Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 68
  • Ko`rib chiqilganlar 57
    • Takliflar 13
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 11

“Vatan– muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!”

15:05, 12.01.2019      


Farg`ona davlat universiteti fizika – matematika fakulteti birinchi bosqich talabalari 2019 yil 11 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi SHarqiy harbiy okrugi tasarrufidagi Farg`ona dala o`quv maydonida “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” mavzusida harbiylar tomonidan ko`rgazmali chiqishlar bo`lib o`tdi.


Tadbirda Fizika – matematika fakulьteti yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari O.Erkaboyev, fakulьtet o`qituvchilari N.Boltaboyeva, G`.Raxmatov, SH.Farmonov, M.Mamatova, A.Ismoilov, M.Mamatqodirov, SH.Ibragimov, I SHarofidinov, M.Xoldorov hamda birinchi bosqich talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirga so`zga chiqqanlar bugungi kunda O'zbekiston Qurolli kuchlarini har tomonlama kuchaytirish, ularni zamonaviy moddiy-texnik baza bilan ta`minlash, Vatanimiz tinchligini asrash yo`lida prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohatlar to`g`risida batafsil talabalarga gapirib berdilar hamda barchani O'zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi va “Vatan himoyachilari kuni” bilan chin ko`ngildan tabriklashdi.

Tadbir so`ngida O'zbekiston Xalq artisti Yodigor Sadiyev o`zining Vatanni madh etuvchi qo`shiqlari bilan barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.