TALABALAR TURAR JOYI TO‘G‘RISIDA

Hozirgi kunda Farg‘ona davlat universitetida 6-ta talabalar turar joyi mavjud. Shulardan 4-TTJ hozirgi vaqtda ta’mirdan chiqarilmoqda. Shuningdek, 5 ta talabalar turar joylarida 1206 o‘rin bo‘lib, bular quyidagicha taqsimot qilingan: 1-TTJ -251ta, 2-TTJ 216 ta, 3-TTJ – 201 ta, 5-TTJ- 256 ta, 6-TTJ – 273 ta o‘rinlar mavjud.

2017 yil 20-noyabr holatiga 1206 nafar talabalarga yashash uchun talabalar turar joylariga yo‘llanmalar berildi va ular bilan ikki yoqlama shartnomalar tuzildi va to‘lovlar amalga oshirildi.

Talabalar turar joylari o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish maqsadida talabalar turar joylari o‘rtasida reyting tizimi joriy etildi. Ushbu reyting tizimiga ko‘ra Talabalar turar joyi mudiri, tarbiyachi-pedagoglar hamda Talabalar Kengashining faoliyati baholandi.

Reyting tizimiga ko‘ra sentyabr oyida berilgan ko‘rsatma va topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha 2-TTJ g‘olib deb topildi va mahsus statuetka bilan taqdirlandi.

Talabalar turar joylarida professor-o‘qituvchilarni navbatchiligini nazorat qilish va ularni navbatchilik vaqtidagi faoliyatini baholash bo‘yicha haftalik reyting tizimi joriy qilindi. Unga ko‘ra navbatchi o‘qituvchini o‘z vaqtida talabalar turar joyiga kelishi yoki kelmasligi bo‘yicha fakultet, kafedralar miqyosida haftalik monitoring qilinadi va reyting ballari qo‘yiladi.

Farg‘ona davlat universitetidagi talabalar turar joylari haqida

MA’LUMOT

1.Umumiy talabalar turar joylari soni -6 ta

2.Universitetdagi mavjud 6 ta talabalar turar joylari quyidagi hududlarda joylashgan:

1 TTJ FarDU hududida joylashgan

2 TTJ FarDU hududida joylashgan

3 TTJ FarDU hududida joylashgan

4 TTJ Al-Farg‘oniy ko‘chasida joylashgan

5-TTJ S.Temur ko‘chasi 73 uyda joylashgan

6-TTJ S.Temur ko‘chasi 75 uyda joylashgan

3.Hozirgi kunda 6 ta talabalar turar joyida 1206 nafar talabalar istiqomat qiladi.

Shundan qizlar-804 nafar

yigitlar-402 nafar

4.Talabalar turar joylarida yashovchi 1198 nafar talabalar TTJ kesimida quyidagicha taqsimlangan:

1 TTJ-252 nafar talaba joylashgan

2 TTJ-208 nafar talaba joylashgan

3 TTJ-210 nafar talaba joylashgan

5 TTJ-255 nafar talaba joylashgan

6 TTJ-273 nafar talaba joylashgan

5. Talabalar turar joylari quyidagi hizmat telefonlariga ega:

1-TTJ- 244-43-11

2-TTJ- 244-46-80

3-TTJ- 244-43-66

4-TTJ- 226-53-08

6-TTJ- 226-36-13

6. Hozirgi kunda TTJ larda 6 nafar talabalar turar joyi mudirlari faoliyat olib boradi. Ulardan 4 nafari oliy ma’lumotga ega. Bular:

1.2-TTJ mudiri - Otajonova Dilorom Abdubakirovna 1974 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta maxsus, telefon raqami:+998 91 652 44 22

2.Ergasheva Ma’mura Muhammadjonovna, 1977 yil 26 iyunda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, telefon raqami:+998 97 990 84 02

3.Xolmatova Tursunoy Abrorovna ,1961yil 15-iyunda tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta maxsus, telefon raqami: +998 91 121 58 09

4.Sottiqulov Mamajon Mirzabaxromovich 1967 yil 3 martda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, telefon raqami:+998 91 681 10 38

5.Azimov Ahadjon Sotvooldievich 1985 yilda, 2-oktyabrda tug‘ilgan,

ma’lumoti oliy, telefon raqami:+998 90 274 17 85

6. Jo‘raeva Obidaxon Ibaydullaevna 1965 yilda 11- yanvarda tug‘ilgan, huquqshunos, telefon raqami: +998 91 105 97 91

7.Hozirgi kunda TTJ da 5 nafar oliy ma’lumotli, pedagogik stajga ega bo‘lgan tarbiyachi-pedagoglar faoliyat olib bormoqda.

1. Jo‘raeva Obidaxon Ibaydullaevna 1965 yilda 11 yanvarda tug‘ilgan, huquqshunos, telefon raqami: +998 91 105 97 91

2. Mamajonova Dilfuza Abdujabborovna 1974 yil 9 mayda tug‘ilgan, huquqshunos, telefon raqami: +998 94 492 59 89

3. Latipova Zilola Muxtoralievna 1977 yilda tug‘ilgan, huquqshunos, telefon raqami: +998 90 631 45 46

4. YAdgarova Nigora. Odilovna 1979 yilda tug‘ilgan Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi telefon raqami:+99891 670 36 12

5.Ergasheva Adolat Rustamovna 1976 yil 26 fevralda tug‘ilgan, telefon raqami:+998 90 344 94 01

8. Hozirgi kunda 6 ta talabalar turar joylarida 53 nafar hodimlar faoliyat olib bormoqda. Shulardan:

TTJ mudirlari -6 ta

Tarbiyachi-pedagoglar -5ta

Xo‘jalik bekalari -3ta

Qorovullar -22ta

Farroshlar -14 ta

Supuruvchilar -2 ta

Pasportiska -1ta

9.Talabalar turar joylarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning 8 nafari oliy ma’lumotli, 28 nafari o‘rta maxsus, 17 nafari o‘rta ma’lumotga ega hisoblanadi.

10.Talabalar turar joylarida saylov asosida saylangan 50 nafar talabalar kengashi a’zolari faoliyat yuritadi. SHulardan:

Talabalar kengashi raislari -6 nafar

Qavat sardorlari -19 nafar

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sardori -5 nafar

Tashkiliy- ommaviy ishlar sardori -5 nafar

Maishiy tozaliy ishlari sardori -5 nafar

Sport-sog‘lomlashtirish bo‘limi sardori -5nafar

Yoshlar ittifoqi etakchisi -5 nafar

Qizlar kengashi raisi -5 nafar

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi -5 nafar

11.Talabalar turar joylarida yashovchilarning 43 nafari imtiyozga ega talabalar hisoblanadi. SHundan:

Talabalar kengashi raislari -5 nafar

Qavat sardorlari -19 nafar

Kam ta’minlangan talabalar -19 nafar

1976 yilda tug‘ilgan, telefon raqami:+998 90 344 94 01

12.Talabalar turar joylari kesimida fakultetlar quyidagi tartibda joylashgan:

1 TTJ-Tabiiy fanlar fakulteti, Pedagogika fakultetlari

joylashgan.

2 TTJ-Filologiya fakulteti joylashgan

3 TTJ-CHet tillari fakulteti joylashgan

5 TTJ-Jismoniy madaniyat, CHaqiriqqacha xarbiy ta’lim, Tarix, Ijtimoiy iqtisodiyot fakultetlari joylashgan.

6 TTJ-Fizika-matematika fakulteti joylashgan.

13. Talabalar turar joyida yashovchilarni tuman shaxarlar kesimida quyidagicha joylashgan.

Bog‘dod tumani – 170 nafar

Rishton tumani- 126 nafar

Beshariq tumani – 88 nafar

Uchko‘prik tumani -87 nafar

O‘zbekiston tumani – 75 nafar

Buvayda tumani – 72 nafar

Oltiariq tumani – 68 nafar

Quva tumani – 66 nafar

Furqat tumani – 53 nafar

YOzevon tumani – 37 nafar

Farg‘ona tumani – 26 nafar

Dang‘ara tumani – 20 nafar

Toshloq tumani – 16 nafar

Qo‘qon tumani – 14 nafar

So‘h tumani – 2 nafar

14. Talabalar turar joyida yashovchilarning viloyatlar kesimida

quyidagicha joylashgan.

Andijon viloyati – 91 nafar

Namangan viloyati –82 nafar

Toshkent shaxar – 6 nafar

Toshkent viloyati – 5 nafar

Qashqadaryo viloyati – 4 nafar

Jizzax viloyati – 4 nafar

Xorazm viloyati – 3 nafar

Buxoro viloyati – 3 nafar

Navoiy viloyati – 2 nafar

Samarqand viloyati – 2 nafar

Surxondaryo viloyati – 1 nafar






O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI

TALABALAR TURAR JOYI

TO‘G‘RISIDA

N I Z O M

(Ushbu nizom universitet Kengashining 2017 yil 31 yanvardagi

6-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan)

Farg‘ona – 2017 yil

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI TALABALAR TURAR JOYI NIZOMI

I.UMUMIY QOIDALAR

II.TALABALAR TURAR JOYIDA YASHOVCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

2.1. Talabalar turar joyida yashovchilarning huquqlari:

-o‘ziga ajratilgan xonada o‘rnatilgan ichki tartib qoidalarga rioya qilgan holda yashash;

-talabalar turar joyi binolaridagi madaniy-maishiy jihozlardan foydalanish;

-foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan jihoz, mebel va boshqa mulklarni ta’mirlash, yangilash hamda maishiy xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etishni so‘rab ma’muriyatga murojaat qilish;

-talabalar turar joyida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, sport va tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etish;

-yaratilgan sharoitlar bo‘yicha talabalar turar joyi ma’muriyatiga takliflar bilan chiqish;

-«Talabalar kengashi»ning a’zolarini saylash va unga saylanish;

-«Talabalar kengashi» orqali talabalar turar joyining maishiy ta’minotini takomillashtirish, tarbiyaviy ishlarni va madaniy hordiqni tashkil etish, yashash xonalarini jihozlash bo‘yicha masalalarni hal etishda ishtirok etish.

2.2. Talabalar turar joyida yashovchilarning majburiyatlari:

-gaz va elektr asboblaridan unumli foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;

-xona va umumiy foydalanish joylarini har doim tartibli va toza tutish;

-qavat sardorlari, talabalar kengashi raisi topshiriqlarini bajarish;

-talabalar turar joyi va xonadagi mavjud hamma jihozlarni (shkaf, divan, kitob javoni, stol, stul va h.k.) namunali darajada tutish;

-talabalar turar joyi va xonadagi mebellarni, deraza va unga qo‘yilgan oynalarni sindirmaslik, eshik qulflarini talabalar turar joyi mudirining ruxsatisiz almashtirmaslik;

-umumiy foydalanish joylariga o‘rnatilgan yoritgichlar, elektr va gaz plitalarini ehtiyot qilish, yuvinish xonasi, oshxona hamda ma’naviyat va ma’rifat xonalari jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish;

-elektr va gaz plitalaridan tejamkor foydalanish, yasama elektr isitgich vositalaridan foydalanmaslik;

-talabalar turar joyida o‘tkaziladigan hashar, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida muntazam, faol qatnashish;

-talabalar turar joyini turli sabablar bilan (uyiga borib kelishi, yaqin qarindoshi, do‘stiniki yoki boshqa manzilga) 1-2 kunga tark etishi uchun fakultet dekanining ruxsatnomasini olish va qavat sardoriga taqdim etish;

-talabalar turar joyidan uzoq muddatga ketishdan oldin (yozgi va qishki ta’tilga, dam olishga, amaliyotga) xonadagi jihozlarni va xona kalitini talabalar turar joyi mudiriga topshirish.

III. TALABALAR TURAR JOYIDA YASHOVCHI TALABALARNI RAG‘BATLANTIRISH

IV. TALABALAR TURAR JOYI ICHKI TARTIB - QOIDALARINI BUZGAN TALABALARGA NISBATAN QO‘LLANILADIGAN INTIZOMIY CHORALAR

4.1. Talabalar turar joyi ichki-tartib qoidalarini buzganlarga nisbatan quyidagi choralar qo‘llaniladi:

- bir marta ogohlantiriladi, agar yana takrorlansa talabalar turar joyidan chetlashtiriladi va qayta qo‘yilmaydi;

- talabaning ota-onasi bilan suhbat o‘tkaziladi;

- xayfsan e’lon qilinadi;

- talabalar turar joyidan chiqariladi;

- talabalar safidan chiqarish bo‘yicha universitet rektoriga taklif kiritiladi;

4.2. Talabalar turar joyi jihozlarini sindirgan, buzgan shaxslardan etkazilgan zararlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda to‘lovlar undiriladi.

V.TALABALAR TURAR JOYI MA’MURIYATI FAOLIYATINI VA BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH

VI. TALABALAR TURAR JOYI TARBIYACHISINING VAZIFALARI

6.1. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik targ‘ibotini amalga oshirish, dolzarb ijtiomiy-siyosiy, ma’naviy, huquqiy mavzular bo‘yicha davra suhbatlari, treninglar va boshqa turli tadbirlarni tashkil etadi;

6.2. Talabalar uchun sport-sog‘lomlashtirish seksiyalari faoliyatini tashkil qilish;

6.3. Sotsiologik-psixologik so‘rovlar o‘tkazish;

6.4. Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, axloqiy munosabat-larini nazorat qilish;

6.5. Talabalarning o‘zini-o‘zi boshqarish jarayonini tashkil etish, ularning ishini muvofiqlashtish va boshqarish;

6.6. Milliy va umumbashariy qadriyatlarni targ‘ib etishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;

6.7. Sportning (futbol, basketbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va boshqa) turlari) bo‘yicha musobaqalar tashkil etish;

6.8. Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga moddiy yordamlar berish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish.

VII.TALABALAR TURAR JOYI MA’MURIYATINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

-talabalar turar joyida olib boriladigan tashkiliy, tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, sport va boshqa ishlarni tashkil etish;

-talabalar va magistrlarning ichki-tartib qoidalarga rioya qilishi hamda ruxsatnoma rejimini nazorat qilishi;

-talabalar sanitariya talablariga javob beradigan darajada turar joylarini saqlashlarini nazorat etish;

-talabalarning talabalar turar joyi jihozlarini asrab-avaylashlarini komendantlar bilan birgalikda nazorat qilish;

-talabalar turar joyida pasport rejimi va ruxsatnoma tizimini nazorat etish.

VIII.TALABALAR TURAR JOYI MA’MURIYATI MUDIRINING VAZIFALARI

Uning vazifalari quyidagilardan iborat:

IX. XO‘JALIK ISHLARI BO‘YICHA MUDIRINING (KOMENDANT) VAZIFALARI

9.1.Xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir (komendant) faoliyatini bevosita talabalar turar joyi ma’muriyati mudiri yo‘naltiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

9.2.Xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir lavozimiga tayinlanadigan shaxs oliy ma’lumotli va kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim.

9.3.Uning vazifalari quyidagilardan iborat:

X.TALABALAR TURAR JOYIDA TALABALARNING O‘ZINI - O‘ZI BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH

XI. TALABALAR TURAR JOYI TALABALAR KENGASHI RAISINING VAZIFALARI

11.1.Talabalar turar joyiga joylashgan talabalarga ichki tartib-qoidalarini tushuntirib;

11.2.Talabalar turar joyida, universitetda tashkil etiladigan hashar ishlari, turli tadbirlarga talabalarning jamoa bo‘lib qatnashishlarini tashkil etish;

11.3.Talabalar bilan tuzilgan shartnoma bajarilishini ta’minlash;

11.4.Guruh murabbiylari bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarda faol qatnashish;

11.5.Talabalar turar joyida olib boriladigan jamoaviy ishlar, badan tarbiya, to‘garak ishlarini nazorat qilish;

11.6.Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, prozelitizm va diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari yuzasidan profilaktik tadbirlarda faol qatnashish;

11.7.Har chorakda kengash hisobotini tayyorlash va boshqaruv jarayonini yaxshilashga oid takliflarni kiritish;

11.8.Har kuni 21:30 dan 21:50gacha qavat sardorlaridan xisobot olish, soat 18:00 dan 22:00 gacha bo‘ladigan navbatchilar faoliyati haqida kunlik axborot tayyorlash hamda ma’muriyat mudiri va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorga kunlik hisobotlar berib borish;

11.9.“Ma’naviyat xonasi” va undan foydalanishni tashkil etish, xonadagi mavjud adabiyotlar, gazeta va jurnallarni saqlash va doimiy ravishda yangilab turish;

11.10. Turli to‘garaklar faoliyatini tashkil etish;

11.11. Ichki tartib qoidalarini buzgan talabalarni birinchi marta ogohlantirish va undan so‘ng chetlashtirish yoki boshqa ma’muriy choralar ko‘rish bo‘yicha takliflarni universitet rahbariyatiga etkazish;

11.12. Qavatlardagi osoyishtalikni saqlash, yotoqxonalar, oshxonalar, yuvinish xonalari, sanitariya gigiena xonalari, xojatxona, kir yuvish xonasi tozaligini ta’minlash;

11.13. Har kuni universitetda sodir bo‘layotgan yangiliklardan xabardor bo‘lish va o‘z navbatida qavatlar sardorlariga etkazish;

11.14. Sport xonalari jihozlarini saqlash va ulardan samarali foydalanish;

11.15. Muhim sanalarga bag‘ishlab o‘tkaziladigan bayram va anjumanlarda faol qatnashish, belgilangan vaqtlarda madaniy ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish, devoriy gazetalar chiqarish, qavatlardagi e’lonlar oynasiga ma’lumotlarni joylashtirish;

11.16. Favqulodda holat yuz berganda, noxush voqealar va tartib-buzarliklar haqida zudlik bilan universitet rahbariyatiga axborot berish.

XII.QAVAT SARDORLARINING VAZIFALARI

12.1.Har kuni soat 21:00 dan 21:30gacha qavatda yashaydigan talabalarni yo‘qlama qilish va 21:20 dan 21:50gacha talabalar kengashi raisiga hisobot berish;

12.2.Har kuni qavatda begona kishilarning bor yoki yo‘qligini aniqlash, agar bunday shaxslar mavjud bo‘lsa, talabalar kengashi raisiga axborot berish;

12.3.Har kuni eshiklar va derazalarining yopiq bo‘lishini ta’minlash;

12.4.Qavat va oshxonada har kuni navbatchilikni tashkil etish;

12.5.Qavatdagi anjomlarni qanday saqlanayotganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

12.6.Qavatda yashaydigan barcha talabalar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish (oilaviy ahvoli, o‘qishga qatnashishi va o‘zlashtirishi, yurish-turishi, bo‘sh vaqtlarini nima bilan o‘tkazayotganligi);

12.7.Har haftaning juma kunigacha qavatdagi mavjud kamchiliklar, muammolarni o‘rganish va juma kuni talabalar turar joyi ma’muriyatiga etkazish.

XIII.TALABALAR TURAR JOYLARIDA TARBIYAVIY ISHLAR

- “Eng yaxshi va obod talabalar turar joyi”;

- “Eng tartibli va ozoda xona”;

- “Eng namunali talabalar oshxonasi”;

- “Eng namunali talabalar turar joyi”.

XIV.TALABALAR TURAR JOYIDA YASHOVCHILARGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATLAR

XV.TALABALAR TURAR JOYLARI HOLATINI NAZORAT QILISH

XVI.TALABALAR TURAR JOYIGA TALABALARNI JOYLASHTIRISH TARTIBI

16.1. Farg‘ona davlat universitetida 6 ta “Talabalar turar joyi” mavjud bo‘lib, 1000 nafardan ortiq talabalar istiqomat qiladi. Viloyatlardan kelgan talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish Farg‘ona davlat universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor rahbarligida fakultet dekanlari boshchiligidagi komissiyalarga hamda talabalar turar joyi ma’muriyatiga yuklatiladi.

16.2.Hududlar kesimida viloyat, tuman, shahar bo‘yicha (masofaning uzoqligi, transport qatnovining noqulayligi hamda talabaning ijtimoiy ahvoli) o‘rganib chiqilgan holda talabalar turar joyiga joylashtirishda adolatli taqsimotni ta’minlash maqsadida quyidagi tartib qoidalarga rioya etiladi:

- talabalar turar joyiga joylashayotgan talabalar va magistrlar bilan ikki tomonlama shartnoma tuziladi;

- imtiyozli ravishda joylashtirish masalalari (ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron, etim va chin etim) fakultet dekani, talabalar kasaba uyushmasining tavsiyasiga binoan universitet rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi;

- talabalar kengashi raisi, qavat sardorlari va tarbiyachi vazifalarini bajarayotganlar uchun talabalar turar joyidan (bir yil muddatga) bepul joy ajratiladi;

- 2,3,4-bosqich talabalari va magistrlarning o‘qish sifati, ya’ni, o‘quv sifati bo‘yicha reyting natijasi talabalar turar joyiga joylashtirishda e’tiborga olinadi.

XVII. TALABALAR TURAR JOYIDA NAVBATCHILIKNI TASHKIL ETISH TARTIB QOIDALARI

17.1. Talabalar turar joyida professor-o‘qituvchilarning navbatchiligi rektor farmoyishiga asosan tasdiqlangan jadval asosida tashkil etiladi.

17.2. Navbatchilik jadvali asosida fakultetlarga biriktirilgan talabalar turar joyida dekan tomonidan professor-o‘qituvchilarning navbatchiligining doimiy nazorati o‘rnatiladi.

17.3. Navbatchi o‘qituvchi talabalar turar joyida yuritilgan qayd etish daftarlarigamavjud holat, yuz bergan voqea va o‘tkazilgan tadbirlar haqida ma’lumotlarni qayd etadi.

17.4. Bino atroflarini tekshirib chiqib, osoyishtaligi, havfsizlik holatiniko‘zdan kechiradi.

17.5. Talabalar turar joyi ma’muriyati, talabalar kengashi raisi, qavat sardorlari, mudir va navbatchi qarovul bilan suhbatlashib fikr almashadi.

17.6. Ma’naviyat va ma’rifat xonalaridagi kitoblar, jurnallar va gazetalarni ko‘zdan kechiradi.

17.7. Talabalar tomonidan bildirilgan shikoyatlar, talabnomalar bo‘lsa o‘z imkoni darajasida xal etishga harakat qiladi, xal etilmasa o‘rnatilgan tartibda fakultet dekanatiga bildirishnoma beradi.

17.8. Navbatchi o‘qituvchi talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy mavzularda suhbatlar o‘tkazadi.

17.9. Tartib intizomga oid masalalar, hal etilishi kerak bo‘lgan masalalar bo‘lsa aniq tarzda hal etish choralarini ko‘radi.

17.10. Sanitariya-gigiena, yong‘in xavfsizligiga oid masalalarni tegishli, ya’ni, shu sohadagi mutasaddilar bilan xal etishga harakat qiladi.

17.11. Qizlar istiqomat qiluvchi talabalar turar joyidan yoki qavatlardan alohida xabar oladi.

17.12. Bino atrofidagi yoritgichlar ahvolini o‘rganib, zarur hollarda qo‘shimcha takliflar kiritadi.

17.13. Favqulodda holat yuz berganda - jinoyat sodir bo‘lsa, avariya holati yuz bersa - rektorat binosidagi navbatchiga tezkorlik bilan xabar beradi.

17.14. Navbatchi o‘qituvchi rektorat binosidagi navbatchi bilan kelishgan holda tanishuv, tekshiruv, taxliliy ishlarni tugatib, talabalar bilan reja asosida turli mavzularda suhbat o‘tkazishi mumkin.

XVIII. TALABALAR TURAR JOYLARINI MOLIYALASHTIRISH

18.1. Talabalar turar joyi Farg‘ona davlat universitetiga ajratilgan mablag‘lar, byudjet, byudjetdan tashqari (to‘lov-kontrakt) tushadigan, talabalar tomonidan istiqomat qilish uchun to‘lanadigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.

18.2. Talabalar turar joyi shtat birliklari universitetning shtat birliklari asosida belgilanadi.

XIX.NIZOMGA O‘ZGARTIRISH, QO‘SHIMCHALAR KIRITISH VA BEKOR QILISH

19.1. Ushbu Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek kuchini yo‘qotgan deb topish Universitet Kengashining qarori va rektorning buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

19.2. Talabalar turar joyi ma’muriyati taklifi bilan talabalar turar joyi nizomiga qo‘shimchalar va o‘zgarishlar kiritiladi.

19.3. Universitet rahbariyati talabalar turar joyi ma’muriyati va talabalar kengashi tarkibiga o‘zgarishlar kiritish vakolatiga ega.

19.4. Talabalar turar joyi ma’muriyati faoliyati Universitet Kengashining qarori va rektorning buyrug‘i asosida tugatiladi.



Farg‘ona davlat universiteti 2-sonli talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi D.Mamajonovaning sentyabr-oktyabr-noyabr - dekabr oylarida bajargan ishlari hisoboti.

Men 2017-2018 o‘quv yilining sentyabr, oktyabr, noyabr, dekabr oylarida quyidagi ishlarni amalga oshirdim:

Dastlab 2-TTJ da talabalar hayoti bilan tanishib chiqdim. Talabalarni TTJ ga joylashtirish, ularning TTJ dagi huquq va majburiyatlari, vazifalarini tushuntirish ishlarini olib bordim. Shuningdek tarbiyachi-pedagog sifatida 2017-2018 o‘quv yilida talabalar bilan olib boradigan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejasini tuzdim.

Rejaga asosan 19-sentyabr kuni 2-sonli talabalar turar joyida sardorlar saylovi va turli masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdim.

5-oktyabr kuni 2-sonli talabalar turar joyida Farg‘ona shahar IIB vakillari bilan “Ogohlik davr talabi” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi. Farg‘ona davlat universiteti 2-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalarning umumiy ro‘yxatini tuzdim.

15-oktyabr kuni Farg‘ona davlat universiteti rektori tomonidan 2017 yil 5 sentyabr kuni imzolangan talabalar turar joyida yashovchi talabalarning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi. 14-sentyabr kuni Farg‘ona davlat universiteti talabalar turar joyi ma’muriyatining 1-sonli yig‘ilishida ishtirok etdim.

24-oktyabr kuni Farg‘ona davlat universiteti talabalar turar joyi ma’muriyatining 2-sonli yig‘ilishida ishtirok etdim.

Farg‘ona davlat universiteti 2-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalarni talabalar turar joyi to‘g‘risida Nizom bilan tanishtirdim.

6-oktyabr kuni Farg‘ona davlat universiteti rektori ishtirokida o‘tkazilgan “Talaba hayotidagi muammo va echimlar” mavzusidagi ochiq muloqotda ishtirok etdim.

16- oktyabr kuni “Qalpoq” teatr guruhi ishtirokidagi kechada qatnashdim.

20-oktyabr kuni o‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Roziqova Gulbahor tomonidan “O‘zbek tili-Davlat tili” mavzusida 2-3 qavat talabalari bilan o‘tkazgan davra suhbatida ishtirok etdim.

21-oktyabr kuni O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi tomonidan “Til-dil kaliti” mavzusida o‘tkazgan tadbirda ishtirok etdim.

22-23-kunlari O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchilari Usmonova Muhabbatxon va Iskandarova Sharifaxonlar “Til millat ko‘zgusi”, “Tilga e’tibor-elga e’tibor” mavzularida o‘tkazgan davra suhbatlarida ishtirok etdim. “Yurt qahramonlari” bilan uchrashuvda qatnashdim.

6-noyabr kuni rus tili kafedrasi o‘qituvchisi tomonidan o‘tkazilgan “Екология. Охрана окружающей среды mavzusida o‘tkazilgan suhbatda qatnashdim.

Talabalar turar joylari o‘rtasida Universitet rektori sovrini uchun “Zakovat” intellektual o‘yinini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mas’ullar o‘rtasida vazifalar taqsimlandi va 17 – noyabr kuni “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

23-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasida har payshanba Jinoyatchilikka qarshi kurash va uni oldini olish profilaktikasi kuni deb e’lon qilingani munosabati bilan 2-TTJ da IIB xodimlari bilan uchrashuv tashkillandi. Uchrashuvda talabalarga jinoyat tushunchasi, unga qarshi kurash chora-tadbirlari tushuntirildi. Talabalar barcha savollariga javob oldilar.

4-dekabr kuni Farg‘ona davlat universiteti rektori A.Xaitbaev bilan uchrashuv tashkillandi. Bu yig‘ilishda prorektorlar, TTJ ma’muriyati mudiri, tarbiyachi-pedagoglar va faol talabalar qatnashdilar. Uchrashuvda turli masalalar bo‘yicha savol-javoblar bo‘ldi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar

6-dekabr kuni Rus tili kafedrasi o‘qituvchisi Baxromova Munira Madaminovna bilan birgalikda 2-talabalar turur joyi 1 – qavat talabalariga “8-декабря- день Конституции” mavzusida davra suhbati o‘tkazdik.

7-dekabr kuni Rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Dexqonov Bahodir Ibragimovich bilan birgalikda 3 va 4 qavat talabalariga “Конституция в моем воображении” mavzusida davra suhbati o‘tkazdik.

TTJda 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan gazetalar ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Bu konkursda 2-talabalar turar joyi 2-o‘rinni egalladi.

10-dekabr kuni Rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi o‘qituvchisi Sabirov Nemat Kazakbaevich rahbarligida 2-qavat talabalariga “Конституция основной Закон” mavzusida suhbatda qatnashdim. SHuningdek, 12-dekabr kuni Karimova Nigora Maratovna tomonidan o‘tkazilgan “Культура речи” mavzusidagi, 13-dekabr kuni Kurbanova Muqaddas Omonovna tomonidan o‘tkazilgan “O podgotovke k Novomu godu” mavzusidagi, 15-dekabr kuni Topvoldiev K.A tomonidan o‘tkazilgan “Чистота – залог здоровья” mavzusidagi, 16-dekabr kuni Sotvoldiev Kodir Xolmatovich tomonidan o‘tkazilgan, 19-dekabr kuni Mullaeva Nodiraxon tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatlarida qatnashdim.

Bundan tashqari har kuni talabalarni yo‘qlama qildim. Yo‘qlama qilingan vaqtda sababsiz yoki ruhsatsiz talabalar turar joyidan chiqib ketgan talabalardan tushuntirish xatlari oldim. Ularni ogohlantirdim.

Farg‘ona davlat universiteti talabalar turar joyi ma’muriyatining yig‘ilishida ishtirok etdim.

Farg‘ona davlat universiteti 2-sonli talabalar turar joyi faol talabalari bilan yig‘ilishlar o‘tkazdim. Bu yig‘ilishlar har haftaning seshanba kunlari o‘tkazildi. 26-dekabr kungi talabalar turar joyi faol talabalari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda faollar bilan yangi yil bayramini o‘tkazish, unda texnika xavfsizligi tartib- qoidalariga rioya qilish, o‘t chiqishini oldini olish chora-tadbirlarini tushuntirdim va talabalarga shu ma’lumotlarni etkazish majburiyati etajkomlar zimmasiga yuklatildi.

27-dekabr kuni talabalar turar joyidagi barcha talabalardan qishki ta’tilga ketish oldidan xonasidagi elektr ta’minotini o‘chirishga, razetkalarga suqilgan elektr anjomlarini o‘chirilmagan holda qolmasligi, ayniydigan masalliqlar, joylari va xonalarining ozoda xolda qoldirishlari to‘g‘risida tilxat yozdirib oldim.

Ma’naviyat xonasida Prezidentimiz asarlarini o‘rganish bo‘yicha va harakatlar strategiyasi burchagini tashkillash bo‘yicha ba’zi ishlarni amalga oshirdim.

Men o‘z faoliyatim davomida yuqoridagi ishlardan tashqari barcha o‘tkazilgan tadbirlar bayonnomalarini rasmiylashtirib, TTJ da o‘tkazilayotgan tadbirlarni qayd etish daftariga yozib bormoqdaman. Talaba qizlarni yurish-turishi, kiyinishi, so‘zlashish odobi to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazaman, ularga maslahatlar beraman. Xonalarda yong‘in chiqishiga sabab bo‘luvchi turli xildagi elektr asboblaridan, yasama elektr isitgichlardan foydalanmaslik, gaz, chiroqdan unumli foydalanish va ichki tartib qoidalarga rioya qilishlari kerakligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib boraman, tekshiruvlar o‘tkazaman.

Har xaftaning seshanba kuni “Tozalik kuni” deb e’lon qilingan. Shu kuni har bir etajdagi talabalar etajkomning nazorati ostida o‘z qavatlarida tozalov ishlarini olib boradilar. Tozalov ishlari ma’naviyat xonasi, ma’naviy dam olish xonalari, kir yuvish xonasi, dushxona, xojatxona, koridor va yashash xonalarida talab darajasida o‘tkazilishini nazorat qilaman, xona, umumiy foydalanish joylarini har doim tartibli va toza tutishlari kerakligini eslatib turaman. SHu bilan birga talabalarga talabalar turar joyi va xonadagi mebellarni, deraza va unga qo‘yilgan oynalarni sindirmaslik, ulardan to‘g‘ri foydalanish va davlat mulkiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kerakligini uqtirib turaman.

Universitetimizda yotoqxonalar o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Universitet malikasi”-2017 ko‘rik tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rib borilmoqda.

Yotoqxonamizda talabalarni bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishlari uchun to‘qish bo‘yicha kurs tashkillangan. Bu kursda o‘zim ham ishtirok etaman.

Tarbichi-pedagog: D.Mamajonova