Biz yot g`oyalarga qarshimiz!

10:29, 10.11.2017      

7c4c317c70-nb

2017 yil 8 noyabr kuni soat 930 da Farg‘ona davlat universiteti majlislar zalida “Biz yot g‘oyalarga qarshimiz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari ishtirok etdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakili, viloyat bosh imom xatibi T.Erbo‘taev, viloyat IIB vakili A.Solizoda, Farg‘ona politexnika instituti o‘qituvchisi A.Mirzaevlar ma’ruza qildilar.


Ma’ruzachilar o‘z chiqishlarida dunyodagi hozirgi siyosiy vaziyat, jahonda yuz berayotgan voqealarning yoshlar ongiga ta’siri masalalariga batafsil to‘xtalib o‘tdilar. Notiqlar talaba yoshlarga asosiy vazifalari- ta’lim olishdan, o‘qish-o‘rganishdan chalg‘itadigan mashg‘ulotlardan, keraksiz ma’lumotlardan ehtiyot bo‘lish xususida o‘z tavsiyalarini berdilar.

Tadbir so‘ngida talabalarga ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi “Tafakkur ehtiyoji” deb nomlangan hujjatli film namoyish etildi.