UNIVERSITET REKTORINING 2017 YIL 7-OKTABRDAGI "MUTAXASSISLIK FANLARIDAN MALAKAVIY IMTIHON TASHKIL QILISH TO'G`RISIDA"GI 667-SONLI REKTOR BUYRUG`I

10:22, 12.10.2017      

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda katta ilmiy xodim izlanuvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilarning mutaxassislik fanlaridan malakaviy imtihonlarni tashkil qilish borasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/6-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 23 iyundagi 2764-1-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yilgan Davlat talablari" va “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom” hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiya raisining 2017 yil 24 avgustdagi 01-11/1197, 8 sentyabrdagi 01-11/1237-, 13 sentyabrdagi 01-11/1265-son va 25 sentyabrdagi 01-11/1352-sonli xatlariga asoslanib,

B u yu r a m a n

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/6-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 23 iyundagi 2764-1-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yilgan Davlat talablari" va “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom” hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2017 yil 24 avgustdagi 01-11/1197-, 25 sentyabrdagi 01-11/1358-, 13 sentyabrdagi 01-11/1265-sonli va 8 sentyabrdagi 01-11/1237-sonli xatlariga binoan: 10.00.01-“O‘zbek tili” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihonini o‘tkazish yuzasidan quyidagi tarkibda imtihon komissiyasi tuzilsin:

  • A.Mamajonov – FarDU professori, filologiya fanlari doktori, rais;
  • M.Xakimov – FarDU prorektori, f.f.doktori, rais o‘rinbosari;
  • M.Zokirov – FarDU dotsent, filologiya fanlari nomzodi, a’zo;
  • S.Mo‘minov – FarDU professori, filologiya fanlari doktori, a’zo;
  • N.Uluqov – NamDU dotsenti, filologiya fanlari doktori, a’zo;
  • D.Nabieva – AndDU dotsenti, filologiya fanlari doktori, a’zo;
  • I.Xojaliev – FarDU katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi, komissiya kotibi;

10.00.02-“O‘zbek adabiyoti” ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihonini o‘tkazish yuzasidan quyidagi tarkibda imtihon komissiyasi tuzilsin:

  • D.Quronov – And DU profesori, filologiya fanlari doktori, rais;
  • H.Jo‘raev – FarDU dotsenti, filologiya fanlari doktori, rais o‘rinbosari;
  • S.Mirzaeva – AndDU professori, filologiya fanlari doktori, a’zo;
  • A.Sabirdinov – FarDU dotsenti, filologiya fanlari doktori, a’zo;
  • A.Qosimov – FarDU dotsenti, filologiya fanlari doktori, a’zo;
  • M.Sulaymonov – NamDU dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, a’zo;
  • G.Muhammadjonova – FarDU katta o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi, komissiya kotibi;

2. Malakaviy imtihonlarni topshiruvchilar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3.“Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bandlariga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkazilishiga ruxsat berilsin.

4. 10.00.01-“O‘zbek tili”, 10.00.02-“O‘zbek adabiyoti” ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihonni o‘tkazuvchi komissiya kotiblariga:

4.1. Malakaviy imtihon o‘tkazilishi bo‘yicha hujjatlarni Nizom talablari asosida yuritilishini ta’minlash;

4.2. Malakaviy imtihonni topshiruvchi talabgorlarning olgan baholarini halol va shaffof, qonun talablariga amal qilgan holda qayd qilish, yig‘ilish bayonnomalarini o‘z vaqtida rasmiylashtirib, elektron hamda qog‘oz variantda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.

5. Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i U.Nazirovga:

5.1. «Malakaviy imtihon» topshiruvchilarning hujjatlar yig‘ma jildini kotiblardan qabul qilib olish;

5.2. «Malakaviy imtihon»ni o‘tkazilishi bo‘yicha ma’lumotlarni universitet saytiga joylashtirish;

5.3. Malakaviy imtihon o‘tkazilishidan kamida besh kun oldin malakaviy imtihonlar o‘tkazilishi bo‘yicha ma’lumotlarni OAK ka taqdim etish;

5.4. 10.00.01-“O‘zbek tili”, 10.00.02-“O‘zbek adabiyoti” ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihon natijalarini umumlashtirish;

5.5. «Malakaviy imtihon» yakunidan so‘ng imtihon natijalari bo‘yicha OAKka ma’lumot taqdim etish vazifalari yuklatilsin.

6. 2017 yil 13 oktyabr kuni Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi RhD.27.06.2017.Fil.05.02-raqamli Ilmiy kengash huzurida 10.00.01-“O‘zbek tili”, “Tilshunoslikda metod va metodologiya asoslari. Umumiy tilshunoslik” ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazilishi, 14 oktyabr kuni esa RhD.27.06.2017.Fil.05.02-raqamli Ilmiy kengash huzurida 10.00.02-“O‘zbek adabiyoti”, “Adabiyot nazariyasi” ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazilishi belgilab qo‘yilsin.

7. Bosh buxgalter vazifasini bajaruvchi M.Eminovga malakaviy imtihon oluvchi komissiya a’zolariga tegishli hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng qonunda o‘rnatilgan tartibda soatbay hajmida ish haqi to‘lash vazifasi yuklatilsin.

8. Ushbu buyruq bajarilishining nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017 yil 31 maydagi 239/6-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 23 iyundagi 2764-1-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yilgan Davlat talablari" va “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom” hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 24 avgustdagi 01-11/1197-, 8 sentyabrdagi 01-11/1237-, 13 sentyabrdagi 01-11/1265-son va 25 sentyabrdagi 01-11/1352-sonli xatlari.

Rektor A.Xaitbaev


Buyruq ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limida tayyorlandi.

Rasmiylashtirdi U.Nazirov

Mas’ul:

MIB prorektor A.Dehqonov

Kelishilgan:

Huquqshunos B.Axmadjonov

KB boshlig‘i A.Jumaboev