O'zbek tilshunosligi kafedrasi Sizlarni «Filologiyaning dolzarb masalalari» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy internet-konferensiyasiga taklif qiladi.

13:32, 20.11.2017      

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O'RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI

O'ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI

Hurmatli respublikamiz oliy ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilari, katta ilmiy xodim izlanuvchilar, magistrant va talabalar. Farg`ona davlat universiteti o`zbek tilshunosligi kafedrasi Sizlarni «Filologiyaning dolzarb masalalari» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy internet-konferensiyasiga taklif qiladi.

Konferensiyani 2017 yili 25 dekabr kuni o`tkazish rejalashtirilgan.

Maqolalar o`zbek, rus, ingliz, nemis, fransuz tillarida qabul qilinadi.

Konferensiya quyidagi sho``balarda ish olib boriladi:

1. Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalari.

2. Zamonaviy adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari.

3. Til va adabiyot o`qitishning dolzarb masalalari.

4. Til va ta`lim integrasiyasi

Konferensiyada ishtirok etish shartlari

Konferensiyada ishtirok etish uchun 2017 yil 20 dekabr kuniga qadar tashkiliy qo`mita elektron manzillariga mukhtar63@mail.ru, nozilbek72@mail.ru, nozilbek72@yandex.ru quyidagilarni jo`natishingiz kerak.

1. Maqola matni (talablari ilova qilinadi);

2. Ishtirokchi haqida ma`lumot (ilova qilinadi);

3. To`lov kvitansiyasi nusxasi (skaner yoki fotonusxa)

Maqolada keltirilgan ilmiy ma`lumotlar uchun mualliflar mas`ul.

Konferensiya tashkiliy qo`mitasi ma`lumotlaringizni olganligi haqida tasdiq xatini jo`natadi. Agar tasdiq xati olmasangiz, qayta so`rov xati jo`nating.

To`lov badali (elektron to`plam va ishtirokchi sertifikati uchun) 3-5 bet maqola uchun 25000 so`m (har bir qo`shimcha sahifa uchun 5000 so`mdan).

Konferensiya ishtirokchilariga elektron to`plam (PDF shaklida) konferensiya o`tkazilgan kundan so`ng 10 kun mobaynida jo`natiladi.

MAQOLAGA QO'YILGAN TALABLAR

1. Maqola hajmi 3-5 sahifadan iborat bo`lib Microsoft Word matn redaktori,.doc yoki .docx formatida (shrift 14, Times New Roman, interval 1,5) terilgan bo`lishi kerak. Barcha tomondan 20 mm dan qoldiriladi;

2. Yuqori o`ng burchagida birinchi qatorda sho``ba ko`rsatiladi;

3. Ikkinchi qatorda muallif (lar) FISH;

4. Uchinchi qatorda OTM;

5. Keyingi abzaцdan maqola nomi BOSH HARFLAR bilan;

6. Undan so`ng maqolaning asosiy matni beriladi (shrift 14);

7. Asosiy matndan so`ng adabiyotlar ro`yxati keltiriladi. Matnda havolalar adabiyotlar ro`yxatida keltirilgan tartibda beriladi. Masalan: [3, 173];

Muallif(lar) haqida ma`lumotlar:

1. Muallif(lar) FISH, ilmiy darajasi, unvoni (agar bo`lsa):

2. Maqola nomi:

3. SHo``ba:

4. Ish (o`qish) joyi, lavozimi, OTM to`liq nomi:

5. Ishtirokchi sertifikati (kerak/ kerak emas):

6. Kontakt telefon:

7. Kontakt e-mail:

To`lov hisob raqamlari:

Moliya vazirligi g`aznachiligi

XKKM Toshkent shahar BB

x/r 23402000300100001010

MFO 00014, STIR 201122919

To`lov maqsadiga quyidagilar yozilishi shart:

SHXV

400110860304017950100079001

STIR 201133366,

FDU o`zbek tilshunosligi kafedrasi internet-konferensiya uchun