Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

Ustozlarni yod etib

16:11, 04.12.2018      

3bf7aededf-0

Bugun fizika – matematika fakultetida atoqli matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O'z.R FA, Islom akademiyasi va Adigiya Xalqaro Fanlari akademiki, O'zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti sovrindori Mahmud Salohiddinovich Salohiddinov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan tadbir bo`lib o`tdi.


Tadbirda akademik M.S.Salohiddinovning ilmiy faoliyati to`g`risidagi ma`ruza bilan 2-kurs magistranti Dostonbek Oripov ma`ruza qildi. Tadbir davomida tadbir qatnashchilariga akademik M.S.Salohiddinov xaqidagi xujjatli filmdan lavxalar namoyish etildi. Tadbirda ishtirok etgan Abay nomidagi Qozog`iston Milliy pedagogika universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori A.S.Berdishev, kafedra professori, fizika-matematika fanlari doktori A.Q.O'rinov, matematika kafedrasi dotsenti fizika-matematika fanlari nomzodi I.Ne`matovlar O'zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi, ko`plab matematiklarning ustozi akademik Maxmud Saloxiddinovich Saloxiddinov xaqidagi xotiralari bilan so`zga chiqdilar.