Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

Xunarmand bilan uchrashuv

10:10, 26.12.2018      

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 27 iyundagi “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi to`g`risidagi PF-5466-sonli va 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro xunarmandchilik festivalini o`tkazish to`g`risida


”PQ-3991-sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida joriy yilning 25 dekabr kuni “Do`stlik” ordeni sohibi, Respublika Badiiy akademiyasi a`zosi, Xalq deputatlari Farg`ona viloyat Kengashi deputati kulol-rassom Toxirjon Haydarovbilan Farg`ona davlat universiteti professor-o`qituvchilari hamda talabalari ishtiroki “Deputat va yoshlar” uchrashuvi o`tkazildi. Tadbir FarDU axborot resurs markazi uchrashuvlar zalida bo`lib o`tdi. Kulol-rassom tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar, kulolchilik namunalari ko`rgazmasi tashkil etildi.

Uchrashuvda O'zLiDeP Farg`ona viloyat Kengashi rais o`rinbosari N.Elchiyeva, shoir G`ulom Fatxulla, viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Sh.Aslonov ishtirok etdilar. Universitet yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi boshlig`i P.Otaqulov tadbirni olib bordi. Mehmonlar tomonidan kulol-rassom hayoti va mehnat faoliyati to`g`risida fikrlar bildirildi hamda film namoyish etildi.

Faol ishtirok etib, eng yaxshi savollar bilan murojaat qilgan tarix, tasviriy san`at va ijtiomiy ish yo`nalishi talabalari Tohirjon Xaydarov tomonidan esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.SHuningdek, kulol-rassom tashkil etgan muzyeyga tashrif buyicha rejalar tuzildi. Uchrashuv barchada katta taassurot qoldirdi.