Farg‘ona viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Farg‘ona davlat universiteti xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti hamkorlikda “Mahallamiz malikasi” televizion tanlovi o‘tkazildi.

09:24, 14.11.2017      

9e45113ef2-photo2017-11-1409-18-37

2017yil 11 noyabr kuni Farg‘ona shaxrida joylashgan muhtasham Tojmaxal mexmonxonasi tadbirlar zalida Farg‘ona viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Farg‘ona davlat universiteti xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti hamkorlikda “Mahallamiz malikasi”televizion ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu ko‘rik tanlovni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad talaba qizlarning intellektual salohiyatlarini ro‘yobga chikarish, iqtidorlarini qo‘llab- quvvatlash hamda namunalik oila bekasi qilib tarbiyalashdan iborat. Ko‘rik tanlovga viloyatdagi oliy o‘quv yurtlaridan tashrif buyurgan talabalar bilan bir qatorda Farg‘ona davlat universitetidan 4 nafar talaba qizlar, D.Mamadalieva, M.SHokirova, M.Xabibullaeva, G. Nurmatovalar munosib ishtirok etishdi.Ushbu tadbir O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Mahalla telekanali tomonidan tasvirga olindi.Tadbirda qatnashuvchilarning chiqishlari Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika fanlari doktori, professor T.Egamberdieva, Oydin gazetasi bosh muxarriri X.Karimova, Farg‘ona viloyati Maxalla kengashi raisi D. G‘ofurova, TTA Farg‘ona filiali katta o‘qituvchisi M. Mamatqulova hamda Farg‘ona rus drama teatrining aktrisasi G. Ummatovalardan iborat hay’at a’zolari tomonidan baholanib borildi. Tanlov natijasiga ko‘ra, TTA Farg‘ona filiali talabasi M. Ortiqova “Mahallamiz malikasi” tanlovning 1-darajali diplomi bilan taqdirlangan bo‘lsa, universitet talabalari tanlovning “Eng orasta qiz” nominatsiyasida G. Nurmatova, “Eng pazanda qiz” nominatsiyasida M.SHokirova, “Eng faol qiz” nominatsiyasida M.Xabibullaeva, “Eng iqtidorli qiz” nominatsiyasida D.Mamadalievalar g‘olib deb topilib, qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda fahriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.