“MEJDURECHIE” ALMANAXINING TAQDIMOTI

11:03, 13.11.2017      

c55e899071-mejdurech2017 yil 10 noyabr kuni Farg‘ona davlat universitetining filologiya fakultetida “Mejdurechie” almanaxining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotni toshkentlik yosh ijodkorlar Say Olesya, Beloedova Natalya, Kajgaliev Murtas, Bayzakov Murat, Yunusov Farxod va Osadichenko Vika o‘tkazishdi. Tadbirning ochilish qismini fakultet dekani Rahimov Zokir Azimovich ochib berdi.


Taqdimotda rus tili va adabiyoti kafedrasi talabalari, magistrantlari va professor-o‘qituvchilari, hamda “Ferganskaya pravda” gazetasi bosh muharriri Saidganieva Gulbaxor va Marg‘ilon pedagogika kolledji rus tili o‘qituvchisi, shoir Pirmatov Damin Dovlyatovich o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etishdi.Kofe-breykdan so‘ng taqdimot Farg‘ona viloyati Al-Farg‘oniy nomidagi markaziy kutubxonasida davom ettirildi.