologiya professional ligasi)ning navbatdagi bellashuvlari boshlandi. Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy o`tgan birinchi mavsumdan so`ng, jamoalar yaxshigina hordiq chiqarib olishdi. Boshlangan ikkinchi mavsum yanada qiziqarli o`tishi kutilmoqda. Yangi jamoalarning qo`shilishi, bu jamoalar tarkibidagi bir qator iste’dodli yigitlarning borligi va ilk mavsumdan olingan tajribalar bu fikrga kelishimizga asos bo`lmoqda.


13-noyabr kuni o`tkazilgan mavsumoldi yig`ilishida yangi mavsum uchun rejalar to`g`risida suhbatlashishdi. Jamoa sardorlari yangi mavsumda foydalaniladigan liboslarni taqdim etishdi. Yig`ilish so`ngida barcha yuqori kayfiyatda yangi mavsumga tayyorligini bilidirdi.

14-noyabr kuni dastlabki o’yinlar o’tkazildi. Mazkur o’yinlar yakuniga ko’ra “Ustozlar” jamoasi turnirda peshqadamlik qilmoqda.