Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

Farg`onada “Adabiyot kunlari”

18:24, 27.12.2018      

O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodiga bag`ishlangan adabiyot kunlari doirasida Farg`ona viloyatining qator shaharlarida adabiy kechalar, ma`naviy-ma`rifiy uchrashuvlar bo`lib o`tmoqda. Bunday tadbirlar Qo`qon shahridan boshlanib, Marg`ilon shahridagi “Ijodkorlar bog`i”da davom etdi. Viloyat hokimi SH.G`aniyev tomonidan O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodiga bag`ishlangan ilmiy maqolalar tanlovida g`olib bo`lgan Farg`ona davlat universiteti filologiya fakulteti professori, filologiya fanlari doktori Y.Solijonov, filologiya fanlari nomzodi G.Muhammadjonova va boshqa g`oliblar taqdirlandi.


26 dekabr kuni Farg`ona davlat universitetida adabiyot kunlari tadbirining davomi sifatida “Erkin Vohidov ijodining o`zbek adabiyoti va ma`naviy hayotimizdagi o`rni” mavzusida ilmiy-ma`rifiy anjuman o`tkazildi. Tadbirga 40 dan ortiq adabiyot, san`at sohasidagi mehmonlar, shuningdek, Erkin Vohidovning oila a`zolari tashrif buyurdilar. O'zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri SHuhrat Rizayev, O'zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon va qator taniqli adiblar shular jumlasidandir.

Ilmiy-ma`rifiy anjumanni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg`ona viloyati bo`limi rahbari Enaxon Siddiqova boshqarib bordi. Tadbirda so`zga chiqqan barcha ma`ruzachilar, O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning shogirdlari, izdoshlariuning ilmiy merosi, ijodi bo`yicha fikr yuritdilar.

Farg`ona davlat universiteti rektori R.Maksudov anjumanga yig`ilgan barcha mehmonlarni qutlab, butun jamoa nomidan o`z minnatdorchiligini bildirdi hamda shoirning o`g`li Xurshid Vohidovga, shuningdek, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri SHuhrat Rizayevga 60 yoshi bilan tabriklab, esdalik sovg`alar taqdim etdi.

Tadbir davomida O'zbekiston halq artisti, professor S.Mannopov, O'zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist M.Mo`minov, xonanda O.Raximovlar tomonidan shoirlar ijodi bo`yicha yaratilgan qo`shiqlar ijro etildi. SHuningdek, Erkin Vohidov va uning ijodiga bag`ishlangan rasmlar ko`rgazmasi tasviriy san`at va muhandislik grafikasi yo`nalishi talabalari tomonidan tashkil etildi.