Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

Psixologiya kafedrasining xalqaro hamkorligi

14:22, 22.12.2018      


2018 yilda rossiya va o`zbek hamkorligining taraqqiyoti doirasida URGPU va Farg`ona davlat universiteti o`rtasida universitet rektorlari Svetlana Minyurova hamda Ravshan Maksudovlar tomonidan imzolangan hamkorlik shartnomasi tuzildi. SHartnoma o`zaro hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar va stajirovkalarni amalga oshirish, ilmiy-amaliy anjumanlar va seminarlarni tashkil qilishni ko`zda tutadi.


Natijada FarDU psixologiya kafedrasining katta o`qituvchisi Farhodjon Soliyev URGPUda stajirovka amaliyotini o`tab qaytdi Stajirovka davomida u psixologiya instituti professor-o`qituvchilari bilan loyihaviy hamkorlik faoliyatining istiqbol taraqqiyot rejalarini muhokama qildi.SHuningdek, URGPU va Ural psixotexnologiyalar byurosi bilan hamkorlikda o`tkazilgan “Biznes xavfsizligini ta`minlash va kadrlar tanlashdaprofayling” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferenцiyasida ishtirok etdi. F.Soliyev “Ekspert” maxsus psixologik tadqiqotlar o`quv-metodik markazida tashkil etilgan “Profayling” kursini dastlab onlayn va yakuniy imtihonlarni bevosita markazda topshirib, malaka oshirish guvohnomasiga ega bo`lib qaytdi.

Hozirda Farg`ona davlat universiteti psixologiya kafedrasi mudiri M.T.Isaqova hamkorlik doirasidaUral davlat pedagogik universitetining psixologiya institutida stajirovka amaliyotini o`tamoqda. Ushbu amaliyot stajirovkasi M.T.Isaqovaning oliy ta`limda professor-o`qituvchilar va talabalar uchun mo`ljallangan ochiq ma`ruzalarini ham o`z ichiga oladi. Ochiq ma`ruzalar davomida tinglovchilar oliy ta`lim tizimida amaliyotchi psixologlar faoliyati, O'zbekistonda oliy ta`lim tizimining o`ziga xos xususiyatlari haqida ma`lumot olmoqdalar. SHuningdek ma`ruzalarda madaniyat mavzusiga oid fikrlar ham muhokama qilinmoqda. Mazkur tadbirlarga ijtimoiy fanlar instituti hamda psixologiya instituti talabalari katta qiziqish bilan yondoshmoqdalar.