Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

Amaliy seminar o`tkazildi

13:06, 12.01.2019      


Universitetda ijro intizomini mustahkamalash, hujjatlarning elektron aylanmasini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 11 yanvar kuni monitoring va ichki nazorat bo`limi va axborot texnologiyalari markazi tomonidan amaliy seminar o`tkazildi. Unda universitet bo`lim va fakultetlarining ijro intizomiga mas`ul shaxslari ishtirok etdi.


Seminarda yuqori tashkilot hujjatlarining elektron aylanmasini ta`minlash bo`yicha “Job Flow Control” maxsus dasturidan foydalanishni yanada takomillashtirish masalasiga alohida e`tibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan dasturning imkoniyatlari, undan foydalanish, axborotlarni olish va uzatish tartiblari to`g`risida atroflicha tushuntirishlar berib o`tildi. SHu bilan birga, ijro intizomini mustahkamlash, hujjatlarning o`z muddatlarida bajarilishi va ijro yuzasidan ma`lumotlarning taqdim etilishi bo`yicha tegishli ko`rsatma va tavsiyalar berildi.

Mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarning savollariga javoblar qaytarildi.