Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

Universitetda “Xo`jalik xodimlari kuni” tadbiri o`tkazildi

10:46, 06.12.2018      


Farg`ona davlat universiteti rektori tashabbusi bilan jamoada mehnat qilayotgan xo`jalik bo`limi xodimlari kunini nishonlash maqsadida 4 dekabr kuni bayram dasturxoni yozildi.


Tadbirga 200 nafardan ortiq xo`jalik bo`limida faoliyat ko`rsatayotgan ishchi-xodimlar taklif etildi.

Tadbirda universitet rektori R.X.Maksudov hozirgi kunda oliy ta`lim muassasasi faoliyatida ishchi–xodimlarning o`ziga xos o`rnini, ularning halol mehnatlari doimo e`zozlab kelinganligita`kidlab o`tdi.

Shundan so`ng ko`p yillar davomida halol, sidqidildan mehnat qilayotgan 55 nafar xodimlar universitet rektori, yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor, faxriylar kengashi, jamoatchilik kengashi, xotin-qizlar qo`mitasi hamda kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Xo`jalik bo`limi xodimlari tomonidan universitet rektori R.Maksudov va universitet rahbariyatiga ko`rsatgan e`tiborlari uchun katta minnatdorchilik bildirildi.

Tadbir davomida xodimlar uchun O'zbekiston Xalq artisti Sultonali Mannopov rahbarligidagi universitet ansanbli tomonidan madaniy kompozitsiya tashkil etildi.Tadbir jarayoni OAV xodimlari tomonidan yoritib borildi.