Spektakl namoyishi bo`lib o`tdi

13:34, 14.11.2017      

ea3358a3c3-dsc5635

2017 yil 13 noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Farg‘ona viloyat teatr-konsert saroyida dramaturg SH.Rizaev asari asosida sahnalashtirilgan “Zalolat” spektaklining namoyishi bo‘lib o‘tdi. Asar viloyat musiqali drama teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan.


Bosh rejissyor O‘zbekiston xalq artisti M. Yusupov. Spektakl namoyishida Farg‘ona davlat universitetining 900 nafarga yaqin talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ushbu asar namoyishi “Biz yot g‘oyalarga qarshimiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari doirasida o‘tkazildi. Spektakl namoyishidan so‘ng teatr jamoasi bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Teatr bosh rejissyori O‘zbekiston xalq artisti M. Yusupov spektaklni sahnalashtirish jarayoni haqida so‘zlab berdi. Tomoshabinlar bugungi kunning dolzarb muammolaridan birini o‘zida aks ettirgan ushbu spektakl bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan ko‘pgina savollarga teatr jamoasi va rejissyori tomonidan javob oldilar. Tadbir so‘ngida Farg‘ona davlat universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Dehqonov Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyi va viloyat musiqali drama teatri jamoasiga universitet rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirdi.