Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori РhD.27.06.2017.К.05.01- raqamli ilmiy kengashning 1-yig‘ilishi o‘tkazildi. || Ilmiy daraja beruvchi PhD.27.06.2016.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash ochildi || Фарғона давлат униерситетида 2017/2018-ўқув йили қабулини ташкил этиш бўйича МАЪЛУМОТ || Farg’ona davlat universitetida professor-o’qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarining nashr ettirilish holati. || O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi to’g’risida || Ilmiy kengash faoliyati to’g’risida

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 26
  • Arizalar: 18
  • Shikoyatlar: 3
  • Takliflar: 5
Ko`rib chiqilganlar: 26
Yo`naltirilganlar: 7
Ko`rilmoqda: 0

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


Ilmiy-tadqiqot faoliyati

Universitetda tashkil etilgan ilmiy seminarlar va ularning kun tartibidagi masalalar
Farg'ona davlat universiteti Tarix kafedrasi tomonidan 2014-2015 yillarda o‘tkazilgan anjuman va ilmiy seminarlar to‘g‘risida MA’LUMOT

2014 yil 13 mart kuni FarDU Tarix kafedrasida O‘zR FA SHarqshunoslik instituti etakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Ablat Xo‘jaevning “Farg‘ona tarixiga oid ma’lumotlar” nomli kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda universitet rektori, professor SH.Tashmatov, Farg‘ona viloyat hokimligi ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi, akademik A.Asqarov, O‘zR FA SHarqshunoslik instituti etakchi ilmiy xodimi, professor D. YUsupova, Andijon mashinasozlik instituti professori U.Abdullaev, tarix kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Ilmiy seminarda mutaxassis olimlarning “Farg‘ona tarixiga oid ma’lumotlar” kitobining Farg‘ona vodiysi tarixiga oid manba sifatidagi ahamiyati, undagi qadimgi va o‘rta asrlarda Farg‘ona vodiysi davlatchiligi, aholi turmush-tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga oid xitoy manbalari tasnifi va tahlili haqida professor-o‘qituvchilar, talabalar va kitobxonlarning fikrlari tinglandi.

 

2014 yilning 30 may kuni FarDU Tarix kafedrasi tashabbusi ostida O‘zR FA Arxeologiya instituti, O‘zR Tarixchilar jamiyati Farg‘ona viloyati filiali, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markaz hamda Farg‘ona viloyati hokimligi ma’naviyat va ma’rifat kengashi bilan hamkorlikda “Farg‘ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda” nomli respublika ilmiy anjumani o‘tkazildi

Anjumanda respublikaning ko‘zga ko‘ringan olimlari, yosh olimlar va talabalar qatnashdi. Unda ishtirokchilarning Farg‘ona vodiysi tarixiga oid eng yangi tadqiqotlar natijalari e’lon qilindi va muhokama etildi. Konferensiya materiallari kitob holida nashr etildi.

 

2014 yilning 24 iyul kuni FarDU Tarix kafedrasida O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markaz direktori, t.f.n., A.Sobirov ishtirokida davra suhbati hamda ilmiy seminar o‘tkazildi.

Seminarda FarDU, AnDU va NamDU katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Ilmiy seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-sonli “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi” farmoni hamda O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 dekabrdagi 365-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi” Qaroriga bag‘ishlandi. Unda ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

SHuningdek, ilmiy seminarda “O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish va o‘qitishning dolzarb masalalari” borasida ham fikr almashildi.

 

2014 yil 9 sentyabr kuni Tarix kafedrasi professor-o‘qituvchilari O‘zR FA Arxeologiya instituti olimlari bilan hamkorlikda “O‘rta asr SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqini Tarix yo‘nalishi talabalari o‘rtasida o‘rganish bo‘yicha ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy seminarda universitet rektori, professor SH.Tashmatov, O‘zR FA Arxeologiya instituti bo‘lim boshlig‘i, professor B.Matboboev, O‘zbek-Xitoy arxeololgik ekspeditsiyasining Xitoy tomonidan rahbari, professor Ju YAnshi va tarix yo‘nalishi talabalari ishtiorok etdi.

Seminarda Prezidentimizning tashabbusi bilan tashkillangan mazkur xalqaro konferensiya yurtimizda etishib chiqqan buyuk qomusiy olimlarning ilmiy merosini o‘rganish borasidagi sa’y harakatlarga yangidan turtki berganligi ta’kidlandi.

Академик Яҳё Ғуломов номидаги «Ўзбек халқи ва унинг давлатчилиги тарихи» илмий семинарнинг навбатдаги 71-йиғилиши

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 315-сонли Қарорига биноан ташкил этилган ва мунтазам фаолият юритаётган академик Яҳё Ғуломов номидаги «Ўзбек халқи ва унинг давлатчилиги тарихи» илмий семинарнинг навбатдаги 71-йиғилиши 2015 йил 9 сентябр куни Фарғона шаҳрида ЎзР ФА Тарих институти томонидан Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги ва Фарғона давлат университети билан ҳамкорликда Ўзбекистон тарихини ўрганишдаги сўнгги натижалар: археология ва манбашунослик мавзусида бўлиб ўтди.

Ушбу семинарда соҳа мутахассислари, ЎзФА қошидаги Археология институти катта илмий ходими т.ф.н. Ф.Мақсудов томонидан сўнгги йилларда ўзбек-америка ҳамда ўзбек-француз халқаро археологик экспедициялари томонидан олиб борилган илмий изланишларнинг натижалари ёритиб берилди.

Шунингдек академик А.Асқаров ҳамда ФарДУ профессори М.Х.Исомиддинов, тарих кафедраси доценти Р.Арслонзодалар маъруза қилдилар.

Universitetda o`tkaziladigan ilmiy anjumanlar va ular to`g`risidagi ommabop ma`lumotlar
Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligiga bag'ishlangan "Alisher Navoiy ijodi va zamonamiz" mavzusidagi ilmiy-adabiy anjuman

2015 yil 9 fevral kuni soat 1330da she`riyat mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 574 yilligi munosabati bilan Farg`ona Davlat Universiteti katta majlislar zalida "Alisher Navoiy ijodi va zamonamiz" mavzusida ilmiy-abadiy anjuman bo`lib o`tdi.

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligiga bag'ishlangan ilmiy-adabiy anjuman

2015 yil 14 fevral kuni soat 1000 da buyuk sarkarda, davlat arbobi va hassos shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 532 yilligi munosabati bilan Farg`ona Davlat Universiteti katta majlislar zalida ilmiy-adabiy anjuman o`tkaziladi.

Ilmiy-adabiy anjuman kun tartibi

1. Anjumanning ochilishi.

Universitet rektori, professor Sh.X.Tashmatov

2. "Ulug` ibrat manbai".

Ma`ruzachi: filologiya fanlari doktori H.Jo`rayev.

3. Bobur g`azallarining musiqiyligi.

Ma`ruzachi: O`zbekiston xalqa artisti, professor S.Mannopov.

4. Bobur mohir sarkarda va davlat arbobi.

Ma`ruzachi: tarix kafedrasi o`qituvchisi R.Akbarov.

5. Bobur she`riyati bo`yicha mushoira.

6. Badiiy qism.

7. Yakuniy qism.

 

"Filologiyaning dolzarb muammolari" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman

2015 yil 14 mart kuni Farg`ona davlat universiteti katta majlislar zalida Zulfiyaxonim tavalludining 100 yilligiga bag`ishlangan "Filologiyaning dolzarb muammolari" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bo`lib o`tadi. 

Farg‘ona davlat universitetida o‘tkaziladigan “XXI asr – intellektual avlod asri” mavzuidagi ilmiy-amaliy anjuman XABARNOMASI

Ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi:

O‘zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samaradorligini oshirish, respublika hayotining har bir sohasi va jabhasini rivojlantirishga yoshlarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish, mamlakatimiz taraqqiyotini ta’minlashga yoshlarni keng jalb etish, ularning iqtidori, ilmiy salohiyati va shijoatidan unumli foydalanish hamda zamonaviy texnika va texnologiya, axborot-kommunikatsion madaniyatini puxta o‘zlashtirgan, murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan bilimli, etuk yosh olimlarni tarbiyalashga ko‘maklashish, ular o‘rtasida hamkorlik muhitini rivojlantirish, ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish.

Ilmiy-amaliy anjuman tashkilotchilari: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, “Kamolot” YOIH Markazi Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod”  jamg‘armasi.

Ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish muddati:   2015 yil 28-29 may.

Anjumanga FarDU, FarPI, TTA Farg‘ona filiali, TATU Farg‘ona filiali, QDPI, NamDU, NamMTI, NamMPI, AndDU, AndMI, AndQXI, AndDTIning 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari, magistrantlari va talabalari taklif etiladi.

Ilmiy-amaliy anjuman sho‘‘balari:

1-seksiya: Ijtimoiy-gumanitar fanlar.

2-seksiya: Tabiiy fanlar.

3-seksiya: Aniq fanlar.

4-seksiya: Texnika fanlari.

Konferensiyada ishtirok etish uchun talabnoma va konferensiya materiallari to‘plamiga ilmiy maqola taqdim etish zarur.

Ilmiy-amaliy anjumanning ishchi tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari

Anjumanga yuboriladigan maqola va tezislarning mazmuni va ularni rasmiylashtirishga doir talablar:

- ilmiy maqolalar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, tegishli taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;

- taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha bo‘yicha etuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan qabul qilinadi;

- muallif haqidagi ma’lumotnoma (ob’ektivka) va muallifning pasport nusxasi taqdim etiladi;

- hududiy ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashish bo‘yicha muallifning familiya, ismi va sharifi, maqola nomi, konferensiya yo‘nalishi (seksiya), tashkilot nomi, lavozimi, xizmat manzili, telefon, faks hamda elektron pochta manzillari ko‘rsatilgan Talabnoma bo‘lishi zarur;

- konferensiya materiallari o‘zbek, ingliz va rus tillarida taqdim etilishi mumkin;

- ilmiy maqolalar matnlari tahrir qilingan holda A-4 kattalikdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,5 sm., chapdan 3 sm., o‘ngdan 1 sm. joy qoldirib, 1 nusxada rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning ismi va otasining ismi hamda familiyasi bosh harflarda yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot va shahar nomi ko‘rsatiladi. So‘ngra 1,5 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,0 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 12 kegel kattaligida bo‘lishi va 5 betdan oshmasligi lozim. Elektron nusxasi disk yoki fleshkaga yozilgan holda yuboriladi yoki elektron pochtadan jo‘natiladi.

Konferensiya Tashkiliy qo‘mitasi ilmiy maqolalarni tahrir qilish va saralash huquqiga ega.

Maqolalar 2015 yil 16 maygacha  qabul qilinadi

Manzil:       Farg‘ona shahar Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy

FarDU ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Tel: 8(373)244-44-29

E-mall: fardu_info@mail.uz , uktamjon77@mail.ru  

“Фарғона водийси: табиати-ахолиси-ҳўжалиги янги тадқиқотларда” тадқиқотларда” мавзусида илмий-амалий конференция бўлиб ўтди.

2015 йил 17 апрел куни Фарғона давлат университетида “Фарғона водийси: табиати-ахолиси-ҳўжалиги янги тадқиқотларда” мавзусида илмий-амалий конференция бўлиб ўтди. Унда ФарДУ, УзМУ, НамДУ, АнДУ, ҚарДУ, СамДУ, ва бошқа олий таълим муассасалари олимлари, магистрантлари, катта илмий ходим-изланувчилари ҳамда Табиатни мухофаза қилиш қўмитаси мутахассислари жами 90 нафардан ортиқ иштирокчилар қатнашди. Конференцияга 200 дан ортиқ мақолалар  келиб тушди ва материаллар тўплам сифатида чоп этилди.

Фарғона давлат университетида бўлиб ўтадиган анжуманлар

Фарғона давлат университетида 24 апрел куни “ Республика миллий иқтисодиётини реал секторини ривожлантириш минтақавий хусусиятлари”, 9 сентябр куни “Жисмоний маданият ва спорт соҳаси кадрларини тайёрлаш жараёни такомиллаштириш”, 5-6 июн кунлари “Ўзбекистон Республикасида кўптилликнинг долзарб масалалари”  мавзусида  Вазирлик миқёсида илмий-амалий конференция бўлиб ўтади

 

Республика миллий иктисодиёти реал секторини ривожлантиришнинг минтакавий хусусиятлари мавзусидаги республика илмий-амалий анжумани

Фарғона давлат университетида 2015 йил 24 апрел куни "Республика миллий иқтисодиёти реал секторини ривожлантиришнинг минтақавий хусусиятлари" мавзусида республика илмий-амалий анжумани ўтказилди. Бу анжуманда Республикамиз олий таълим муассасаларидан ва илмий-тадқиқот институтларидан соха мутахассислари ташриф буюриб ўз маърузалари билан иштирок этдилар. Анжуманга 500 дан ортиқ мақола ва тезислар келиб тушди. Анжуманнинг ялпи мажлисида 100 дан ортиқ соҳа мутахассислари, профессор-ўқитувчилар, талаба-магистрантлар фаол иштирок этди. Анжуманга келиб тушган илмий ишлар материаллар ҳамда тезислар тўплами сифатида чоп этилди. Анжуман якунида иқтисодиётимиз ривожланишига ҳисса қўшадиган зарур ҳулосалар қабул қилинди.

Илмий-амалий анжуман Фарғона давлат университети, Фарғона вилояти ҳокимлиги ҳамда Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитасининг Кадрларни қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш маркази ташкилотчилигида бўлиб ўтди.

Анжуманда Ўзбекистон табиий толалар илмий текшириш институти, Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитасининг Кадрларни қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш маркази, Тошкент давлат иқтисодиёт университети, Тошкент мелиорация ва ирригация институти, Тошкент молия институти, Фарғона политехника институти, Тошкент архитектура ва қурилиш институти, Қарши давлат университети, Бухоро давлат университети, ТАТУ Фарғона филиали ва бошқа олий ўқув юртларидан профессор-ўқитувчилар, тадқиқотчилар, магистрантлар ҳамда иқтидорли талабалар иштирок этишди.

Илмий-амалий анжуман кун давомида 6 та асосий шўъбада фаолият кўрсатиб, якуний қисмда хулосалар асосида Ўзбекистон миллий иқтисодиёти реал секторини минтақалар кесимида ривожлантириш бўйича тавсиялар ва таклифлар умумлаштирилди.

Фаргона давлат Университетида 2016 йил 26 ноябр куни утказилган “Ўзбекистонда кучли ижтимоий сиёсат ва ижтимоий иш соҳаларини ривожлантириш муаммолари”мавзусидаги республика илмий-амалий анжуманига АННОТАЦИЯ

           Ўзбекистонда мустақилликнинг  илк йилларида фуқаролик жамияти барпо этишнинг  ўзига хос йўли сифатида, халқимизнинг миллий менталитетини ўзига хос хусусиятларидан  келиб чиқиб  танлаб олинган  беш тамойилдан иборат  “ўзбек модели”  ҳар томонлама барҳаёт кучга эгалиги бугун  тўлиқ исботини топмоқда. Буни ўтган йиллар давомида мамлакатимиз  ижтимоий соҳаларини ривожлантиришда  босқичма-босқич самарали амалга ошириб келинаётган кучли сиёсат натижаларидан яққол кўриш мумкин. Шуни алоҳида таъкидлаш зарурки, ёш мустақил Ўзбекистон давлати ҳали бугунги кундаги каби қудратли иқтисодий имкониятларга эга бўлмаган бир пайитда, энг тўғри йўл сифатида бор имкониятларни аввало, аҳолини ижтимоий ҳимоялаш тизимини яратишга, хусусан кам таъминланган оилалар  ва ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий қўллаб-қувватлашга қаратди. Бу  йўл  давлатимизнинг инсон ва унинг манфаатлари устиворлигини амалда таъминлашдан иборат сиёсатига ҳар жиҳатдан мос келади.

 “Ўзбекистонда кучли ижтимоий сиёсат ва ижтимоий иш соҳаларини ривожлантириш муаммолари” мавзусидаги илмий-амалий анжуманнинг асосий мақсади Республикамизда олиб борилаётган кучли ижтимоий сиёсат ва ижтимоий соҳаларнинг ривожлантириш бўйича олиб борилаётган илмий-амалий ишларни таҳлил қилиш мавжуд долзарб муаммоларни ҳар томонлама чуқур ўрганиш ҳамда уларни ҳал этишнинг замонавий илғор метод ва услубларини ишлаб чиқиш, қўлга киритилган илғор тажрибаларни умумлаштириш ва оммалаштиришдан иборат .Ушбу илмий-амалий анжуман Фаргона давлат Университети “Ижтимоий иш” кафедраси томонидан ташкил этилди.

           Анжуманда жами 5 та шуъба ташкил этилиб, шуъбаларда Республика Олий ўқув юртлари профессор-ўқитувчилари, илмий тадқиқотчилар, имконияти чекланган болалар муассасалари ходимлари, магистрант ва талабаларнинг илмий тадқиқот натижалари мухокамаси утказилди. Анжуманнинг очилиш маросимида Мирзо Улугбек номидаги Узбекистон Миллий Университети социлолгия кафедраси профессори М.Х.Ганиеванинг “Социальная работа как отражение социальной политики государства» мавзусидаги маърузаси, Фаргона давлат Университети «Ижтимоий иш» кафедраси мудири, фалсафа фанлари доктори Ф.Тургунбоевнинг “ Узбекистонда ижтимоий  сиёсат ва  ижтимоий ҳимоялаш тизимини мустаҳкамланиши” мавзусидаги мавзусидаги маърузаси,  Республика болалар ижтимоий мослашув маркази Фаргона минтакавий филиали етакчи мутахассиси С.Абдурахмонованинг  Алоҳида  эхтиёжли   болаларни  ўқитиш ва тарбиялашда  инновацион моделларни қўллаш” мавзусидаги маърузалари ва бошка ижтимоий соха мутахассислари маърузлари такдим этилди. Шундан сунг анжуман уз ишини шуъбаларда давом эттирди.

Universitetda o`tkaziladigan davra suhbatlari rejasi, videokonferensiyalar va simpoziumlar to`g`risida ma`lumotlar
Universitetdagi mavjud ilmiy kengashlar va ular to`g`risida ma`lumotlar
O'zbekiston Milliy Universiteti, OzR FA Ti va adabiyot intituti, Farg'ona Davlat universiteti huzurida, kengash shifri 16.07.2013.Fil.01.05

10.00.01 - O`zbek tili;

10.00.01 - O`zbek adabiyoti;

10.00.01 - Folklorshunoslik;

10.00.01 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari bo`yicha).

 

Jabborov Nurboy Abdulxakimovich (rais)

O`zbekiston Milliy universiteti, dekan, filologiya fanlari doktori, professor 

 

Abdushukurov Baxtiyor Buronovich (ilmiy kotib)

O`zbekiston Milliy universiteti, kafedra mudiri, filologiya fanlari nomzodi

Universitet ilmiy kengashlarida himoya qilingn nomzodlik va doktorlik ishlari avtoreferatlari

Reglament

150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
H/r: 400910860304017950100079001
STIR: 201133366 MFO: 00014


Axborot texnologiyalari markazi
Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

© Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016