10 oktyabr kuni Fargona davlat universitet axborot-resurs markazida Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.27.06.2017.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminar

16:32, 12.10.2017      

Majlisda QDPI o‘qituvchisi, talabgor SH.G‘.Toshjujaevaning 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Erkin A’zam asarlari lingvopoetikasi” mavzuidagi dissertatsisi muhokama qilindi. SH.Toshjujaevaning dissertatsion ishi yuzasidan rasmiy taqrizchilar – filologiya fanlari doktori, professor N.Uluqov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent D.Nurmonova, shuningdek, filologiya fanlari doktorlari, professorlar A.Mamajonov, S.Mirzaeva va O.Bazarov, filologiya fanlari doktori H.Jo‘raev, filologiya fanlari nomzodi G.Muhammadjonova savollar bilan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirishdi. Mazkur dissertatsiya himoyaga tavsiya etildi. Shuningdek, ilmiy seminar majlisida 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha FarDU o‘qituvchisi, talabgor H.Dusmatovning “Askiya matnining lingvostilistikasi” mavzuidagi dissertatsiyasi muhokama uchun qabul qilindi. Majlisda ilmiy seminar a’zolari, mutaxassislar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

1adf13a826-2