Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: “Giyohvandlikka qarshi kurash – barchaning burchi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. || Universitet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar o‘rtasida favqulotda vaziyatlarda harakat qilish, cho‘milish mavsumiga tayyorgalik ko‘rish, mavjud suv havzalarida havfsizlikni ta’minlash bo‘yicha seminar-yig‘ || 2017 yil 15 iyun kuni Fargona davlat universitetida 2017/2018 o‘quv yili uchun qabul komissiyasi ish boshladi. || Joryi yilning 9-12 iyun kunlari Toshkent shaxridagi “Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” da “Zukko kitobxon” intellektual o‘yinining mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi. || FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI o‘qishga taklif qiladi || UNIVERSITETDA YOSHLARNING “INNOVATSION G’OYALAR” KO’RIK TANLOVI O’TKAZILDI

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 23
  • Arizalar: 17
  • Shikoyatlar: 2
  • Takliflar: 4
Ko`rib chiqilganlar: 16
Yo`naltirilganlar: 7
Ko`rilmoqda: 7

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • Biz haqimizda Markazlar

    Axborot resurs markazi

    Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi tub o‘zgarishlar kutkbxonachilik tizimida ham islohotlar o‘tkazishga va yangi texnologiyalarni ish jarayoniga faol joriy etishga zamon talablarini hisobga olgan holda kutubxona boshqaruvini tashkil etishni takomillashtirib, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo‘naltirilgan yangi axborot markazlarini barpo etish, shuningdek, aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

    Bu boradagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi PQ – 381 sonli “Respublika aholisini axborot kutkbxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2006 yil 13 oktyabrda Farg‘ona davlat universitetida  1- va 2- Axborot Resurs Markazlari tashkil qilingan.

    Farg‘ona davlat universiteti ARM da 101805 nomlanishda 815391 nusxadan ortiq ilmiy-ommaviy va badiiy, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar mavjud. 99 nomlanishdagi respublikamiz va xorijda nashr etiladigan gazeta va jurnallarga obuna tashkil etilgan.

    Universitet hududida korporativ tarmoqqa kiruvchi tizimlarda iste’molchilarni o‘z ish o‘rinlarida qolib, bevosita elektron xizmatlaridan foydalanishlari yo‘lga qo‘yilgan. Axborot resurs markazimizda  7416 ta adabiyot  hamda 948 ta avtoreferatlar ARMAT dasturiga kiritilgan

    Bugungi kunda ARM da quyidagi bo‘limlar faoliyat ko‘rsatmoqda:

    • Fondlar saqlash bo‘limi;
    • Adabiyot va elektron axborot resurs bo‘limi;
    • Marketing va axborot xizmat ko‘rsatish bo‘limi;
    • Ilmiy uslubiy bo‘lim;
    • Qabul qilish, yig‘ish va kataloglash bo‘limi;
    • Axborot texnologiyalar bo‘limi.

    ARM da 69 ta zamonaviy rusumdagi kompyuterlar, laminator (laminatsiya qurilmasi), rezak (qirqish uskunasi), pereplet, skanerlar mavjud bo‘lib, ulardan talabalar, professor-o‘qituvchilar, magistrlar, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilar, ishchi-xodimlar va aholining boshqa qatlamlari foydalanishlari uchun ajratilgan.

    Axborot resurs markazining yagona o‘quv bileti bo‘yicha 7564 nafar a’zosi bo‘lib, shundan 4402 nafari talabalar, 3162 nafari boshqa kitobxonladir. Axborot resurs markazida talabalarning mustaqil bilim olishlari uchun  100 o‘rinli o‘quv zali va 50 o‘rinli konferensiya zallari mavjud.

    Professor-o‘qituvchilar va talabalarni dars jarayoniga oid materiallar bilan ta’minlash maqsadida fakultetlarda axborot resurs markazi filiallari faoliyat olib boradi.

    Elektron kutubxonada Respublika oliy ta’lim muassasalari va universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan ma’ruza matnlari uslubiy ko‘rsatma, o‘quv qo‘llanma hamda to‘liq matnli elektron resurslar mavjud.

    Umumiy xizmatlar:

    • Kitobxonlarni adabiyotlar bilan ta’minlash;
    • Kitobxonlar talabiga ko‘ra axborotlar jamlamalarini tayyorlab berish;
    • Elektron kataloglar xizmati;
    • Internetdan foydalanish;
    • Kitobxonlarga masofadan turib xizmat ko‘rsatish, hujjatlarni elektron pochta orqali iste’molchilarga etkazib berish;
    • O‘zbekistonda himoya qilingan dissertatsiyalarning avtoreferatlari edektron pochta orqali fakultetlarga taqdim etish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016