Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Universitetda “Farg’ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda” nomli an’anaviy IV Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi bo’lib o’tdi || 16 may 2017 yil kuni Farg’ona davlat universiteti Psixologiya kafedrasi o’qituvchilari F.Soliev, M.Yuldasheva va SH.Omonovlar tomonidan Farg’ona shahar Huquqshunoslik kollejida “Yoshlar tarbiyasi – porloq kelajak mevasi" || Oila muqaddasdir || 2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida || “Talaba bahori - 2017” yoshlar festivali || RESPUBLIKA ОLIMPIАDА 2017 YAKUNLАRI

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 14
  • Arizalar: 9
  • Shikoyatlar: 2
  • Takliflar: 3
Ko`rib chiqilganlar: 14
Yo`naltirilganlar: 1
Ko`rilmoqda: 0

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • Biz haqimizda Fakultetlar

    Pedagogika fakulteti

    Fakultet dekani: Siddiqov Baxtiyor Saidqulovich
    1961 yil 2-sentabrda Farg`ona viloyati Quva tumanida tug`ilgan.
    Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
    Ish telefoni: (+99873) 244-44-05.
    E-mail: pedagogika@fdu.uz

     

     

     

     


     

    Dekan o’rinbоsarlari:
    Baydjanov Bekzod Hayitboyevich
    1988-yil 15-fevralda Farg`ona viloyat, Farg`ona shahrida tug’ilgan.
    E-mail: bekzod_fergana@mail.ru

     

     

     




    Soliev Ilhom Sobirovich
    1984 yil 23-noyabr Bog`dod tumani Qora ko`l qishlog`ida tug`ilgan
    E-mail: soliev_ilhom@mail.ru

    Fakultet manzili: 150100, Farg`ona shahri,
    Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Telefon: (+99873)244-44-05
    E-mail: pedagogika@fdu.uz

     

    FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT

    Pedagogika fakulteti 1998 yilda pedagogika va madaniyat nomi bilan tashkil topgan. Unda boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ishlar metodikasi, ijtimoiy madaniyat, musiqiy ta’lim va xalq ijodiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlangan.

    Fakultetda pedagogika (kafedra mudiri, pedagogika fanlar doktori N.Temirov); boshlang‘ich ta’lim metodikasi (kafedra mudiri, fizika-matematika fanlar nomzodi, dotsent A.Asimov); ijtimoiy madaniyat (kafedra mudiri, pedagogika fanlar nomzodi, dotsent I.Kirgizov); Musiqiy ta’lim va xalq ijodiyoti (kafedra mudiri, pedagogika fanlar nomzodi, dotsent A.Umarov) kafedralari faoliyat ko‘rsatgan.

    Mazkur kafedralarda 27 nafar professor-o‘qituvchi, shu jumladan 1 nafar fan doktori, professor, 1 nafar  fan nomzodi, dotsent; 9 nafar katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar talabalarga bilim bergan.

    1991-2003 yillar davomida fakultetda 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. 1997 yilda “Pedagogika va o‘qitish ishlarida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish” mavzusida Xalqaro va 1999 yilda “Yangi pedagogik texnologiya asoslari” Respublika ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. 2003 yilda “Ijtimoiy hamkorlik-kadrlar tayyorlash jarayonning muhim mezoni” mavzusida ilmiy-nazariy anjuman bo‘lib o‘tdi. 2003 yilda fakultetda musiqiy ta’lim va хalq ijodiyoti yo‘nalishlari ochildi. Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 32 nomdagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar,      680 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar e’lon qilindi.

    Fakultetning 3 nafar talabasi Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. 1998-2003 yillarda fakultet dekani lavozimida pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Abdurahmon Qozokovich Nizomov faoliyat ko‘rsatdi.

    2004 yili pedagogika va madaniyat fakultetidan ajralgan holda pedagogika mustaqil fakultet maqomiga ega bo‘ldi. Fakultetga pedagogika fanlar nomzodi, dotsent B.Siddiqov dekan etib tayinlandi. Fakultet tarkibida jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat yo‘nalishi, boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo‘nalishi hamda milliy istiqlol g‘oyasi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlangan.

    Universitetda kadrlar tayyorlash sifatini yanada yaxshilash, boshqaruv va nazorat tizimini takomillashtirish, o‘quv va ta’lim-tarbiya jarayonini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida  Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2014 yil 30 apreldagi universitet tashkiliy tuzilmasi haqidagi 87-02-1192 sonli xatini bajarishga qaratilgan universitetning 2014 yil iyundagi, “Universitet tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 160-sonli buyrug‘iga asosan pedagogika fakulteti tarkibidagi “Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat” yo‘nalishi  jismoniy madaniyat fakulteti sifatida ajraldi.

    2014-2015 o‘quv yilidan Pedagogika fakulteti dekani vazifasiga  tarix fanlari nomzodi, dotsent Olimjon Madaminovich Yuldashev, 2015-2016  o‘quv  yilidan buyon pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.Siddiqov tayinlandi.      

    Hozirgi kunda fakultet tarkibida “Pedagogika” (kafedra mudiri: pedagogika fanlar  nomzodi, dotsent N.O‘rinova), “Psixologiya” (kafedra mudiri: psixologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Isaqova), “Boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti (kafedra mudiri: filologiya fanlari nomzodi I.Xojaliyev) kafedralari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur kafedralarda 50 nafar professor-o‘qituvchilar, shu jumladan, 1 nafar fan doktori, professor, 9 nafar fan nomzodi, dotsent, 12 nafar katta o‘qituvchi va 28 nafar o‘qituvchilar talabalarga bilim bermoqda.

    2016-2017 o‘quv yilida fakultetda 704 nafar talaba bo‘lib, shundan 491 nafari qizlar, 213 nafari yigitlar, shu jumladan, 162 nafari davlat granti hamda 539 nafari to‘lov-shartnoma asosida tahsil olmoqdalar.

    Fakultetda o‘quv-tarbiya jarayoni magistraturaning 5A110901–Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxissisligi hamda bakalavriatning 5110800–“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”, 5111700 – “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish”, 5210200 – “Psixologiya” yo‘nalishlarida ta’lim-tarbiya olgani holda, ushbu yo‘nalishlarning bitiruvchilari jamiyatimizning turli sohalarida  mehnat qilib, jonajon O‘zbekistonimizning ravnaqi uchun o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Jumladan, 2016-2017 o‘quv yilida tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 4-kurs talabasi I.Rahmatova Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

     

    KAFEDRALAR:

    shlang’ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi
    Kafedra mudiri: Abdupattoev Muxammadtoxir Tojimatovich

    1966  yilda  07 noyabr Farg`ona viloyati Quva  tumanida tug`ilgan.

    Filologiya  fanlari nomzodi.
    E-mail: pedagogika@fdu.uz

     

    Psixologiya

    Kafedra mudiri: Isakova M

    psixologiya fanlari nomzodi 
    E-mail: pedagogika@fdu.uz

    Pedagоgika va Tasviriy san`at va muxandislik grafikasi

    Kafedra mudiri: O`rinova Nilufar Muhammadovna

     

    1978 yilda Farg`ona viloyati Farg`ona tumanida tug`ilgan.

    Pedagogika fanlari nomzodi.

    E-mail: pedagogika@fdu.uz

     

    BOSHLANG`ICH TA`LIM USLUBIYOTI KAFEDRASI

    Kafedra mudiri: Abdupattoev Muxammadtoxir Tojimatovich

    Kafedra tarixi: Boshlang‘ich ta’lim metodikasi yo‘nalishi 1958 yili Tarix-filologiya fakulteti qoshida tashkil etilgan. Shu yili 2 ta kunduzgi guruh qabul qilingan. 1960 yili fakultet dekani filologiya fanlari nomzodi, dotsent Hasanxon Rustamov  tashabbusi bilan «Boshlang‘ich ta’lim metodikasi mutaxassisligi» bo‘yicha kunduzgi bo‘limi kengaytirildi va sirtqi bo‘lim  ochilib talabalar qabul qilina boshlangan.

    1962 yildan Boshlang‘ich ta’lim metodikasi yo‘nalishi mustaqil  fakultet tarzida ajralib chiqdi. Fakultetga psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Mansur Muzaffarov dekan etib tayinlandi. 1965 yili  bu yo‘nalishga kunduzgi bo‘limga qabul qilish to‘xtatildi. Sirtqi bo‘limning faoliyati  esa 1967 yilgacha davom etdi.

    Fakultetning kunduzgi bo‘limi yopilishi bilan yo‘nalish Tarix fakulteti tarkibiga biriktirilgan. Bu vaqtlarda T.Zoxidov, A.Umaralievlar dekanlik lavozimida faoliyat olib borganlar.

    1978 yilda tarix fakulteti qoshida boshlang‘ich ta’lim metodikasi yo‘nalishi yana tiklandi. 1979 yildan boshlang‘ich ta’lim metodikasi va pedagogikasi kafedrasi tashkil qilindi.

    SHu yillarda kafedrani pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.Qodirov boshqargan. U 1984 yilning sentyabr oyigacha mudirlikni davom ettirgan. 1985 yil 5 yanvardan boshlab 1990 yilning 16 apreligacha pedagogika fanlari nomzodi R.A.Asanov kafedraga mudirlik qilgan.

    U davrda boshlang‘ich ta’lim kafedrasi qoshida “Mehnat ta’limi va uni o‘qitish metodikasi” kabinetlari, “1-sinflarni o‘qitish xonasi”, “Ona tili va uni o‘qitish metodikasi”, “Bolalar adabiyoti” kabineti, texnik vositalardan foydalanish xonasi, “O‘lkashunoslik va er bilimi” kabineti, boshlang‘ich ta’lim metodikasi kabinetlari mavjud bo‘lgan.

    1985 yildan 1988 yilgacha boshlang‘ich ta’lim kafedrasi, o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti tarkibiga qo‘shildi. Bu vaqtda fakultetni filologiya fanlari doktori, professor M.Mukarramov boshqargan.

    1988 yilda boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakulteti tashkil  qilindi. Fakultetga psixologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Rozaliev dekan etib tayinlandi va fakultet qoshida 2 ta kafedra: boshlang‘ich ta’lim metodikasi (kafedra mudiri dotsenti R.Asanov.), o‘zbek va rus tillari hamda ularni o‘qitish metodikasi (kafedra mudiri filologiya fanlari doktori M.Mukarramov) kafedralariga tashkil etildi.

    1990 yil 18 aprelda fizika-matematika fanlari nomzodi A.Asimov boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasiga mudir etib tayinlangan.

    1991-1992 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilikka erishishi munosabati bilan Farg‘ona pedagogika instituti universitet maqomini oldi. Universitetlar tizimida  boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorlash yo‘qligi sababli bu mutaxassislikka talaba qabul qilish to‘xtatildi.

    1991 yil yangi psixolog va sotsiolog mutaxassisligi ochilib, talabalar qabul qilindi. Fakultetga 1991-1992 yillari tarix fanlari nomzodi, dotsent T.Egamberdieva dekanlik qilgan. T.Egamberdieva universitet tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimiga o‘tganligi munosabati bilan fakultet dekanligiga psixologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Otajonov dekanlik lavozimiga tayinlandi. Bu fakultetda 3ta: psixologiya (kafedra mudiri psixologiya fanlari nomzodi V.Karimova), amaliy sotsiologiya (kafedra mudiri falsafa fanlari doktori T.Abdullaev), boshlang‘ich ta’lim metodikasi (kafedra mudiri fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.Asimov)lar kafedralar faoliyatini boshqargan.

    1988-99-o‘quv yillarda  boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi tayyorlash bo‘limi madaniy-ma’rifiy ishlar tashkilotchisi bo‘limi bilan qo‘shilib, pedagogika va madaniyat fakulteti tashkil etilgan.

    1999-2000 o‘quv yillarida  boshlang‘ich ta’lim va tarbiyaviy ish yo‘nalish bo‘yicha 500 dan ortiq boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorlandi.

    2004-2005 o‘quv yilida universitetida pedagogika fakulteti tashkil  etilib, Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi shu fakultet tarkibiga biriktirildi.

    2011-2012 o‘quv yildan Boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasiga tasviriy san’at va muxandislik grafikasi yo‘nalishi qo‘shilib,  kafedra boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti  va tasviriy san’at   deb nomlandi.  Kafedraga 2011 yil  dekabr oyidan 2012 yil sentyabr oyiga qadar filologiya fanlari nomzodi Z.A.Akbarova mudir etib tayinlandi. Kafedrada  6 ta fan nomzodi, 8 ta katta o‘qituvchi va 7 ta o‘qituvchi faoliyat olib borgan.

    2012 yil 14 sentyabrdan 2013 yil iyun oyiga qadar filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Abdupattoev  boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti va tasviriy san’at kafedrasi mudiri vazifani bajardi.

    2013 yil 27 iyundan boshlab pedagogika fanlari nomzodi, dotsent F.O‘.O‘rinova boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti va tasviriy san’at kafedrasi mudiri lavozimida ishlgan.

    F.O‘rinova pedagogik faoliyati davomida bir necha iqtidorli talabalarga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda. Jumladan, uning rahbarligida 2012 yilda talaba N.Farhodjonova Navoiy nomidagi davlat stipendiasi sohibi bo‘ldi; talaba A.Alimov pedagogika fani  bo‘yicha Respublika fan olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni egalladi.

    2015 yil 24 dekabrdan to hozirgi kungacha filologiya fanlari nomzodi, dotsent I.Hojaliev boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

    So‘nggi 3 yil davomida kafedra professor-ukituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.  SHu vaqt mobaynida kafedra professor-o‘qituvchilari 60  dan ortiq ilmiy maqola, 10 dan ortiq ta o‘quv-metodik qo‘llanma, 7 ta metodik tavsiyalar chop ettildi.

    O‘tgan davrlar davomida 4 ta talaba nomzod stipendiant bo‘ldi, 3 ta talaba pedagogika fanidan Respublika fan olimpiadasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

    Kafedra Qori Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy – tadqiqot instituti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Qo‘qon davlat institutlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

    SHu hamkorlik asosida 2010 yilda (Kadrlar tayyorlash milliy dasturida boshlang‘ich ta’limning yangicha tizimi va mazmunini  shakllantirish masalalari) va 2013 yilda (Boshlang‘ich ta’lim  sifat va samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish) respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

    Hozirgi kunda kafedrada  18 nafar o‘qituvchi bo‘lib, shulardan 4 nafar fan nomzodi (M.Abdupattoev, A.Asimov, F.O‘rinova, D.YUldasheva), 2 ta katta o‘qituvchi (I.Xoldorova, Z.Otaxonova) hamda 12 nafar o‘qituvchilar (Z.Xolmatova, M.Jalilov, D.Teshaboev, J.Otajonov, Z.Botirova, G.Narkabilova, D.Xoliqova, N.Botirova, I.Soliev, N.Qo‘ldoshev, D.Tuxtasinov,) faoliyat olib bormoqda. Kafedra o‘qituvchilarining o‘rtacha yoshi 43.2 ni tashkil etadi.

    Hozirgi kunda  kafedradagi olib borilayotgan ishlar haqida qisqacha ma’lumot.

    Fan to‘garaklari:      

    Pedagogika kafedrasida “Mы govarim po ruskiy” to‘garagi bir  necha yillardan buyon samarali faoliyat olib bormoqda. To‘garak rahbari o‘qituvchi G.Narkabilova mashg‘ulotlarni interfaol usullar va axborot texnologiyalar vositasida tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. SHuningdek, to‘garak mashg‘ulotlarini didaktik, imitatsion, psixotexnik, rolli o‘yinlar asosida tashkil etilishi talabalarni pedagogik faoliyatga qiziqishlari yanada oshirmoqda. 

    To‘garak mashg‘ulotlarida 30 dan ortiq iqtidorli talaba faol ishtirok etib kelishmoqda.

    Malakaviy amaliyot:

    Bakalavr pedagogik amaliyoti kafedrada olib borilib, u quyidagi faoliyat turlarini qamrab oladi:

    -o‘quv-uslubiy faoliyat;

    -pedagogik faoliyat;

    -malakaviy amaliyot faoliyati.

    Talabalarning ish rejasi va amaliyot bo‘yicha kalendar rejalari o‘quv yilining boshida tasdiqlanib, ular asosida ish olib boriladi.  

     

    PSIXOLOGIYA KAFEDRASI

    Kafedra mudiri: Isakova M

    1976 yilda Psixоlоgiya kafedrasi pedagоgika kafedrasi tarkibidan mustaqil ravishda ajralib chiqqan. 1991 yildan kafedra «Psixоlоgiya va amaliy sоtsiоlоgiya» fakulteti tarkibida «Psixоlоg o‘qituvchi» mustaxassislarini tayyorlay bоshlagan. 1998 yildan bоshlab «Ijtimоiy gumanitar mutaxassisliklar» (keyinchalik gumanitar) fakulteti tarkibida, 2011 yildan esa Pedagоgika fakultetida o‘z faоliyatini оlib bоrmоqda. 20 yillik muddat davоmida yo‘nalish bo‘yicha 2000 ga yaqin “Psixоlоg. O‘qituvchi” mutaxassislar tayyorlangan.

     

    Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika fakulteti Psixologiya kafedrasining 2013-2014 o‘quv yilining apreliga qadar o‘quv-uslubiy ishlar, malakaviy amaliyot, ilimiy - tadqiqot ishlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bajarilgan ishlar  bo‘yicha

    MA’LUMOT

     

        Kafedraning jami o‘quv yuklamasi 14289 soat, shundan soatbay 220 soatni tashkil etadi. Ular 16,75 shtat birligiga ajratilgan bo‘lib, jami 16 nafar professor-o‘qituvchi asosiy ish o‘rni, o‘rindoshlik hamda soatbay shaklda faoliyat olib boradi. Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalari lavozimlar bo‘yicha «Vaqt me’yorlari» asosida taqsimlangan va ular professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarida o‘z aksini topgan. Barcha kafedra a’zolari o‘z kasbiy malakasi bo‘yicha dars berayotgan fanlari talablari darajasida mutaxassislikka ega.

      Kafedrada professor-o‘qituvchilarining ochiq ma’ruzalari OO‘MTVning 2004 yil 26 martdagi 79-sonli buyrug‘iga 1-ilova “Oliy ta’lim muassasalarida ochiq ma’ruzalarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi” to‘g‘risidagi Nizomga asosan tashkil etilgan. Psixologiya  kafedrasida 2013-2014 o‘quv yilining 1-yarim yilida p.f.n.,dotsent M.Isaqova tomonidan «Etnopsixologiya va din psixologiyasi» fanidan «Milliy urf-odat va an’analar. Ularning ijtimoiy psixologik funksiyasi» mavzusi bo‘yicha 3-kurs psixologiya yo‘nalishi 314-315-guruhlarda 07.11.2013, p.f.n.,dotsent K.Rahimova tomonidan «Umumiy psixologiya» fanidan «Xotira haqida umumiy tasavvurlar. Xotiraning fizologik mexanizmlari» mavzusi bo‘yicha 3-kurs psixologiya yo‘nalishi 314-315-guruhlarda 25.11.2013, ochiq ma’ruzalar tashkillangan. Ochiq ma’ruzalarga tashqi ekspert sifatida Farg‘ona kompyuter texnologiyalari KXK direktori M.Otajonov taklif qilingan. Ochiq ma’ruzalarning hujjatlari talab darajasida rasmiylashtirilib, o‘quv bo‘limiga topshirilgan.

             Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan fanlarni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Axborot texnologiyalari bilan jihozlangan 41-auditoriyadan ushbu o‘quv yilida jami 230 marta, 44-auditoriyadan ushbu o‘quv yilida jami 230 marta foydalanildi.

     

    O‘quv-uslubiy ishlar

    Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2013-2014 o‘quv yilining 1-yarim yilligida kafedrada o‘qitiladigan 27 ta fandan lotin alifbosida o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlandi. SHuningdek, kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha seminar, amaliy mashg‘ulotlar hamda mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, laboratoriya ishlanmalari, testlar to‘plami hamda Internet manbalari mavjud. Bundan tashqari 50 dan ortiq adabiyotlarning elektron variantlari hamda fanlarning elektron versiyalari FDU VEb saytiga  joylashtirilgan.

    Universitet ALKXKBIBP M.Isaqova va Marg‘ilon Pedagogika kolleji o‘qituvchilari T.O‘rmonova va T.To‘xtasinovalar hammuallifligida «O‘ynab o‘rganamiz o‘rganib o‘ynaymiz» nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatma nashrga tayyorlangan.

     

    Ilmiy - tadqiqot ishlar

     Kafedrada «Mustaqil O‘zbekiston fuqarolari shaxsini  shakllanishining psixologik mexanizmlari” mavzusida psixologik tadqiqotlar olib boriladi. Kafedraning yillik ilmiy-tadqiqot ishlar  rejalari va 2015 yilgacha mo‘ljallangan istiqbol rejasi ishlab chiqilgan.

             Kafedra katta o‘qituvchisi M.Zokirova tomonidan «Psixolog faoliyatida psixogimnastika mashqlarini qo‘llash texnologiyasi» nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatma, M.Isaqova va 340-guruh iqtidorli talabasi N.Soyipova  hammuallifligida «Globallashuv va yoshlar» nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatma tayyorlandi.

    2013 yil 30 may kuni (Vazirlar mahkamasining 2013 yil 24 yanvardagi 23-sonli buyrug‘iga asosan anjumanlar rejasiga kiritilgan) “YOshlar ijtimoiy faolligini oshirishda amaliy psixologiyaning o‘rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman ochilishida “Talaba yoshlarda ijtimoiy faollikni oshirishning psixologik usullari” mavzusida ma’ruza qildi. SHuningdek, sho‘‘ba yig‘ilishlarida “YOshlarda mustaqil, ijodiy fikrlashning rivojlanishi-ijtimoiy faollik asosi sifatida”, “Pedagog faoliyatida amaliy psixologiyaning o‘rni”, “O‘quvchi yoshlarning ijodkorligini rivojlantirish asosida ijtimoiy faollikka tayyorlash”, “Psixologik-pedagogik konsilium amaliy psixologiyaning usuli sifatida”,  “YOshlarni shaxslararo munosabatlarga tayyorlash orqali ijtimoiy faolliklarini oshirish”, “SHaxs tarbiyasida ajdodlar merosining o‘rni” mavzulari bilan ishtirok etdi.

     

    Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

    Psixologiya  kafedrasi  a’zolari  tomonidan  talabalar turar joyida  o‘tkaziladigan  tadbirlar rejasi tuzilgan bo‘lib,  barcha  tadbirlar  reja asosida o‘tkazilib  ular  rasmiylashtirib borilmoqda.

    Bugungi kungacha 3-talabalar turar joyida kafedra kunlari “Sog‘lom bola yili mening tasavvurimda” mavzusida ochiq muloqot (12.02.2014 y M.Zokirova), “Samarali muloqot sirlari” mavzusida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib  seminar-trening (20.02.2014 y. .Rajabov, F.Soliev, N.Usmonxadjaeva, SH.Usmonovlar), “Xotirani rivojlantirish mashqlari” mavzusida davra suhbati tarzida tashkillangan. 2014 yil 27 fevral kuni kafedra katta o‘qituvchisi M.Zokirova talabalarning bo‘sh vaqtini tashkil etish bo‘yicha suhbat o‘tkazdi va nazorat o‘tkazdi. Tadbirlar ishtirokchilarning faolligida o‘tkazilganligi sababali  talabalarda katta taassurot qoldirmoqda.

    2013 yil 3 oktyabr kuni kafedra katta o‘qituvchilari M.Rajabov va  F.Solievlar SHarqiy harbiy okrug shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilari bilan “SHaxslararo munosabatlarda muloqotning ahamiyati” mavzusida seminar-trening o‘tkazishdi.

    2013 yil 18 noyabr kuni innovatsion guruh a’zolari kafedra dotsenti M.Isaqova, katta o‘qituvchi A.Abdullaevalar Toshloq tuman 9-maktabda  “Nogiron bolalarni ijtimoiy muhitga moslashtirish” mavzusida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va ota-onalariga seminar trening o‘tkazdilar. 

    2013 yil 23 noyabr kuni innovatsion guruh a’zolari kafedra dotsenti M.Isaqova, katta o‘qituvchi A.Abdullaeva, F.Soliev, M.Rajabov, o‘qituvchi N.To‘ychievalar hamda 4-kurs talabalari N.Soyipova, M.Akbarov, M.Otanazarova, M.Madraximov, L.Dexqonovalar, hamda 3-kurs talabalari G.Umarova, N.Buvajonova, A.Xojimatov, A.Abduraxmonovlar Marg‘ilon shahar 23-maktabda  “Nogiron bolalarni ijtimoiy muhitga moslashtirish” mavzusida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va ota-onalariga seminar trening o‘tkazdilar. 

    2013 yil 29 noyabr kuni 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan “Konstitutsiya bilimdoni”  ko‘rik tanlovi  bo‘lib, o‘tdi. Tadbirda psixologiya yo‘nalishining “Qomus” jamoasi  ishtirok etdi. Universitet jamoalari o‘rtasida 2-o‘rinni egalladilar. “Qomus” jamoasi tarkibi:  3-kurs 315-guruxdan,   G.Umarova,  N.Madaminova, A.Xojixonov, A.G‘ulomjon o‘g‘li,  212-guruxdan,  D.Abduvaliev, SH.Jamoldinov, S.Qodirov, A.Isabekov, Z.Bolajonov, M.To‘ychieva, A.Teshaboev.

    2013 yil 9 dekabrdan 14 dekabrga qadar Viloyat xokimligining buyrug‘iga asosan Universitetning 7 ta fakultetidan zaxira kadrlar tanlab olish uchun  psixologik test o‘tkazildi. Natijalar qayta ishlandi, ma’lumotlar 13 dekabr kuni viloyat xokimligiga topshirildi. Tadqiqotni o‘tkazishda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar: M.Isaqova, X.G‘anieva, M.Rajabov, A.Abdullaeva, L.Abduqodirova, N.To‘ychieva, N.Usmanxodjaeva, U.Xomidovalar.

    2013 yil 17 dekabr kuni kafedra katta o‘qituvchilari M.Rajabov, F.Solievlar Farg‘ona mudofaa ishlar boshqarmasi binosida harbiy qism va muassasalar komandirlari bilan “Jamoani boshqarish psixologiyasi” mavzusida o‘quv-uslubiy seminarda ma’ruzachi sifatida ishtirok etdilar. 

    2013 yil 19 dekabr kuni 212-213-guruh talabalari va guruh murabbiylari A.Abdullaeva, N.To‘ychievalar Oybek daxasida joylashgan mehribonlik uyida yashovchi bolalarga yangi yil munosabati bilan bayram sovg‘alari ulashishdi.

    2013 yil 24 dekabr kuni kafedra o‘qituvchisi N.Djuxonova “Disput-klub” to‘garagida “Zamonaviy talaba lider bo‘lishi kerakmi, yo‘qmi?” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi.

    2013 yil 25 dekabr kuni kafedra o‘qituvchisi L.Abduqodirova “Amaliyotchi psixolog” fan to‘garagida “Emotsional intellektni rivojlantirish treningi” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi. 

    2013 yil 26 dekabr kuni Psixologiya kafedrasida, kafedra professor-o‘qituvchilari M.Isaqova, M.Zokirova, F.Soliev, X.G‘anieva, M.Rajabov, L.Abduqodirova va talabalar F.Nazarova, N.Soyipovalar “Oliy ta’limda pedagog va rahbar kadrlarning kreativlik va kasbiy kompetentligini rivojlantirishning psixologik muammolari” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazishdi. 

    2013 yil 27 dekabr kuni yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” musiqiy festivalida Psixologiya yo‘nalishining 1-kurs talabalari SH.Eminov, R.Xusanov, S.Xakimov, M.Xaydarov, 2-kurs talabalari E.Fattoxov, A.Isabekov, D.Abduvaliev, 3-kurs talabalari SH.Mirzaboeva, N.Madaminova, G.YUsupova, A.G‘ulamjon o‘g‘li, A.Xojimatovlar “Quvnoqlar markazi” nomli jamoasida ishtirok etib 2-o‘rinni va “Eng zukko jamoa” nominatsiyasi g‘olibligini qo‘lga kiritishdi va 2-darajali diplom bilan taqdirlanishdi. 

    2014 yil 6-yanvar kuni serjand kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish markazi psixologlar guruhi inspektor psixologi serjand A.Xusanovga kafedra katta o‘qituvchisi M.Zokirova talam jarayonini tashkil etish bo‘yicha uslubiy yordam berdi.

    2014 yil 9 yanvar kuni Marg‘ilon shahar 17 maktab direktori I.Maxmudova va o‘qituvchilari, Pedagogika fakulteti MATI bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.YUldashev xamda Psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.Isaqova, X.G‘anieva, A.Abdullaeva, F.Soliev, M.Rajabov, E.Mirzajonova, N.Usmanxodjaeva, N.To‘ychieva, N.Djuxonova, SH.Usmonovlar ishtirokida “Suitsidal xolatlarni oldini olish”, “O‘quv jarayoni bilan bog‘liq muammolar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

    2014 yil 8 yanvar kuni Farg‘ona mashinasozlik KHKda kafedra professor-o‘qituvchilari M.Zokirova, X.G‘anieva, N.Usmanxodjaevalar “Ta’lim jarayonida uchraydigan psixologik muammolar va ularning echimlari” mavzusidagi tadbirda o‘zlarining ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

    2014 yil 9 yanvar kuni kafedra professor-o‘qituvchilari M.Isaqova, A.Abdullaeva, U.Xomidova, L.Abduqodirovalar Marg‘ilon shahar 17 maktabda Bolalarda stress muammosini bartaraf qilishda ota onalarga seminar-trening o‘tkazishdi. 

      Psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.Zokirova, M.Rajabov, E.Mirzajonova, N.To‘ychieva va psixologiya yo‘nalishi 11.315-10.441(r) - guruh talabalari 2014 yil 17 yanvar kuni Farg‘ona shahar 86-sonli maxsus maktab-internatida «SHaxslararo munosabatlar va muloqot» mavzusida ijtimoiy-psixologik trening o‘tkazdilar.

    2014 yil 17 yanvar kuni kafedra professor-o‘qituvchilari M.Rajabov, A.Abdullaeva, SH.Usmonovlar Marg‘ilon Pedagogika KHK 3-kurs 193-guruh “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi talabalariga ochiq eshiklar kuni tashkillanib “Psixologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida suxbat o‘tkazdilar.

    Psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari E.Mirzajonova, N.Usmanxodjaeva, L.bduqodirova, N.Tuychieva va psixologiya yo‘nalishi 11.315-10.441(r) - guruh talabalari 2014 yil 24 yanvar kuni Farg‘ona shahar 86-sonli maxsus maktab-internatida «O‘quvchi shaxsining individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganish» mavzusida ijtimoiy-psixologik trening o‘tkazdilar.

         2014 yil 25 yanvar kuni kafedrada 1-kurs 113-114-guruh talabalarining ota-onalariga ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Pedagogika fakulteti dekani Q.Jabborov, MATI bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.YUldashev, Farg‘ona viloyat IIB axloqiy psixologik ta’minlash guruhi katta inspektor psixologi kapitan Eminov Abduraxim Xalimovich, kafedra mudiri M.Isaqova, guruh murabbiylari F.Soliev, M.Rajabov va kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. 

          2014 yil 27 yanvar kuni kafedra katta o‘qituvchisi M.Zokirova, X.G‘anieva va o‘qituvchi E.Mirzajonovalar FarDU qoshidagi 3-sonli akademik litsey psixologi  G.Po‘latovaning “Estetik tarbiya” mavzusidagi ochiq darsini tashkillashda metodik yordam ko‘rsatishdi va darsini tahlil qilishdi. 

    2014 yil 27 yanvar kuni kafedra katta o‘qituvchisi M.Zokirova, X.G‘anieva va o‘qituvchi E.Mirzajonovalar “Ommaviy madaniyat” mavzusida FarDU qoshidagi 3-sonli akademik litsey psixologi A.Mamasodiqov, psixologiya o‘qituvchisi G.Po‘latovalar bilan suhbat o‘tkazdilar.

    2014 yil 27 yanvar kuni kafedra katta o‘qituvchisi M.Zokirova Farg‘ona shahar imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan Respublika KHK psixologi N.G‘ulomova va Bag‘dod qishloq xo‘jalik KHK psixologi M.Mamajonovalarga “Emotsional zo‘riqishlarni diagnostika qilish va bartaraf etish” bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatdi. 

    2014 yil 12 fevral kuni kafedra mudiri M.Isaqova va yo‘nalish talabalari G.Umarova, X.Mashrabboeva, A.Xojimatovlar Oltiariq tumanidagi 25-maktabda Bolalarda stress muammosini bartaraf qilishda ota onalarga seminar-trening o‘tkazishdi. 

    2014 yil 14 fevral kuni kafedra mudiri M.Isaqova va yo‘nalish talabasi G.Umarovalar Farg‘ona viloyati Toshloq tumani 9-maktabda Bolalarda stress muammosini bartaraf qilishda ota onalarga seminar-trening o‘tkazishdi.

    2014 yil 14 fevral kuni FarDU qoshidagi 3-sonli akademik litseyda kafedra katta o‘qituvchisi X.G‘anieva, M.Zokirova, o‘qituvchi E.Mirzajonova va litsey psixologi G.Teshaboevalar ishtirokida “Ommaviy madaniyat” mavzusida ijtimoiy trening o‘tkazishdi. 

    2014 yil 19 fevral kuni kafedra professor-o‘ituvchilari (innovatsion guruh a’zolari) M.Isaqova, A.Abdullaeva, F.Soliev, M.Rajabov, N.To‘ychieva va yo‘nalishning 4-kurs 440-guruh talabalari M.Otanazarova, M.Akbarov, N.Soipova, A.Xayitboev, M.Madraximovlar Farg‘ona shahar 10-maktabda Nogiron bolalar otalari uchun seminar-trening o‘tkazishdi.

    2014 yil 21 fevral kuni kafedra professor-o‘ituvchilari (innovatsion guruh a’zolari) M.Isaqova, A.Abdullaeva va yo‘nalish talabalari M.Otanazarova, M.Akbarov, N.Soipova, A.Xayitboev, M.Madraximovlar Farg‘ona shahar 10-maktabda Nogiron bolalar onalari uchun seminar-trening o‘tkazishdi.

    2014 yil 21 fevral kuni kafedra professor-o‘ituvchilari M.Rajabov, F.Soliev va N.To‘ychievalar O‘zbekiston Respublikasi IIV SHTBIXga bevosita bo‘ysinuvchi Farg‘ona STQT va­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­ MO Markazida “Jinoyat ochishda, ma’lumot yig‘ishda, guvohlik yo ko‘rsatma berishda yolg‘on, qo‘rquv va aybdorlik xissini ayblovchi nutqini farqlash va aniqlash” mavzusida seminar-trening o‘tkazishdi.

    2014 yil 26 fevral kuni kafedra katta o‘qituvchilari M.Rajabov, F.Solievlar Farg‘ona shahar Pedagogika kolleji talabalariga Oliy o‘quv yurtlariga kirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazdilar.

    2014 yil 26 fevral kuni kafedra dotsenti K.Rahimova Universitet “Nilufar” studiyasida ma’naviyat bo‘limi bilan xamkorlikda talaba qizlarning tibbiyot shifokorlari A.Abdullaeva, G.Nazarovalar bilan uchrashuv tashkilladi.

    2014 yil 27 fevral kuni kafedra dotsenti K.Rahimova Viloyat hokimligi O‘zbekiston musulmonlari irodasi viloyat bo‘limi “Ma’naviyat” targ‘ibot markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Barkamol yosh avlodni tarbiyalashda ayollar, otinoyilarning o‘rni va roli masalalari” seminar-treningda “Oila: ayol-ona-farzand munosabatlari” mavzusida ma’ruza qildi.

    2014 yil 28 fevral kuni innovatsion guruh a’zolari: kafedra mudiri M.Isaqova va yo‘nalish talabalari M.Otanazarova, M.Akbarov, N.Soipova, A.Xayitboev, M.Madraximovlar Marg‘ilon shahar 10-maktabda Nogiron bolalar ota-onalari uchun seminar-treningning navbatdagi bosqichini o‘tkazdilar.

    2014 yil 28 fevral kuni kafedra dotsenti K.Rahimova fuqorolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Farg‘ona xududiy bo‘linmasining “Fuqorolik jamiyati rivojlanishining miqdor va sifat o‘zgarishlari: Farg‘ona viloyati misolida” hisobot konferensiyasida ishtirok etdi.

    2014 yil 11 mart kuni kafedra o‘qituvchisi L.Abduqodirova Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etdi.

    SHarqiy harbiy okrug harbiy prokuraturasi tomonidan 2014 yil 28 mart kuni soat 1000da Farg‘ona shahridagi 52788-sonli harbiy qismda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Vatan kelajagi sening qo‘liningda” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasida psixologiya kafedrasi mudiri M.Isaqova “Vatanga muhabbat, yoshlar va ahloqiy qadriyatlar” (tarix-madaniyat-kitobxonlik)” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.

    2014 yil 31 mart kuni kafedra dotsenti K.Rahimova, katta o‘qituvchi F.Soliev va yo‘nalish talabalaridan G.Umarova, M.To‘ychieva, A.Teshaboevlar Farg‘ona televideniyasining “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida “Ekstremistik oqimlarning yoshlar psixologiyasiga ta’siri” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdilar

    2014 yil 4 aprel kuni Psixologiya kafedrasi “Sog‘lom bola” yiliga bag‘ishlab psixologiya yo‘nalishi sobiq talabalari bilan “Ruhiy salomatlikdan barkamollik sari” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda turli psixologik bekatlarni universitet hududida tashkillandi 1 kurs “Quvnoq o‘yinlar” bekati. Ushbu bekattda turli psixologik enerjayzerlardan foydalanilgan holda  ko‘ngilochar o‘zinlarning o‘tkazilish joyi: Universitet sport maydonchasi, 2 kurslar “Muvafaqiyat kaliti” bekati muloqot tomonlari, omadga erishish yo‘llari aytiladi: Qabul  maydoni yonida, 3 kurslar “Intelekt bekati” «Xotira, tafakkur, diqqat jarayonlarini rivojlantirish va karrelatsiya qilish» Pedagogika fakul’teti yonida, 4-kurslar “ Kayfiyatni ko‘tarish bekati” ranglar yordamida shaxsning kayfiyati aniqlandi, ehtiyojlari o‘rganildi. Fizika-matematika fakultet oldida tashkillandi. 1330da “Nilufar” studiyasida  sobiq talabalar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi va yo‘nalishning talabalari tamonidan kayfiyatni ko‘taruvchi turli shou va savol- javoblar o‘tkazildi.

     

    PEDAGOGIKA KAFEDRASI
    Kafedra mudiri: O`rinova Nilufar Muhammadovna

             Farg‘ona davlat pedagogika instituti 1930 yilda tashkil topgan bo‘lib, shu bilan barobar pedagogika kafedrasi oliygox mohiyatiga mos keladigan kafedra sifatida ochildi. Kafedraning tashkilotchisi professor  S.V.Petrichenko hisoblanadi. Pedagogika kafedrasi Farg‘ona davlat instituti tarkibida birinchilar qatorida tashkil etilgan pedagogika  kafedrasiga 1930 yildan 1954 yilgacha professor Deynka S.R raxbarlik qilgan. Pedagogika kafedrasi a’zolari daslabki yillarda talabalarga pedagogik – psixologik bilimlar berib kelgan. Urush yillari va undan keyin to 1970 yillargacha kafedrada pedagogika fanlari nomzodlari A.D.Magazinnik, A.M.Muzaffarov, E.L.Dratva, T.Baratov va T.Yusufjonovlar 30 yildan ortiq faoliyat ko‘rsatganlar. Urushdan keyingi yillarda kafedra sifat jixatidan ancha yangilandi.

            Bugungi kunda Kafedrada pedagogika fanlari Universitetning barcha  (pedagogik va nopedagogik) yo’nalishlariga o’qitiladi, shuningdek, Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi yo’nashi bo’yicha bakalavriat va  5A110901–Pedagogika nazariyasi va tarixi magistratura mutaxassisligi bo’yicha magistratura faoliyat olib bormoqda.

                2016 – 2017 o‘quv yilida  kafedraning umumiy yuklamasi 15409,  soatni tashkil qiladi, 16 shtatda professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda . Kafedraning ilmiy saloxiyati 21 % tashkil qiladi. Ilmiy darajalilarning o‘rtacha yoshi 49 yoshga to‘g‘ri keladi (shulardan 3 ta dotsent, 1 ta fan nomzodi).   Bugungi kunda kafedraning 1 nafar katta o‘qituvchisi mustaqil tadqiqotchilik asosida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

     Ilmiy-tadqiqot faoliyatining umumiy tavsifi                                                                                 

                 Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatini ustuvor yo‘nalishlari:

    -                    Pedagogik loyihalashtirishning uslubiy asoslari.

    -                    Bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy ishlarga tayyorlashning ijtimoiy – pedagogik muammolari.

    -                    “Pedagogika fanini o‘qitish jarayoni samaradorligini oshirish yo‘llari”

    -                    Oilada bolalarni ijtimoiy xayotga yo‘naltirish pedagogik shart sharoitlari.

    Pedagogika kafedrasi 8 ta ta’lim muassasalari bilan xamkorlik shartnomalari asosida innovatsion korporativ xamkorlik olib bormoqda:

         -Marg‘ilon pedagogika kolleji;

        - Farg‘ona maishiy xizmat va pedagogika kolleji;

         - Farg‘ona pedagogika kolleji;

        -Yozyovon pedagogika kolleji;

         -Farg‘ona ijtimoiy iqtisodiyot kolleji;

        -O‘zbekiston Resspublikasi pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti ;

        - Quvasoy pedagogika va iqtisodiyot kolleji;

         -Farg‘ona san’at kolleji.

     Fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi (olingan natijalarni ishlab chiqarishga joriy etish) 2015-2016 o‘quv yilida  bir qator qo‘llanmalar chop etildi

    -Pedagogika ensiklopediya

    - CHizmachilik fanidan o‘quv qo‘llanma (CHizmalarni o‘qish va elektronnik sxemalar)

    - CHizmachilik fanidan o‘quv qo‘llanma (Texnikaviy chizmachilik va elektron sxemalarni o‘qish)

    - CHizmachilik fanidan o‘quv qo‘llanma (Texnikaviy chizmachilik)

                     Innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar borasida bajarilayotgan ishlar

    -                    Kasb-hunar kollejlarida pedagogika fanlarini o‘qitish jarayonini loyihalashtirish (o‘quv-uslubiy majmualarni takomillashtirish, kollej o‘qituvchilar uchun treninglar o‘tkazish );

    -                    Bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy ishlarga tayyorlashning ijtimoiy – pedagogik muammolari (kollejlar ma’naviy ishlar rejalarini takomillashtirish).

    -                    Pedagogika fanini o‘qitish jarayoni samaradorligini oshirish yo‘llari (kollejda olib boriladigan pedagogika fani amaliy mashg‘ulotlari uchun  ishlanmalar yaratish).

    -                    Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarida zararli odatlarga qarshi immunitetni shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari (murabbiylar uchun ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilmoqda).

    -                    Pedagogika fani bo‘yicha Keys-stadilar yaratish (Kollej o‘qituvchilari uchun o‘quv uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilmoqda )

                Iqtidorli talabalar erishgan yutuqlar

                 Kafedrada faoliyat olib  borayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan 15 ta iqtidorli talabaga rahbarlik qilinmoqda. Ulardan TS MG yo‘nalishi 4 bosqich talabasi I.Raxmatova 2016 yil Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi va TS MG yo‘nalishi 1 bosqich talabasi M.Qurbonova Zulfiya mukofoti tanlovida viloyat bosqichida ishtirok etdi va respublika miqyosida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.  Kafedrada iqtidorli talabalar ham innovatsion guruhlar tarkibiga kiritilgan. Iqtidorli talabalar uchun kafedra qoshida “YOsh pedagog”, “CHizmachilik” “Grafika” to‘garagi faoliyat olib bormoqda. Unda talabalar pedagogika va chizmachilik fanlaridan bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish bilan birgalikda pedagogik ilmiy tadqiqot haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.

                Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

     Talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maqsadli o‘tkazish uchun 2-TTJ da pedagogika kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan turli hil mavzularda tadbir, debat va suhbatlar o‘tkazilmoqda, jumladan: 

    1. “Talabalar turar joyida sog‘lom turmush tarzini tashkil etishning ahamiyati”
    2. “Mustaqil ta’limni optimallashtirish yo‘llari”.
    3.  “Zamonaviy oilalarda axloqiy muammolar”.
    4.  “Giyoxvandlik, jinoyatchilik va diniy ekstremizm g‘oyalarini barkamol avlod tarbiyasiga ta’siri”.
    5. “Pedagogik ijod”.
    6. “SHaxsiy gigiena”.
    7. “Konstitutsiya-qonunimiz”.
    8. “Zararli odatlarni inson salomatligiga ta’siri”.
    9. “Ommaviy madaniyatni yoshlar ongiga ta’siri”.
    10. “Xalq pedagogikasi namunalaridan foydalanib talabalarda milliy ma’naviyatni shakllantirish”.
    11.  “Tarbiyada ommaviy axborot vositalarini o‘rni”.
    12. “Buyuk mutafakkir, mutoz adabiyot namoyondasi, ulug‘ shoir A.Navoiyning 573 yilligi ”.
    13.  “YOtoqxonada yashash odobi xaqida”.
    14.  “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturining mohiyati va mazmuni”.
    15. Ijtimoiy pedagogika mutaxassisligi 1-2 bosqich magistrantlari bilan magistratura bo‘limi 2-auditoriyada “Diniy ekstremiz, giyoxvandlik va jinoyatchilikni barkamol avlod tarbiyasiga tahdidi” mavzularida suhbatlar o‘tkazildi.
    16. “Talabalarda fuqarolik madaniyatini rivojlantirishda Konstitutsiyaning o‘rni” mavzusidagi kafedra kuni. 
    17.  “Mobil telefon va internetdan to‘g‘ri foydalanish yo‘llari” fakultet “Nilufar” talabalar studiyasida o‘tkazilgan tadbir.
    18.  “1-dekabr butunjaxon OITSga qarshi kun” universitei katta majlislar zalida o‘tkazilgan tadbir. 

  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016