Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Universitetda “Farg’ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda” nomli an’anaviy IV Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi bo’lib o’tdi || 16 may 2017 yil kuni Farg’ona davlat universiteti Psixologiya kafedrasi o’qituvchilari F.Soliev, M.Yuldasheva va SH.Omonovlar tomonidan Farg’ona shahar Huquqshunoslik kollejida “Yoshlar tarbiyasi – porloq kelajak mevasi" || Oila muqaddasdir || 2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida || “Talaba bahori - 2017” yoshlar festivali || RESPUBLIKA ОLIMPIАDА 2017 YAKUNLАRI

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar:
  • Arizalar:
  • Shikoyatlar:
  • Takliflar:
Ko`rib chiqilganlar:
Yo`naltirilganlar:
Ko`rilmoqda:

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • Biz haqimizda Magistratura

    Dis.annotatsiyalari

    Magistrlik dissertatsiyalarining annotatsiyalari

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
    2012-2013 o`quv yili, mutaxassislik: Lingvistika (o‘zbek tili)

    1. IMOMNAZAROVA GO`ZALXON MURODILOVNANING MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI

    Ilmiy rahbar: Roziqova Gulbahor Zaylobidinovna

    Mavzuning dolzarbligi. “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi”. Tohir Malik ham o’z asarlari bilan ma’naviy tarbiyaga hissa qo‘shib kelayotgan ijodkor. Uning nasriy asarlarini lingvistik asosda o‘rganish o‘zbek lingvopoetikasiga xos muammolarni ma’lum darajada hal etishi mumkin. Bu mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

    Tadqiqotning maqsadi. Tohir Malik asarlarining lingvistik hususiyatlarini tahlil etish.

    Dissertatsiya vazifalari. Fonetik, morfologik va leksik-semantik hususiyatlarini o‘rganish; ko‘chim, ibora va maqollarning yozuvchi ijodiga xos hususiyatlarini tahlil qilish.

    Tadqiqot ob’ekti va predmeti. “Odamiylik mulki”, “So‘nggi o‘q”, “Eng kichik jinoyat” asarlari, o‘zbek lingvopoetikasiga doir umumnazariy ma’lumotlar.

    Tadqiqot uslubiyati va uslublari. Falsafaga oid dialektik metodlar, Prezidentimiz asarlari, tavsifiy, sistem-struktur va komponent tahlil usullari.

    Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi. O‘zbek tilshunosligida ilk bora yozuvchi asarlari lingvistik asosda tekshirildi; yozuvchining so‘z qo‘llashdagi mahorati, ko‘chim, iboralarning asar badiiy-estetik qimmatini oshirishdagi roli, adib asarlarida qo‘llangan maqollarning leksik-semantik, uslubiy va sintaktik hususiyatlari tadqiq etildi.

    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tatbiqi. Dissertatsiya materiallaridan o‘zbek lingvopoetikasi muammolarini o‘rganishda, nutq madaniyati, pragmatika fanlaridan maxsus kurs va seminarlar tashkil etishda foydalanish mumkin.

    Ishning tuzilishi va tarkibi. Ish kirish, 3 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.

    Bajarilgan ishning asosiy natijalari. Tadqiqotning asosiy mazmuni respublika ilmiy to‘plamlaridagi 3 tezisda aks etgan.

    Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi. Nasriy asarlarni lingvopoetik asosda tadqiq etish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.


    2. QO`QONOVA MUNIRA MADAMINOVNANING MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI

    Ilmiy rahbar: Mo‘minov Siddiqjon Mirsobirovich

    Mavzuning dolzarbligi. “O‘z ona tilini bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan, kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan uning dilini ham bilmaydi” deb ta’kidlaydi prezidentimiz. Yosh ijodkorlar poetik nutqini lingvopoetik tadqiq etish, uning o‘ziga xos hususiyatlarini tilning barcha sathlari bo‘yicha ochib berilishi hali o‘rganilmaganligi sababli uning tadqiqi tilshunosligimiz uchun dolzarb masalalardan biridir.

    Ishning maqsadi. Farg‘ona yosh shoirlar badiiy nutqining kumulyativ va ekspressiv xususiyatlarini ochib berish.

    Dissertatsiya vazifalari. Yosh ijodkorlarning badiiy nutqida ro‘y bergan fonetik o‘zgarishlarni, leksik birliklarning o‘ziga xos ifodasini, badiiy-tasviriy vositalardan foydalanishdagi uslublarini tadqiq etish.

    Tadqiqot ob’ekti va predmeti. «Hayrat buloqlari» bayozi.

    Tadqiqot uslubiyati va uslublari. Ishda tilshunoslikning qiyosiy-chog‘ishtirish, tavsifiy metodlaridan foydalanildi.

    Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi. Mazkur dissertatsiyada yosh ijodkorlar she’riyatining lingvopoetik hususiyatlari tahlil etildi,

    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tatbiqi. Tadqiqot natijalaridan «Uslubshunoslik», «Nutq madaniyati», «Badiiy asar tili masalalari» kabi yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus kurslarni o‘qitish jarayonida foydalanish mumkin.

    Ish tuzilishi va tarkibi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

    Bajarilgan ishning asosiy natijalari. Tadqiqotning asosiy mazmuni respublika ilmiy to‘plamlaridagi 3 ta maqolada o‘z aksini topgan.

    Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi. Farg‘ona yosh shoirlari she’rlarini lingvopoetik tadqiq qilish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.


    3. MANSUROVA DILAFRUZ ABDUMUXTOROVNANING MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI

    Ilmiy rahbar: Mamajonov Alijon Boboevich

    Mavzuning dolzarbligi: “O‘zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o‘zlikni, Vatan tuyg‘usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz” ekanligi yurtboshimiz tomonidan alohida ta’kidlangan. Qo‘shma gaplar mavzuiga oid muammolar to‘liq hal etilgan deb bo‘lmaydi. Bulardan biri havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gaplar masalasidir.

    Ishning maqsadi. Hozirgi zamon tilshunosligida qo‘shma gap sintaksisi masalalaridagi muammolarni aniqlash hamda yangi ilmiy qarashlarni ilgari surish maqsadi ko‘zda tutilgan.

    Dissertatsiya vazifalari.
    - qo‘shma gap, ayniqsa, ergash gapli qo‘shma gap nazariyasida vujudga kelayotgan yangi xususiyatlarni belgilash, ularga munosabatini bildirish;
    - ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi nisbiy olmoshlarning komponentlarni o‘zaro biriktirishdagi rolini yanda kengroq tadqiq etish.

    Tadqiqot ob‘ekti va predmeti: Havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gaplar va ularning nutq uslublarida qo’llanishi.

    Tadqiqot uslubiyati va uslublari: Tadqiqotda G‘.Abdurahmonov, M.Asqarova, A.Nurmonov, N.Mahmudov va A.Mamajonovlarning ilm-fan taraqqiyoti bilan bog‘liq qarashlariga hamda dialektik falsafaning keng tarqalgan tadqiq usullariga tayanildi. Ishda tavsifiy, tasnifiy, konteksnual, komponent tahlil kabi metodlardan unumli foydalanildi.

    Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi: Nisbiy olmoshlarning ergash gapli qo‘shma gap kompanentlarini biriktirishdagi ahamiyati,ular yordamida shakllanuvchi havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gaplarning shakliy va mazmuniy tuzilishini izohlash.

    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tatbiqi: Tadqiqot natijalaridan filologiya fakultetlarida o‘zbek tilshunosligi va uslubshunosligi, nutq madaniyati fanlarini o‘qitishda manba yaratishda foydalanish mumkin.

    Ish tuzilishi va tarkibi: Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.

    Bajarilgan ishning asosiy natijalari: Ishning asosiy mazmuni ilmiy anjumanlarda e’lon qilingan 4 ta tezisda o‘z ifodasini topgan.

    Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi. Havola bo‘lakli ergash gapli qo‘shma gaplar uslubiy xoslanishi muammosi yuzasidan ham alohida ilmiy tadqiqotlar olib borish mumkin, ayniqsa, og‘zaki va badiiy nutqda qo‘llanuvchi havola bo‘lakli qo‘shma gaplar yanada chuqurroq ilmiy izlanishlarni talab etadi.


    4. MARASULOV KAMOLDIN KOMILJONOVICHNING MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI

    Ilmiy rahbar: Shukurov Raxmatillo Mirzatillaevich

    Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, “Endilikda ilm-fan yangi yo‘llar ochishi, sifat jihatidan yangi texnologiyalarni jadallik bilan yaratishi, jamiyatning yangi holatga o‘tishini ta’minlashi lozim”. Xalq tarixini tadqiq etmay turib, til materiallarini o‘rganishga kirishib bo‘lmasligi ma’lum. O‘zbek tilshunosligida xalq kitoblari tili, leksik-semantik hususiyatlariga yetarli e’tibor qaratilmagan bo‘lib, ushbu masalani tadqiq etishga qaratilgan mazkur magistrlik dissertatsiyasi mavzusi shunga ko‘ra dolzarbdir.

    Ishning maqsadi. Xalq kitoblarining lingvistik xususiyatlarini tadqiq etish.

    Dissertatsiya vazifalari:
    • Xalq kitoblaridagi o‘z va o‘zlashgan qatlamga xos leksemalarning umumiy hamda xususiy belgilarini aniqlash;
    • Xalq kitoblaridagi leksemalarning funktsiyalarini yoritish;
    • Xalq kitoblaridagi leksemalarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari yuzasidan tahlilga tortish;
    • Leksemalarni shaxs, o‘rin, belgi, o‘simlik arxisemalariga birlashtirish;
    • Xalq kitoblari tilining adabiy til me’yorlari bilan munosabatini yoritish.

    Tadqiqot ob’ekti va predmeti. “Qissai Mashrab” hamda “Ibrohim Adham qissasi” asarlari.

    Tadqiqot uslubiyati va uslublari. Dialektik falsafaga oid qadriyatlar. Prezidentimiz asarlari. Qiyosiy-chog‘ishtirish, tavsifiy, komponent tahlil metodlari.

    Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi.
    - xalq kitoblari tili leksik-semantik xususiyatlari nuqtai nazardan tadqiq etildi;
    - hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi xususiyatlar bilan xalq kitoblari tili o‘zaro qiyoslandi;
    - xalq kitoblarida ishlatilgan leksemalarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra tahlili berildi;
    - xalq kitoblari tili bilan adabiy til me’yorlari qiyoslandi.

    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tatbiqi. Tadqiqotda ilgari surilgan nazariy xulosalardan uslubshunoslik, nutq madaniyati, badiiy asar tili kabi yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus kurslarni o‘qitishda foydalanish mumkin.

    Ish tuzilishi va tarkibi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

    Bajarilgan ishning asosiy natijalari. Mavzu yuzasidan respublika ilmiy to‘plamlarida 3 ta tezis chop etilgan.

    Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi. Xalq kitoblarining tili va uslubi, leksik-semantik asosda tadqiq etish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.


    5. OSIMOVA RAYXONAXON ADXAMJON QIZINING MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI

    Ilmiy rahbar: Ibragimova Extiyotxon Ismoilovna

    Mavzuning dolzarbligi. “Istiqlol yillarida o‘zbek tilining qo‘llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar tilimizning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o‘quv qo‘llanmalari, yangi-yangi lug‘atlar ko‘plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda”. O‘zbek tilshunosligida tilning turli sathlarida baho ifodalovchi vositalarni aniqlashga bag‘ishlangan ishlarda aksiologik baho alohida lingvistik kategoriya sifatida yaxlit holda monografik tadqiqot ob’ekti bo‘lgan emas.Shu jumladan, o‘zbek tili leksikasining aksiologik tadqiqi hamon o‘z yechimini kutmoqda. Bu holat tadqiqot uchun tanlangan mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi.

    Tadqiqotning maqsadi. Bahoni filologik muammo sifatida o‘rganish.

    Dissertatsiya vazifalari. Bahoning mantiqiy, falsafiy jihatlariga tayangan holda tilshunoslikda aksiologik baho masalasini yoritish; aksiologik baho ifodalashning lisoniy va nolisoniy vositalarini aniqlash.

    Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Sub’ektiv va ob’ektiv baho munosabati ifodalovchi leksik vositalar tadqiqot ob’ekti sifatida olindi.

    Tadqiqot uslubiyati va uslublari. Ishda sinxron-tasviriy, differentsial-semantik, funktsional- semantik usuldan foydalanilgan.

    Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi. Ishda birinchi marta o‘zbek tilida bahoning aksiologik hususiyatlari monografik planda tadqiq etiladi.

    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tatbiqi. Tadqiqot natijalari magistratura yo‘nalishida maxsus kurslar o‘qitishda, filologiya fakultetlarida leksikologiya yuzasidan darslik va qo‘llanmalar yaratishda xizmat qiladi.

    Ish tuzilishi va tarkibi. Tadqiqot kirish, uch bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.

    Bajarilgan ishning natijalari. Tadkiqotning asosiy mazmuni respublika ilmiy to‘plamlaridagi uchta maqolada o‘z aksini topgan.

    Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi. Mazkur tadqiqot ishi baho munosabati yuzasidan olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar sifatida ahamiyatga ega.

    6. XOLMATOVA ODINAXON O‘KTAMOVNANING MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI

    Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna

    Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz: “Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi”, - deb ta’kidlaydilar. Milliy qadriyatlar doirasida xalq maqollarining ham o‘ziga xos o‘rni bor. O‘zbek tilshunosligida xalq maqollarining semantik va uslubiy xususiyatlari masalasiga yetarli e’tibor qaratilmagan. Dissertatsiya mavzusi shunga ko‘ra dolzarbdir.

    Ishning maqsadi. O‘zbek tilidagi maqollarning semantik hususiyatlarini tahlil etish.

    Dissertatsiyaning vazifalari: paremalar doirasida maqollarning o‘rnini belgilash; muayyan mavzu doirasida maqollarni guruhlash; xalq maqollarining shakl va ma’no munosabatlarini tahlil etish; o‘zbek maqollarining uslubiy xususiyatlarini aniqlash.

    Tadqiqot ob’ekti va predmeti. O‘zbek xalq maqollari va ularning izohli lug’ati, sinonimik va antonimik lug’atlar.

    Tadqiqot uslubiyati va uslublari. Ishda falsafiy qonuniyatlar va Prezidentimizning asarlariga metodologik asos sifatida tayanildi.

    Tadqiqot usullari: tavsifiy, sistemaviy-struktur, komponent tahlil, qiyosiy.

    Tadqiqotning ilmiy jihatdan yangilik darajasi: o‘zbek tilshunosligida ilk bora maqollarning paremiologik sistemadagi o‘rni belgilandi va ular lingvistik asosda tekshirildi; xalq maqollaridagi sinonimik, antonimik, omonimik munosabatlar tahlil etildi; maqollar tarkibidagi leksemalarning uslubiy imkoniyatlari izohlandi.

    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tatbiqi. Ish natijalari etnolingvistikaga doir darslik, qo‘llanmalar yaratishda, tarix, filologiya fakultetlari talabalariga milliy qadriyatlar, urf-odatlarga bog’liq maxsus kurs va seminarlar tashkil etishda xizmat qiladi.

    Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va tarkibi. Ish kirish, 3 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

    Bajarilgan ishning asosiy natijalari. Tadqiqotning asosiy mazmuni respublika ilmiy to‘plamlaridagi 3 tezisda aks etgan.

    Xulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi. O‘zbek tilshunosligida maqollarning sistemaviy asosda tadqiq etilishi va ularning semantik xususiyatlarini to‘laqonli yoritish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016