Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori РhD.27.06.2017.К.05.01- raqamli ilmiy kengashning 1-yig‘ilishi o‘tkazildi. || Ilmiy daraja beruvchi PhD.27.06.2016.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash ochildi || Фарғона давлат униерситетида 2017/2018-ўқув йили қабулини ташкил этиш бўйича МАЪЛУМОТ || Farg’ona davlat universitetida professor-o’qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarining nashr ettirilish holati. || O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi to’g’risida || Ilmiy kengash faoliyati to’g’risida

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 26
  • Arizalar: 18
  • Shikoyatlar: 3
  • Takliflar: 5
Ko`rib chiqilganlar: 26
Yo`naltirilganlar: 7
Ko`rilmoqda: 0

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • Biz haqimizda Universitet faoliyati

    Ilmiy-tadqiqot faoliyati

    Ilmiy-tadqiqot faoliyati

    Ilmiy va ilmiy-pedagоgik kadrlar tayyorlash bo`limi haqida ma`lumоt

    O’zbekiston Xalq Komissarlari Sovetining 1930 yil 1 maydagi qarori bilan Farg’onada oliy pedagogika instituti tashkil topishi Farg’ona vodiysida nafaqat ma’orif, madaniyat, balki ilm-fanning rivojlanishida ham muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

    Shu davrdan, ya’ni 1930 yildan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va rivojlantirish uchun “Ilmiy tadqiqot bo’limi” faoliyati yo’lga qo’yildi. 2008 yilda bo’lim nomi “Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi” tarzida o’zgartirildi.

    Bo’lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida universitetda fan doktorlari va fan nomzodlarini tayyorlash borasida ma’lum yutuqlarga erishildi. Jumladan, mustaqilllik yillarida 28 ta doktorlik va 125 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

    Bo’limning faoliyat yo’nalishlariga quyidagilar kiradi:

    • professor-o’qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish;
    • kafedra va ilmiy laboratoriyalarda tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot ishlar ko’lamini kengaytirish;
    • katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutini ochish bo’yicha takliflar tayyorlash va vazirlikka taqdim etish;
    • katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga kirish imtihonlarini, ularning faoliyatlarini tashkil etish va nazorat qilish;
    • universitetda faoliyat olib borayotgan fan doktorlari tomonidan taklif etilayotgan doktorlik dissertatsiyasi mavzularini umumlashtirish, monitoringini yo’lga qo’yish hamda vazirlikka taqdim etish;
    • professor-o’qituvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchi, tadqiqotchi, magistrant hamda talabalarni turli dasturlar doirasidagi tanlovlarda ilmiy va ilmiy-texnik loyihalar bilan ishtirok etishlarini tashkillash;
    • davlat granti va xo’jalik shartnomasi asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli olib borilishini nazorat qilish hamda natijalarni respublika iqtisodiyotining real sohalariga tatbiq qilinishiga ko’maklashish;
    • xalqaro, respublika, vazirlik va universitet miqyosda ilmiy, ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazishni tashkillash hamda muvofiqlashtirish;
    • universitet professor-o’qituvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchi, tadqiqotchi, magistrant va talabalarni muntazam o’tkazib kelinayotgan Innovatsion g’oyalar, loyihalar va texnologiyalar Respublika yarmarkalarida ilmiy-texnik ishlanmalar bilan faol ishtirok etishlarini ta’minlash;
    • pedagog kadrlarni malaka oshirish va qayta tayyorlovdan o’tishlarini muvofiqlashtirish;
    • talabalar respublika fan olimpiadalariga iqtidorli talabalarni tayyorlash jarayonlarini tashkillash va faol ishtirok etishlarini muvofiqlashtirish;
    • iqtidorli magistrantlar va talabalarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalari tanlovlarida faol ishtirok etishlarini ta’minlash;
    • ilmiy-tadqiqot bilan shug’ullanayotgan tadqiqotchilarni ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqatini aniqlash bo’yicha Oliy Attestatsiya Komissiyasi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy metodik markaz bilan kelishgan holda talabgorlar uchun o’tkaziladigan test sinovlarini tashkillash.

    Universitetda “Ilmiy-tadqiqotlar ko’lamini kengaytirish, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash faoliyatini takomillashtirish, magistrantlar va talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga tizimli asosda jalb etish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqilgan bo’lib, unda to’rt asosiy yo’nalish belgilab olingan:

    1. Iqtidorli talaba va magistrantlar ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillash va ularni qo’llab-quvvatlash. Bunda iqtidorli magistrantlar va talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tizimli tashkillash, “Ustoz-shogird” an’analarini samarali yo’lga qo’yish hamda ularni qo’llab-quvvatlash masalalari asosiy vazifa etib belgilangan.

    2. Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish. Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini samarali tashkil etish, tadqiqotchilar uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish, ularni qo’llab-quvvatlash va shu orqali universitet ilmiy salohiyatini hozirgi holatda saqlab turish va ko’rsatkichlarni yanada ko’tarish choralarini ko’rish, ilmiy darajalilar o’rtacha yosh ko’rsatkichini pasaytirishga e’tibor qaratilgan.

    3. Xalqaro va davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi tadqiqotlar. Hozirgi kunda soha va mintaqaning global muammolaridan kelib chiqqan holda, universitet vakillarini xalqaro va davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida o’tkazib kelinayotgan loyihalar tanlovlarida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, shu orqali ilmiy-tadqiqotlar ko’lamini kengaytirish, bu borada olib borilayotgan faoliyatga katta ilmiy xodim-izlanuvchi, yosh tadqiqotchi, iqtidorli magistrantlar va talabalarni keng jalb etish belgilangan.

    4. Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash va moliyalashtirish. Respublika iqtisodiyotining real sohalari muammolarini hal etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish va shu orqali byudjetdan tashqari tushumlar ko’lamini kengaytirish borasidagi asosiy vazifalar belgilangan.

    Iqtidorli talaba va magistrantlar ilmiy-tadqiqotlarini tashkillash va ularni qo’llab-quvvatlash sohasi bo’yicha universitetda tizim ishlab chiqilgan bo’lib, buning natijasida 2016 yilda o’tkazilgan Respublika talabalar fan olimpiadasida Chet tillar fakulteti ingliz tili yo’nalishi III bosqich talabasi X.Xatamov “Ingliz tili va adabiyoti” fanidan 1-o’rinni, ushbu fakultet nemis tili yo’nalishi IV bosqich talabasi Z.Sokolova 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

    Mustaqillik yillarida 9 nafar talaba va 3 nafar magistrant hamda 1 nafar aspirant O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi, 10 nafari Beruniy nomidagi, 3 nafari Ibn Sino nomidagi, 21 nafari Ulug’bek nomidagi, 48 nafari Navoiy nomidagi Davlat stipendiyalari sovrindori bo’ldi.

    2015-2016 o’quv yili uchun o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalari tanlovida Matematika (differensial tenglamalar) mutahasisligi II bosqich talabasi A.Mamanazarov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi, Kasb talimi (Informatika va axborot texnologiyalari) yo‘nalishi 4-kurs talabasi A.Xasanov Ulug’bek nomidagi Davlat stipendiyasi, iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) yo`nalishi 4-kurs talabasi J.Turg’unov va Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 4-kurs talabasi I.Rahmatovalar Navoiy nomidagi Davlat stipendiyalari sovrindori bo’ldi.

    Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash sohasi bo’yicha olib borilayotgan ishlar natijasida kafedralarda faoliyati yo’lga qo’yilgan innovatsion guruhlar tomonidan respublika iqtisodiyotining real sohalari muammolariga doir “Farg’ona viloyati hayvon va o’simliklari kadastri”, ““Farg’onayog’moy” korxonasi chiqindilarini qayta ishlash”, “Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi chiqindilarini qayta ishlash”, “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini zamonaviy usullarda quritish texnologiyasini yaratish”, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari samaradorligini oshirish va ularga servis xizmat ko’rsatish texnologiyalarini ishlab chiqish”, “Energiya tejamkor yoritish tizimlarini yaratish”, “Inert gaz bosimi ostida yarim o’tkazgich materiallar olish” kabi yo’nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar yo’lga qo’yilgan hamda viloyatimizdagi ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan.

    Muntazam o’tkazib kelinayotgan Innovatsion g’oyalar, loyihalar va texnologiyalar Respublika yarmarkalarida universitet professor-o’qituvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchi, tadqiqotchi, magistrant va talabalari faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, 2016 yilda o’tkazilgan IX “Innovatsion g’oyalar, loyihalar va texnologiyalar” yarmarkasi Respublika bosqichida umumiy qiymati 1,342 mlrd so’mlik jami 44 ta xo’jalik shartnomalari imzolandi.

    Universitet professor-o’qituvchilari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi “Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi” tomonidan e’lon qilingan bajarilishi 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari tanloviga 2 ta, bajarilishi  2017-2020 yillarga mo’ljallangan fundamental tadqiqotlarga 4 ta, bajarilishi 2017-2018 yillarga mo’ljallangan amaliy tadqiqotlarga 16 ta loyiha topshirildi.

    Hozirgi kunda universitetda 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa, 10.00.01 – O’zbek tili. O’zbek adabiyoti 07.00.01 – O’zbekiston tarixi, 01.04.10 – Yarim o’tkazgichlar fizikasi, 03.00.14 – Tuproqshunoslik, 05.14.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari, 07.00.01- O’zbekiston tarixi, 01.01.02 – Differensial tenglamalar va matematik fizika, 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ixtisosliklari bo’yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti faoliyat olib boradi. Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga 2017 yil qabuli uchun 01.01.02 – Differensial tenglamalar va matematik fizika 03.00.05 – Botanika, 03.00.06 – Zoologiya, 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi, 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, 10.00.01 – O’zbek tili. O’zbek adabiyoti ixtisosliklari bo’yicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga jami 7 ta OAK Nizomiga muvofiq professor o’qituvchilar qabul qilindi.

    Farg`ona davlat universitetida 2016-yilda quyidagi monografiyalar e`lon qilindi:

    S.Yarmatov- Ilmiy va ilmiy-pedagоgik kadrlar tayyorlash bo`limi boshlig`i:

    150100, Farg`оna shahri, Murabbiylar ko`chasi,i 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-29.
    e-mail: farduilmiy@umail.uz

     

  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016