Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori РhD.27.06.2017.К.05.01- raqamli ilmiy kengashning 1-yig‘ilishi o‘tkazildi. || Ilmiy daraja beruvchi PhD.27.06.2016.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash ochildi || Фарғона давлат униерситетида 2017/2018-ўқув йили қабулини ташкил этиш бўйича МАЪЛУМОТ || Farg’ona davlat universitetida professor-o’qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarining nashr ettirilish holati. || O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi to’g’risida || Ilmiy kengash faoliyati to’g’risida

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 26
  • Arizalar: 18
  • Shikoyatlar: 3
  • Takliflar: 5
Ko`rib chiqilganlar: 26
Yo`naltirilganlar: 7
Ko`rilmoqda: 0

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • Biz haqimizda Markazlar

    Qo‘shimcha ta’lim xizmati markazi

    Farg‘ona davlat universiteti qo‘shimcha ta’lim xizmati markazi tayyorlov bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 5-iyuldagi 236-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Bo‘limda 4 yo‘nalish mavjud: ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishi (o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, chet tillari) aniq fanlar yo‘nalishi (matematika (informatika va AT), fizika,ona tili va adabiyoti) tabiiy fanlar yo‘nalishi (kimyo,biologiya, ona tili va adabiyoti) va iqtisod yo‘nalishlari (matematika (informatika va AT), chet tili, ona tili va adabiyoti) o‘quv dasturlari asosida o‘zbek tilida olib boriladi.

    Tayyorlov kurslari ish faoliyatini tashkil etishda universitetning rahbar va xodimlari yaqindan yordam beradilar. Guruhlarda mash­g‘ulot olib borishga malakali professor-o‘qituvchilardan jalb etilgan.

               Tayyorlov bo‘limida o‘quv jarayoni universitet o‘quv uslubiy kengashida tasdiqlangan reja, dasturlar asosida amalga oshiriladi. Fanlarni o‘qitish chuqurlashtirilgan dasturlar asosida maxsus guruhlarda olib boriladi. O‘quv jarayoni asosan ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, maslahat, yozma ish hamda seminar mashg‘ulotlari ko‘rinishida bo‘lib, darslar juftligi 80 minutni tashkil etadi.

    Tayyorlov bo‘limida o‘quv jarayoni 1-oktyabrdan 25-iyungacha (9 oy) davom etadi. O‘quv jarayoni yoshlarni oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, test blokidagi fanlarni chuqur o‘rganishga qaratilgan. Xaftalik o‘quv mashg‘ulotlari 24 soat bo‘lib, test blokidagi birinchi fanga 10 soatdan, ikkinchi fanga 8 soatdan, uchinchi fanga 6 soatdan ajratilgan. Xar oy oxirida nazorat uchun test sinovlari o‘tkaziladi, natijalari gurux tinglovchilari o‘rtasida muhokama qilinadi. Qiyin o‘zlashtiriladigan mavzular aniqlanib ular ustida tinglovchilar bilan maxsus shug‘ullaniladi.

    O‘tgan o‘quv yillari natijalariga ko‘ra tinglovchilarning 85-90 foizi tanlagan ixtisosligi bo‘yicha oliy o‘quv yurtiga kirib o‘qimoqdalar.

    Tayyorlov kurslariga o‘rta ma’lumotli yoshlar, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey bitiruvchilari qabul qilinadi.

              Manzil: Murabbiylar ko‘chasi,19-uy. Farg‘ona davlat universiteti (tarix fakulteti 3-qavat) qo‘shimcha ta’lim xizmati markazi

                 Murojaat uchun telefon: 244-43-66

  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016