Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

Sizni 2018 yil 20 dekabrь kuni Farg`ona davlat universitetida O'zbekiston qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodining o`rganilishiga bag`ishlab “Erkin Vohidov ijodining o`zbek adabiyoti va ma`naviy hayotimizdagi o`rni” mavzusida intern

16:08, 06.12.2018      

O'ZBYeKISTON RYeSPUBLIKASI

OLIY VA O'RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI

FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI

Sizni 2018 yil 20 dekabr kuni Farg`ona davlat universitetida O'zbekiston qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodining o`rganilishiga bag`ishlab “Erkin Vohidov ijodining o`zbek adabiyoti va ma`naviy hayotimizdagi o`rni” mavzusida internet konferetsiyada ishtirok etishga taklif etamiz. Mazkur konferentsiya FDUning Turkiya respublikasi Anqara Hoji Bayram Vali universiteti bilan hamkorlik faoliyati doirasida tashkillanmoqda. Unda xorijlik olimlar ishtiroki rejalashtirilgan. Anjuman tili: o`zbek, rus, ingliz.

Anjuman yo`nalishlari:

1. Erkin Vohidov ijodi va o`zbek adabiyoti.

2. Adabiy ta`sir va tarjima masalalari.

3. O'zbek tilshunosligi masalalari va Erkin Vohidov ijodi.

4. Til va adabiyot ta`limining dolzarb masalalari.

Anjuman materiallari internet saytlariga joylashtirilishi rejalashtirilgan. Tanlangan masalani yoritishda muammoviy yondashuvga e`tibor qaratish talab etiladi. Maqolaning chop etilishi tanlov asosida aniqlanadi.

Anjumanda ishtirok etishni xohlovchilar 2018 yilning 15 dekabr kuniga qadar quyidagi tartibda o`z maqolalarini taqdim etishlari so`raladi:

• ma`ruza materiallari MS WORD dasturida Times New Roman (barcha tildagi maqolalar uchun) shriftida rasmiylashtiriladi;

• belgilar o`lchami 14 da yoziladi;

• qog`oz o`lchovi A4 (210-297 mm);

• yuqori va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm va o`ngdan 1,5 oraliq masofa tashlangan holda tayyorlanadi;

• mavzuning nomi katta harflar bilan qoraytirib qog`ozning o`rtasiga avtomatik tarzda keltirib yoziladi, keyingi qatorga ma`ruzachining ismi-familiyasi, uchinchi qatorga ma`ruzachining ish joyi yoziladi;

• qatorlar orasidagi interval – 1,5;

Eslatma: maqolalar 3-5 bet hajmda qog`ozda va elektron variantda topshirilishi lozim (mualliflar tashkiliy masalalar uchun maqolaning har bir sahifasiga 10000 so`m miqdorida badal to`lashlari zarur. To`lov naqd yoki pul o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi).

Moliya vazirligi g`aznachiligi XKKM Toshkent shahar BB x/r 23402000300100001010 mfo 00014, stir 201122919

To`lov maqsadiga quyidagilar yozilishi shart: SHXB 400110860304017950100079001 Stir 201133366

( FDU, Adabiyotshunoslik kafedrasiga konferenцiya uchun)

Maqola mualliflariga ishtiroklari uchun tegishli sertifikat taqdim etiladi.

Rasmiylashtirish talablariga javob bermagan maqolalar nashr qilinmaydi.

Manzil: Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi 19,

FarDU, adabiyotshunoslik kafedrasi.

Tel: 8(373) 244-66-02; +99891-677-30-86

E–mail: guzalfayz76@mail.ru