Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Universitetda “Farg’ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda” nomli an’anaviy IV Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi bo’lib o’tdi || 16 may 2017 yil kuni Farg’ona davlat universiteti Psixologiya kafedrasi o’qituvchilari F.Soliev, M.Yuldasheva va SH.Omonovlar tomonidan Farg’ona shahar Huquqshunoslik kollejida “Yoshlar tarbiyasi – porloq kelajak mevasi" || Oila muqaddasdir || 2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida || “Talaba bahori - 2017” yoshlar festivali || RESPUBLIKA ОLIMPIАDА 2017 YAKUNLАRI

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 14
  • Arizalar: 9
  • Shikoyatlar: 2
  • Takliflar: 3
Ko`rib chiqilganlar: 14
Yo`naltirilganlar: 1
Ko`rilmoqda: 0

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • Biz haqimizda Fakultetlar

    Tabiiy fanlar fakulteti

    Fakultet dekani: Mamajonov Shuxratjon Asqarovich
    1971 yil 17-yanvarda Farg`оna vilоyati, Qo’shtepa tumanida tug`ilgan.
    Pedagogika fanlari nоmzоdi. 
    Ish telefоni: (+99873) 244-47-01
    E-mail: tabiiyot@fdu.uz

     

    Dekan o`rinbоsari: Asqarov Kamoliddin Abdug’aniyevich

    1985 yil 21-sentabrda Farg`оna vilоyati, Quva tumanida tug`ilgan.

     

    Ish telefоni: (+99873) 244-47-01.

    E-mail: tabiiyot@fdu.uz


    Dekan o`rinbоsari: Najmetdinov Eldorjon Xalilovich

    1986 yil 8-fevralda Farg`оna vilоyati, Beshariq tumanida tug`ilgan.

    Ish telefоni: (+99873) 244-47-01.

    E-mail: tabiiyot@fdu.uz

     

    Dekan o`rinbоsari: Abduvaliyev Hayitboy Abdug`aniyevich

    1984 yil 5-sentyabrda Farg`оna vilоyati O`zbekiston tumanida tug`ilgan.

    Ish telefоni: (+99873) 244-47-01.

    E-mail: h.abduvaliyev@mail.ru

     

    Fakultet manzili: 150100, Farg`ona shahri,
    B.Marg`iloniy ko’chasi, 40-uy.
    Telefоn: (+99873) 244-47-01.
    E-mail: tabiiyot@fdu.uz

    FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT

    Tabiiy fanlar fakulteti universitetning dastlabki fakultetlaridan biri bo’lib, u 1930 yilda tashkil topgan. Fakultetda shu kunga qadar xalq xo’jaligi uchun minglab biolog, kimyogar, geograf, ekolog, agrokimyogar va agrotuproqshunos mutaxassislar, hamda umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun oliy ma’lumotli o’qituvchilar tayyorlandi. Bu yillar davomida fakultetda O’zbekiston FA akademiklari A.Muzaffarov, K.Z.Zokirov va A.M.Muhammadiev kabi yetuk olimlar faoliyat ko’rsatib yoshlarga ta’lim-tarbiya berganlar. 
    Akademik b.f.d., prоfessоr A.M.Muhammadiev, prоfessоr M.Qоdirоva, b.f.d., prоfessоr A.A.Muhammadiev, b.f.d., prоfessоr M.H.Ahmedоv, b.f.d., prоfessоr A.M.Mahmedоv, prоfessоr A.Qоdirоv, b.f.d., prоfessоr A.Mahsudоv, g.f.d. Yu.Ahmadalievlar fakultetning talabalari hisоblanadilar.
    Fakultetda yetuk olimlar, fan doktorlari, professorlar uzoq yillar davomida yosh avlodni tarbiyalashda, yetuk mutaxassislar etishtirishda o’zlarining samarali mehnati bilan sitqidildan xizmat qilganlar. Jumladan, professorlar-S.S.Sahobiddinov, Y.Parpiev, S.Mahsudov, A.Mahsudov, A.Leonov, S.B.Averensov va boshqalar.
    Fakultetda o’quv jarayonini takоmillashtirish, talabalarni yetuk mutaxassis bo’lib tayyorlashda sidqidildan mehnat qilgan, dekanlar- X.Saydaliev (1958-1963), M.G’оyipоv (1963-1968), N.To’ychiev (1968-1974), A.A.Muhammadiev (1974-1975), A.M.Mamajоnоv (1975-1976), X.Xikmatоv (1977-1986), Yu.Sultоnоv (1986-1987), T.Xudоyberdiev (1988-1991), О.Umarоv (1991-1997), G’.Yuldashev (1997-1998), M.H.Ahmedоv (1998-2000), V.Mahmudоv (2001-2005), V.Karimоv (2005-2012), I.Zokirov (2012-2014), 2014 yildan buyon Sh.Mamajonov fakultetni bоshqarib kelmоqda. Fakultetda 84 dan оrtiq prоfessоr-o’qituvchilar va 26 ta labоrant texnik xоdimlar faоliyat ko’rsatishadi.

    Fakultetda 6 ta bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha: 

    5110400-biоlоgiya o`qitish metodikasi;

    5110300-kimyo o`qitish metodikasi;

    5140600-geоgrafiya;

    5630100-ekоlоgiya va atrof-muhit muhofazasi;

    5141000-tuprоqshunоslik;

    5111000-kasb ta’limi (agronomiya) yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi. 

    KAFERDALAR:

    EKOLOGIYA KAFEDRASI

    Kafedra mudiri: Davidov Maxmud Adhamovich

    Bioligiya fanlari nomzodi, dotsent.

    Ish telefоni: (+99873) 244-47-01

    E-mail: tabiiyot@fdu.uz

     

    KIMYO KAFEDRASI

    Kafedra mudiri: Ibragimov Alijon Aminovich
    1949 yilda Farg`ona vilоyati tug`ilgan.
    Kimyo fanlari doktori, professor.

    E-mail: tabiiyot@fdu.uz

     

    TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRASI

    Kafedra mudiri: Xoldorov Davronbek Madaminovich
    1974 yil 19 yanvarda Bog`dod tumanida tug‘ilgan.
    Biоlоgiya fanlari nоmzоdi, dotsent
    Ish telefоni: (+99873) 244-47-01.
    E-mail: davronbek xoldorov@yandex.ru

      

    GEOGRAFIYA KAFEDRASI

    Kafedra mudiri: Abdug’aniyev Оlimjоn Isomiddinovich
    1976 yil 10-iyulda Farg’оna vilоyati Rishton tumanida tug`ilgan.
    Geografiya fanlari nоmzоdi.

    Ish telefоni: (+99873) 244-47-01.

    E-mail: geografiya@mail.ru

     

    BIOLOGIYA KAFEDRASI

    Kafedra mudiri: Shеrmаtоv Mаlikjоn Rаhmаtjоnоvich

    1978 yil 19-iyuldа Nаmаngаn vilоyati Mingbulоq tumаnidа tug’ilgаn.

    Biоlоgiya fanlari nоmzоdi.

    Ish telefоni: (+99873) 244-47-01

    E-mail: mshr78@mail.ru


    EKOLOGIYA KAFEDRASI

    Kafedra mudiri: Davidov Maxmud Adhamovich

    Farg‘оna davlat universiteti Ilmiy kengashining 2009 yil 28-sentyabrdagi 2-yig‘ilishi qarоri bilan tabiiyot fakulteti tarkibidagi ekоlоgiya va bоtanika kafedralari negizida Umumiy ekоlоgiya va bоtanika kafedrasi tashkillandi. Kafedra mudirligiga biоlоgiya fanlari dоktоri, prоfessоr G’.Xamidоv tayinlandi. 
    2011 yil dekabrdan  boshlab biologiya fanlari nomzodi M.A.Davidov kafedra mudiri etib tayinlandi.
    Kafedra tarkibida 1 nafar prоfessоr, 6 nafar dоtsent, 3 nafar katta o‘qituvchi, 8 nafar o‘qituvchi faоliyat ko‘rsatmоqda.
    Farg‘ona davlat universitetining  barcha fakultetlariga ekologiya fanini o‘qitilishini ta`minlaydi,  bundan tashqari  tabiiy fanlar fakultetida  kafedraning professor-o‘qituvchilari 17 xil fanlardan ma`ruzalar o‘qimoqdalar.
    2011 yilda kafedrada axborot texnologiyalar xonasi tashkil etilgan bo‘lib, unda zamonaviy pedogogik  va axborot texnologiyalaridan foydalanib  yuqori  saviyadagi darslar  o‘tiladi.
    Kafedra ta`sarufida O‘simliklar fiziologiyasi va Ekologiya fanlari uchun o‘quv ilmiy laboratoriya, kafedra qoshida issiqxona tashil qilingan bo‘lib turli ekologik guruhga mansub  o‘simliklar o‘stiriladi  hamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishi uchun o‘uv ilmiy laboratoriya tashkillangan, shuningdek, 3000 dan ortiq Farg‘ona vodiysida tarqalgan o‘simliklar namunasi saqlanadigan ilmiy gerbariy tashkil qilingan.
    2012 yilda kafedrada Respublika miqiyosidagi “Mintaqamizdagi ekologik muammolar va ularning yechimi”  mavidagi  ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi va materiallari asosida to‘plam chop etildi.
    2010-2011 yillar uchun vilоyat tabiatni muhоfaza qilish qo’mitasi bilan “Farg‘оna vilоyatining dоrivоr o‘simliklarni biоekоlоgik xоssalarni o‘rganish, ulardan samarali fоydalanish va muhоfaza qilish” mavzusida xo‘jalik shartnоma tuzildi (rahbari b.f.d., prоfessоr G‘.Xamidоv).
    Kafedra qoshida “Botanika va ekologiyaning muammolari”ga  bag‘ishlangan  ilmiy seminar (dotsent M.Nazarov, katta o‘ituvchi Sh.Xolmatova) doimiy faoliyat olib boradi.
    Kafedraning ilmiy tadqiqot faoliyatining ustivor yonalishlari: Viloyat hududida va xalq tabobatida qo‘llaniladigan o‘simliklar va ulardan samarali foydalanish, Unumdorligi past, o‘rtacha va yuqori bo‘lgan bo‘z tuproqlarning biogeosenoziga dukkakli ekinlarning ta`siri,  G‘o‘za turli navlarining etishtirish muhitiga ko‘ra fenotipik o‘zgarishlar darajasi, Farg‘ona vodiysining O‘zbekiston qismida tarqalgan ga‘lladoshlar oilasining istiqbolli em-hashak o‘simliklari, Botanikadan kuzatish va tajriba qo‘yish tajribalarini shakllantirish bo‘lib, bu yonalishlarda  8 ta doktorlik  ilmiy tadqiqot  ishlari ustida izlanishlar olib borimoqda.

     

    KIMYO KAFEDRASI

    Kafedra mudiri: Ibragimov Alijon Aminovich

    Kimyo yo`nalishi dastlab 1931 yildan boshlab tabiyotshunoslik kafedrasi tarkibida o`z faoliyatini boshlagan. 1934 yilda kimyo kafedrasi tashkil etilib, 1936 yilgacha unga professor A.N.Polonskiy rahbarlik qildi. Uning tashabbusi bilan kimyo laboratoriya xonalari jihozlandi, suv o`tkazildi, benzinli generator bilan ishlaydigan gaz gorelkalari ishga tushirildi, laboratoriyalar kerakli jixoz va materiallar, asboblar, reaktivlar bilan ta`minlandi. 
    Kafedraning shakllanishida dotsent Kudrevatov A.K., professor Polonskiy A.N., dotsent Parmenov K. L., Kuropatnikov V.Ya. lar faoliyat ko`rsatganlar. 1950 yillardan boshlab kafedrada ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga aloxida e`tibor berila boshlandi. Buning uchun 2 va 3 kurs talabalari ichidan bilimli, ist`edodli talabalar tanlab olinib, ular bilan maxsus dastur bo`yicha qo`shimcha mashg`ulotlar o`tkazilib markaziy oliy o`quv yurtlariga, ilmiy tekshirish institutlariga, aspiranturalarga yo`llanmalar berildi.
    Masalan, Abdumannob Qurbonov (1931-85) Moskvada taniqli kimyogar olim O.Ye.Zvyagintsev rahbarligida 1962 yili, 1963 yili Abdumalik Mamajonov (1930-1996) FA ning muhbir a`zosi Yu.V. Xodakov rahbarligida, Yu.Mamatov (1932-1980) FA ning akademigi A.A.Balandin rahbarligida Abdusattor Azimov (1923-1975) va boshqa bir qator olimlar Moskvada nomzodlik dissertatsiyasini yoqladilar. Ular o`zbek olimlari orasida kafedraning ilmiy darajali «Birinchi qaldirg` ochlari» bo` ldilar. 
    Farg`ona Davlat Pedagogika institutini bitiruvchilari: 1959 yili Jamol Abdullaev, 1961 yili Maxmud Xolmatov va To`lan Mirzaqosimov, 1962 yili To`lqinoy Xoldarova, 1963 yili Sotivoldi Teshaboev, 1964 yili Smora Shomaxmudova (ToshDU tamomlagan), Nodir Ismoilov va Ne`mat Muxammadaliev (1936-1988) kafedraga a`zo bo`lib keldilar. Bular orasida 1976-1979 yilarda kafedra mudiri, 1979-1986 yillar tabiiyot-geografiya fakulteti dekani bo`lib ishlagan Xakimjon Xikmatov (1939-1986 y) ham bor edi. 1991 yili Farg’ona davlat Universiteti tashkillanishi munosabati bilan tabiiyot-geografiya fakulteti negizida kimyo fakulteti tashkil etildi. 1991-1993 yillari fakultetga professor A. Ibragimov, 1993-1997 yillari dotsent I.Ismoilov dekanlik qildilar.
    Kimyo kafedrasi FarDU rektorining 2004 yil 10 noyabrdagi buyrug`i bilan oldin faoliyat ko`rsatgan 3 ta kafedra negizida tashkil etilgan. 2001-2007 yillar kimyo yo`nalishida Noorganik kimyo mutaxassisligi bo`yicha magistratura faoliyat ko`rsatdi. 2006 yildan buyon organik kimyo mutaxassisligi bo`yicha magistrlar tayyorlash yo`lga qo`yilgan. 
    2004-2009 yillari Ibragimov A. kafedra mudiri bo’lib ishlagan. 2009-2011 yillarui dotsent I. Ismoilov kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 2016 yil 15 oktyabrdan kimyo kafedrasiga Kafedra professori Ibragimov Alijon Aminovich raxbarlik qilmoqda. Bugungi kunda kafedra tarkibida 1 professor, 10 nafar dotsent, 3 ta katta o‘qituvchi, 11 ta o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra a’zolari 4 ta asosiy ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqot olib bormoqdalar. 8 ta guruh talabalari ta’lim olishmoqda. 

     

     

    TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRASI

    Kafedra mudiri: Xoldarov Davronbek Madaminovich

    Kafedra 1994 yil 10 oktyabrda tashkil etilgan. Kafedrada hozirgi kunda 1 nafar fan doktori, professor, 4 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 1 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchi; 4 nafar o‘qituvchi ilmiy-pedagogik faoliyat ko‘rsatmoqda. 
    2006, 2007, 2009, 2010 yillari kafedra a’zolaridan 4 nafariga fan nomzodi ilmiy darajasi 2011 yilda bitta professor hamda 2012 yilda 1 ta dotsent ilmiy unvonlari berildi. So‘nggi yillarda hamkorlikda va yakka mualliflikda 3 ta darslik “Tuproq kimyosi”, “Tuproq muhofazasi”, “Meliorativ tuproqshunoslik”, 4 ta o‘quv qo‘llanma “Tuproq melioratsiyasi”, “Tuproq biogeokimyosi”, “Tuproq kimyosi” (krill), “Tuproq kimyosi” (lotin), 5 ta monografiya, 4 ta o‘quv-metodik qo‘llanma yaratildi. 
    Kafedrada 1998 yildan 2008 yilgacha “Farg‘ona viloyati sug‘oriladigan tuproqlarni shakllanishining genetik-geografik qonuniyatlari, diagnostikasi va Yer fondi” Davlat va Fan texnologiyalar Markazi granti asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Bundan tashqari hozirgi kunda 3 ta loyiha rasmiylashtirilib, kerakli tashkilotlarga topshirildi. Oxirgi yillarda 1 nafar Prezident stipendiati, yo‘nalish talabalaridan 4 nafari Davlat stipendiyasi sovrindori, 1 nafari DAEWOO kompaniyasi mukofotiga sazovor bo‘ldilar. 

    Kafedra a’zolari “Farg‘ona viloyati sug‘oriladigan tuproqlari shakllanishining genetik-geografik qonuniyatlarini o‘rganish, Yer fondi va diagnostikasi” nomli mavzuda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda, bundan tashqari “Farg‘ona vodiysi sug‘oriladigan tuproqlari unumdorligini oshirish va saqlash” mavzusida tadqiqotlarni davom ettirmoqdalar. 
    Kafedra professor-o‘qituvchilari chet ellardagi turli oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy anjumanlarida o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda kafedra professori TEMPUS xalqaro dasturida ishtirok etmoqda. 

    Kafedrada bakalavriatning quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. 5141000-tuproqshunoslik, 5111000-kasb ta’limi: agronomiya.

     

    GEOGRAFIYA KAFEDRASI 
    Kafedra mudiri: Abdug’aniyev Оlimjоn

    Professor N.I.Leonov tashabbusi bilan 1935-yilda geografiya kafedrasi, 1936 yilda esa geografiya fakulteti tashkil qilindi. Dastlabki yillarda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va o‘quv-tarbiyaviy sohalarning moddiy texnika bazasini yaxshilashga hamda milliy kadrlar tayoyrlashga e’tibor qaratildi. Geografiya kafedrasida uzoq yillar mehnat qilgan professor-o‘qituvchilar N.I.Leonov, A.V.Darinskiy, V.V.Golovin, L.R.Sodiqov, T.Boltaboev, S.Z.Gubaev, N.A.Bemlarning geografiya fanini o‘qitish va rivojlantirishdagi xizmatlari respublika miqqiyosida yuqori baholgan hamda e’tirof etilgan bo‘lib, yuqori malakali mutaxassis kadrlar etishtirish an’anaga aylandi.

    Bu davrda kafedrada N.I.Leonov (kafedra mudiri), T.J.Boltaboev, A.V.Darinskiy, N.V.Nazararevskiy, N.A.Bem, V.V.Golovin, S.Z.Gubaev, L.R.Sodiqov va laborant I.G.CHervenskiylar ishlashgan. Bular orasida N.I.Leonov va A.V.Dorinskiylar fan nomzodlari ilmiy darajasiga ega bo‘lishgan. SHuningdek, geografiya yo‘nalishi bitiruvchilari A.K.Nurullina, M.Abdullaev va M.YUsupovlar hisobiga professor-o‘qituvchilarning tarkibi kengaydi.

    Kafedraga N.I.Leonov (1956-1957), T.J.Boltaboev (1957-1960), M.YUsupov (1960-1964), M.Valixonov (1964-1975)lar mudirlik qilishgan. SHuningdek, kafedrada X.Hakimov, M.Jo‘raboev, YU.Sultonov, M.Abdullaev, I.A.Abdug‘aniev, R.Usmonov, A.Jalilov, YA.Eshpo‘latov, K.Ergashev, M.Ahmadaliev, X.Rasulov, X.Ismoilov, G.Rahimova, H.Nishonboeva, S.B.Agzamov, A.G.Abramova, M.A.Rosmanyuk,  D.Qurbonovlar ham faoliyat yurita boshlaganlar. Kafedra professor-o‘qituvchilaridan M.YUnusov (1958), M.Valixonov (1963), YU.Sultonov (1965), M.Abdullaev (1966), M.Jo‘raboev (1969), R.Saidova (1973), I.A.Abdug‘aniev (1976), A.Jalilov (1978), YU.Rahmatov (1982), U.Obidov (1989), F.Obidov (1990)lar Moskva va Lelingrad shaharlarida nomzodlik dissertatsiyalarini muvafaqqiyatli yoqlaganlar.

    Tabiiy muhitni muhofaza qilish, geosistemalarni optimallashtirish bo‘yicha kafedrada YU.Sultonov, I.Abdug‘aniev, M.Abdullaev, A.Maqsudov, YU.Rahmatov va YU.Ahmadalievlar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari eng dolzarb muammolarga qaratilgan. Tadqiqot natijalari Farg‘ona vodiysidagi geoekologik muammolarni echimini topish va ularni optimallashtirishda hozirgi kunda ham asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

    Kafedraga YU.Sultonov (1975-1985), R.Usmonov (1985-1990) va I.Abdug‘aniev (1990-1995)lar rahbarlik qilgan davrlarda U.Obidov, YU.Rahmatov, F.Obidov, B.Mustafoqulov, S.B.Agzamov, YU.Ahmadaliev, A.Hamidov, A.Qayumovlar hisobiga kafedra tarkibi va salohiyati yangilandi. YU.Ahmadaliev 1993 yilda Sang-Peterburg universitetining ilmiy Kengashida o‘zining nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.

    Geografiya kafedrasi 1991 yildan so‘ng ya’ni, mustaqillik davri kafedra tarixida muhim burilish bosqichi bo‘ldi. I.Abdug‘aniev 1991-1998 yillarda kafedrani boshqargan davrda Farg‘ona davlat universiteti Farg‘ona vodiysida geografiya fanining asosiy markaziga aylandi. I.Abdug‘anievning tashabbusi bilan kafedraga etuk olimlar jalb qilingan. Ular jumlasiga Namangan Davlat universitetidan taklif qilingan biologiya fanlari  doktori, professor A.Maqsudov, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor G‘.YUldashev, geografiya fanlari nomzodi, dotsent R.Xoliqov, Andijon Davlat universitetidan  geografiya fanlari nomzodi, dotsent M.YUsupovlarni kiritish mumkin. I.Abdug‘aniev rahbarligida 1991-1993 yillarda geografiya kafedrasi 3 ga tabiiy geografiya, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hamda regional tabiiy geografiya va tabiatni muhofaza qilish kafedralariga bo‘linib faoliyat olib bordi.

    Kafedralar 2004 yilda qayta birlashib geografiya kafedrasi tashkil etildi. Geografiya kafedrasini R.Xoliqov (2004-2007), YU.Ahmadaliev (2007-2008), 2008 yildan boshlab esa, O.Abdug‘aniev kafedrani boshqarib kelmoqda. Kafedra jamoasi va ko‘plab o‘qituvchilar uchun faxrga aylangan ustozlar YU.Sultonov, I.Abdug‘aniev, M.Abdullaev, M.Jo‘raboev, A.Maqsudov, R.Saidova, R.Usmonov, YA.Eshpo‘latov, A.Jalilov va M.YUsupovlarning geografiya kafedrasi jamoasining shakllanishida xizmatlari beqiyosdir. Kafedrada xozirgi kunda g.f.d., YU.Ahmadaliev, g.f.n., dotsent U.Obidov, g.f.n., dotsent R.Xoliqov, g.f.n., dotsent O.Abdug‘aniev, g.f.n. R.Pirnazarov, o‘qituvchilar P.Otaqulov, H.Jo‘raboeva, M.Dehqonboeva, N.Komilova, D.Abdurahmonov, H.Abduvaliev, E.Mahkamov va Z.Madaminovlar faoliyat olib bormoqdalar.

     

    BIOLOGIYA KAFEDRASI

    Kafedra mudiri: Shermatov Malikjon Rahmatjonovich

    Biоlоgiya kafedrasining tashkillanishi bevоsita Farg’оna pedagоgika institutining оchilishi (1930y.) bilan bоg’liq. Dastlab u biоlоgiya kafedrasi nоmi bilan tashkil qilinib, keyinchalik (1935 yildan bоshlab) zооlоgiya kafedrasi deb yuritildi. Kafedraning asоschisi – taniqli оlim prоfessоr V.I.Zavadskiydir. 1931 yildan kafedraga prоfessоr Sergey Vasilevich Averinsev rahbarlik qilgan.

    Kafedraning yarim asrdan оrtiq tarixiy yo‘li O‘zbekistоn Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zоsi, o‘zbekistоnda xizmat ko‘rsatgan fan arbоbi, biоlоgiya fanlari dоktоri, akademik Avliyoxоn Muhammadievning nоmi bilan bоg’liq. Uning O‘rta Оsiyo suv havzalarining tipоlоgiyasi, qisqichbaqasimоnlarning ekоlоgiyasi, sistematikasi va zооgeоgrafiyasiga оid ma’lumоtlari katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Gidrоbiоlоgiyaga оid tadqiqоtlari esa bevоsita O‘rta Оsiyo sharоitida baliqchilikning rivоjlanishiga sezilarli ta`sir etdi.

    Atоqli оlimning butun ilmiy-pedagоgik va jamоatchilik faоliyati kafedrani yetuk malakali kadrlar bilan ta’minlash, uning mоddiy-texnika bazasini mustahkamlashga qaratilgan edi. Ayni institutni birinchi bitiruvchilari qatоrida 1934 yilda tamоmlagandan so‘ng, A.M.Muhammadiev kimyo kafedrasi o‘qituvchisi sifatida ilmiy-pedagоgik faоliyatini bоshlaydi. 1935 yilda u kafedra mudiri, prоfessоr S.V.Averinsev taklifi bilan zооlоgiya kafedrasiga ishga o‘tdi. A.M.Muhammadiev 1940 yilda kafedra mudiri etib tayinlandi va uni 1979 yilga qadar bоshqarib keldi.1979-1989, 1999-2000 yillar davоmida zооlоgiya kafedrasi mudiri sifatida biоlоgiya fanlari dоktоri, professor A.A.Muhammadiev, 1989-1999 yillarda biоlоgiya fanlari dоktоri, professor M.H.Ahmedоv, 2000-2005 yillarda biоlоgiya fanlari nоmzоdi, dоtsent О.Umarоv faоliyat ko‘rsatdi. 2005-2011 yildarda kafedrani biоlоgiya fanlari nоmzоdi, dоtsent M.Yunusоv bоshqardi, 2011 yildan biоlоgiya fanlari nоmzоdi, dоtsent M.Shermatov boshqarib kelmoqda.

    Hоzirda kafedrada 11 nafar fan nоmzоdi, dоtsentlar, 2 nafar fan nomzodi katta о’qituvchilar, 21 nafar о’qituvchilar faоliyat оlib bоrmоqda.

    Kafedrada 5A140101 “Biologiya” mutaxassisligi bo’yicha magistratura faоliyati yo’lga qo’yilgan.

    2015 yilda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta o‘quv-uslubiy ko‘rsatma, 1 ta o‘quv qo‘llanma chop etildi, xalqaro ilmiy jurnallarda 8 ta maqola, xalqaro ilmiy konferensiyalarda 14 ta maqola, respublikaning nufuzli jurnallarida 7 ta ilmiy maqola, respublika miqyosidagi konferensiyalarda 106 ta tezislar chop ettirildi. Shuningdek, kafedra tadqiqotchisi Sultonov Davronjon Sharibjonovich yosh olimlar va talabalarning “XXI asr – intellektual avlod asri” mavzusida o‘tkazilgan xududiy konferensiyasida o‘zining ilmiy tadqiqot ishi bilan qatnashib yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va mazkur tanlovning Respublika bosqichida ham munosib ishtirok etdi. Joriy yil davomida kafedraning iqtidorli talaba-magistrantlari tomonidan 1 ta o‘quv-uslubiy ko‘rsatma chop etildi, 30 ga yaqin ilmiy va ommabop materiallar hamda tezislar e’lon qilindi. 2014-2015 o’quv yilida biologiya yo’nalishi talabasi M.Muqimov biologiya fanidan o’tkazilgan respublika olimpiadasida 1-o’rinni qo’lga kiritdi.

    Kafedra olimlari tomonidan bajarilgan hamda xozirda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari asosida 20 dan ortiq ilmiy ishlanmalar yaratilgan bo‘lib, ularni tegishli soxalar amaliyotiga joriy etish bo‘yicha muntazam takliflar berib boriladi. Bu borada olimlarning “Innovatsion g‘oyalar va loyihalar Respublika tanlovida” gi ishtiroki muxim o‘rin egallaydi. Kafedra olimlaridan b.f.n. M.Nazarov rahbarligidagi Farg‘ona vodiysi sharoitida forel (xonbaliq) balig‘ini mini-hovuzlarda yetishtirish” mavzusidagi innovatsion ishlanma viloyatdagi baliqchilik xo’jaliklariga shartnoma asosida amaliyotga tadbiq etildi.

  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016