Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo`yicha tadbir

18:01, 07.01.2019      

2019 yil 7 yanvar kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo`yicha ilmiy seminar o`tkazildi.

Seminarda kafedra professor-o`qituvchilariga Prezidentimiz Murojaatnomasi videolavhasi to`liq namoyish etildi. Yurtboshimiz tomonidan Murojaatnomada bildirilgan takliflar yuzasidan kafedra professor-o`qituvchilarining fikr-mulohazalari eshitildi.


Jumladan, Murojaatnomada ta`kidlanganidek, 2019 yilda mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy ta`lim bilan qamrab olish darajasini 20 foizga yetkazish va kelgusi yillarda oshirib borish ko`zda tutilgan. Sanoat, qishloq xo`jaligi, kapital qurilish, transport-kommunikatsiya, servis va xizmat ko`rsatish sohalarida salmoqli yutuqlar qo`lga kiritiladi. Aholi farovonligini oshirish maqsadida joriy yilda ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori o`tgan yillarga nisbatan sezilarli ravishda oshirildi. Xususan, pedagog xodimlarning ish haqi so`nggi 10 yilda birinchi marta 50 foizgacha ko`paytirildi. Ko`rilgan chora-tadbirlar tufayli aholining real umumiy daromadlari 2017 yilga nisbatan 12 foizga oshdi. “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar doirasida 2 trillion so`mga yaqin mablag` ajratilib, joylarda 2 ming 600 dan ortiq biznes loyihalari amalga oshirildi. Bu yildan boshlab, soliqlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan hududlarda 5,5 trillion so`m qo`shimcha mablag` qoldirildi. Bu, o`tgan yilga nisbatan 6 barobar, 2016 yilga nisbatan esa – shunga e`tibor berishingizni so`rayman – 32 barobar ko`pdir. Shuningdek, Murojaatnomada korrupцiya to`g`risida ham to`xtalib o`tildi, kafedra professor-o`qituvchilariga korrupцiyaga qarshi kurashish to`g`risida ma`lumotlar berildi. Mazkur jarayonlar yuzasidan kafedra professor-o`qituvchilariga takliflar tayyorlash hamda Davlat dasturiga yuborish bo`yicha vazifalar belgilandi. Shuningdek, seminarda kafedra ilmiy faoliyatini yanada rivojlantirish bo`yicha vazifalar belgilab olindi.