Abituriyentlar topshiradigan hujjatlar ro`yxati

• Ariza

• O'rta yoki o`rta maxsus ma`lumot haqidagi hujjatning asl nusxasi

• 086-U shakl bo`yicha tibbiy ma`lumotnoma

• Pasport nusxasi

• 3,5 X 4,5 sm hajmdagi 6 ta fotosurat (universitet qabul joylarida tushiladi)

• maxsus sirtqi bo`lim abituriyentlari uchun mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko`chirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma.

Tanlovdan tashqari o`qishga kirish huquqiga ega bo`lgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalari g`oliblari asl nusxadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

Harbiy xizmatni o`tagan fuqarolarga o`qishga kirishda imtiyozlar beradigan harbiy qismlar qo`mondonligi tavsiyanomalari (asl nusxasi) yuqorida ko`rsatilgan hujjatlar bilan birgalikda 2018 yil 15 iyulgacha (shu kuni ham) topshiriladi.

Abituriyent tomonidan pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko`rsatiladi.

Hujjatlar 2018 yil 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi. Bakalavriatura yo`nalishlari bo`yicha test sinovlari 2018 yil 1-15 avgust kunlari oralig`ida belgilangan ta`lim yo`nalishlari bo`yicha o`tkaziladi. 

MAXSUS SIRTQI TA`LIM YO'NALISHLARIGA ABITURIYENTLAR TOMONIDAN TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR RO'YXATI:

• ta`lim yo`nalishi va o`quv tili ko`rsatilgan holdagi ariza;

• o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusxasi va ilovasi;

• 086-U shakl bo`ycha tibbiy ma`lumotnoma: pasport nusxasi;

• 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

• mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko`chirma;

• ta`lim muassasasi rahbarining tavsiyanomasi.

Hujjatlar 2018 yil 15 iyundan 15 iyulgacha qabul qilinadi. Maxsus sirtqi ta`lim yo`nalishlari bo`yicha test sinovlari 2018 yil 1-15 avgust kunlari oralig`ida belgilangan ta`lim yo`nalishlari bo`yicha o`tkaziladi.

Izoh: Maxsus sirtqi ta`lim yo`nalishlariga faqat tegishli ta`lim yo`nalishi bo`yicha o`rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotiga ega hamda ushbu ma`lumoti bo`yicha kamida 3 yil pedagogik stajga ega bo`lgan abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi! 

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARIGA ABITURIYENTLAR TOMONIDAN TOPSHIRILADIGAN HUJJATLAR RO'YXATI

• magistratura mutaxassisligi ko`rsatilgan holda, oliy ta`lim muassasasi rektori nomiga ariza;

• oliy ma`lumot to`g`risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko`chirma - O'zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarini davlat granti bo`yicha o`qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;

• chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bo`lgan holda);

• 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

• 086-U-shakldagi tibbiy ma`lumotnoma;

Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan ko`rsatadilar.