Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-91
Telegram:
(+99890) 166-81-18
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 67
  • Ko`rib chiqilganlar 37
    • Takliflar 12
    • Arizalar 50
    • Shikoyatlar 5
  • Ko`rib chiqilmoqda 30

Nomli Davlat stipendiyalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan davlat oliy ta’lim
muassasalari (bakalavriat va magistratura bo‘yicha alohida)
talabalariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga asosan quyidagi ta’lim yo‘nalishlaridan har biri bo‘yicha bittadan (jami o‘n bitta) stipendiya tayinlanadi:

1) qishloq va suv xo‘jaligi;

2) texnika va informatika;

3) sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot;

4) ijtimoiy-gumanitar va ijtimoiy fanlar;

5) tabiiy fanlar;

6) biznes va boshqaruv;

7) pedagogika;

8) madaniyat, san’at va sport;

9) xorijiy tillar;

10) huquq va xalqaro munosabatlar;

11) jurnalistika.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta ko‘rib chiqadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati - 1-15 avgust, ko‘rib chiqish muddati - 10-25 sentyabr.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bo‘yicha o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs talabalariga tayinlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi stipendiyalar tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni yiliga bir marta ko‘rib chiqadi. Hujjatlarni qabul qilish muddati - 1-15 avgust, ko‘rib chiqish muddati - 10-25 sentyabr.

Nizomni Yuklab olish...