Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Universitetda “Farg’ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda” nomli an’anaviy IV Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi bo’lib o’tdi || 16 may 2017 yil kuni Farg’ona davlat universiteti Psixologiya kafedrasi o’qituvchilari F.Soliev, M.Yuldasheva va SH.Omonovlar tomonidan Farg’ona shahar Huquqshunoslik kollejida “Yoshlar tarbiyasi – porloq kelajak mevasi" || Oila muqaddasdir || 2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida || “Talaba bahori - 2017” yoshlar festivali || RESPUBLIKA ОLIMPIАDА 2017 YAKUNLАRI

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 14
  • Arizalar: 9
  • Shikoyatlar: 2
  • Takliflar: 3
Ko`rib chiqilganlar: 14
Yo`naltirilganlar: 1
Ko`rilmoqda: 0

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • Biz haqimizda Markazlar

    Axborot texnologiyalari markazi

              Markaz boshlig`i: MULLAYEV  BAHTIYOR MASHRABOVICH

              Telefon: (+99891) 666-70-40

              E-mail: fdu_atm@edu.uz, m1208b@umail.uz 

     

      

     

     

    MARKAZ FAOLIYATI HAQIDA

    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi 230-sonli qarori ijrosini ta`minlash hamda Farg`ona davlat universitetida o’quv jarayoniga kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida «Axborot texnologiyalari markazi» tashkil etilgan.

    Axborot texnologiyalari markazi ikkita bo`limdan tashkil topgan:

    1. Axborot va texnik ta`minot bo`limi.

    2. O`quv ta`lim resurslari va dasturlar ta`minoti bo`limi.

    Markazda 11 ta shtat birligi mavjud: 1 ta markaz boshlig`i, 1 ta tarmoq va ma`lumotlar banki ma`muriyati, 4 ta muhandis dasturlovchi, 1 ta muhandis elektronchi,  1 ta tizim dasturchisi, 2 ta texnik,  1 ta texnik-elektronshiklardan iborat.

    Ushbu markazni hozirgi kunda Mullayev Bahtiyor Mashrabovich boshqarib kelmoqda. Shuningdek, ushbu markazda:

    • Artikov Umidjon - tarmoq va ma`lumotlar banki ma`muriyati;
    • Axmedov Ulug`bek – tizimli dasturchi;
    • Xasanov Umidjon – muhandis dasturlovchi(0.5 ish o`rnida);
    • Ahmadaliyev Oybek – muhandis dasturlovchi;
    • Olimov Kabirjon – muhandis dasturlovchi;
    • Axmadjonov Mexriddin – muhandis dasturlovchi(0.5 ish o`rnida);
    • Dadajonov Hislatbek – muhandis dasturlovchi;
    • Teshaboyeva Odinaxon – texnik elektronchi;
    • Shadmanova Barnoxon  texnik  
    • Xalilov Aminjon – texnik (0.5 ish o`rnida);

     

    FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI  NIZOMI

     

    ASOSIY QOIDALAR

    •  «Axborot texnologiyalari markazi» O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydagi 230-sonli qarori asosida tashkil etildi.
    •  Markaz o`z faoliyatini amaldagi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari va  Farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buyruq va farmoyishlari, Hay`at Qarorlari va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
    •  Markaz faoliyati universitet rektori, ilmiy ishlar va axborot texnologiyalri bo`yicha prorektori tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
    •  Markazning moliyaviy faoliyati universitetning byudjet va byudjetdan tashqari mablag`lari evaziga olib boriladi.
    •  Markaz boshlig`i universitet rektorining buyrug`i bilan tayinlanadi.
    •  Markaz universitetning tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi (manzili Farg`ona shahar, Murabbiylar ko`chasi, 19 uy, Farg`ona davlat universiteti).

    MARKAZNING MAQSAD VA VAZIFALARI

    •    Universitet ish faoliyatiga va o`quv jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini qo`llash va doimiy boyitib borish;
    •  Yangi axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitish bo`yicha elektron ilmiy, uslubiy qo`llanmalar va darsliklarni yaratishda amaliy yordamlar      ko`rsatish, hamda ularni Internet - xalqaro axborot tizimlari bo`yicha tarqatishni yo`lga qo`yish;
    •  Professor-o`qituvchilar, tadqiqotchilar, iqtidorli talabalarni kompyuter va axborot texnologiyalar bo`yicha savodxonligini oshirish maqsadida kurslar tashkil etish;
    •  Professor-o`qituvchi xodimlar, tadqiqotchilar va talabalar uchun kompyuter va axborot texnologiyalari manbalaridan, Internet - xalqaro axborot tizimlaridan unumli foydalanishni yo`lga qo`yish;
    •  Amaliyot va laboratoriya darslarini multimediya va kompyuter tizimlari orqali imitasion stendlar va virtual laboratoriya dasturlar ta`minotini yaratish ishlarida amaliy yordam ko`rsatish va uni tashkil qilish;
    •  Turli xil dasturlar yaratish va ularni tadbiq etish;
    •  Universitet lokal kompyuter tarmog`ini tashkil qilish;
    •  Axborot uzatish va qabul qilish vositalaridan (Internet, elektron pochta, modem aloqa va shu kabi bosh.) foydalanish ishlarini amalga oshirish;
    •  Axborot texnologiyalari bo`yicha Respublika va xorijiy o`quv muassasalari va ilmiy tekshirish markazlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanish ishlarini olib borish, internetdan foydalanib xorijiy davlat oliy o`quv yurtlari bilan aloqa o`rnatishni yo`lga qo`yish;
    •  O`quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishni kompyuterlashtirish va yagona axborot makonini yaratish, mashg`ulotlar o`tkazish sifatini markazlashgan holda masofadan nazorat qilishni amalga oshirish;
    •  Axborot texnologiyalari uchun zarur bo`lgan texnik vosita va jixozlarni zamon talablari asosida yangilab turish;
    •  Oliy ta`lim tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish;
    •  Axborotlar bazasini yaratish va ularni doimiy ma`lumotlar bilan yangilab borilishini nazoratga olish;
    •  Universitetdagi barcha fakultet, kafedra va bo`limlarni umumiy tarmoqqa birlashtirishni amalga oshirish;
    •  Universitet rasmiy veb sayti (veb-saxifasi)ni yaratish va uni doimiy yangi ma`lumotlar bilan yangilab borish;
    •  Buyurtmalar bo`yicha veb saxifalar yaratish, dasturlar ta`minotini tuzish, kompyuter texnikalarini sozlash va ishga tushirish bo`yicha pullik servis xizmatini ko`rsatish;
    •  Talabalar bilimini nazorat qilishni tashkil etish va uning monitoringini olib borish.
    •  Universitetda tashkil etiladigan jamoatchilik tadbirlarida ishtirok etish;
    •  Markaz faoliyati doirasida axborot jarayonlari va masofaviy ta`lim tizimini rivojlantirish borasida takliflar bilan universitet ilmiy kengashlarida ishtirok etish;
    •  Axborot texnologiyalari bo`yicha yangiliklarni, elektron qo`llanmalarni belgilangan tartibda o`quv tizimiga joriy qilish;
    •  O`zbekiston Respublikasining qonunlariga rioya qilgan xolda, Nizom maqsadlarini bajarish uchun markaz faoliyatidan kelib chiqqan xolda axborot texnologiyalari va masofaviy ta`lim tizimi, kompyuter savodxonligi, internet va elektron pochta tizimlaridan foydalanish bo`yicha yuridik va jismoniy shaxslarga pullik xizmat ko`rsatish, bo`limlar tashkil kilish;
    •  Axborot texnologiyalari bo`yicha markaz faoliyatini rivojlantirish maqsadida boshqa oliy o`quv yurtlari bilan aloqalar o`rnatish, uchrashuvlar o`tkazish va ishtirok etish;
    •  Fakultet va bo`limlarga qarashli kompyuter texnikasidan maqsadli va unumli foydalanishni nazorat qilib borish;

    KOMPYUTER MAJMUALARIGA MAS`UL SHAXSLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

    1. Kompyuter sinfi operatori yoki boshqa xonalardagi kompyuterlar uchun mas`ul shaxslar kompyuter sinflari yoki kompyuter turgan xonadagi texnik jihozlar va dasturiy ta`minot uchun, hamda tartib-intizom, mebel jihozlari va tozalik uchun javobgardir.

    2. Kompyuterlarda bajariladigan barcha ishlar shu kompyuter joylashgan kompyuter sinfi operatori yoki mas`ul shaxs borabarligida va roziligida amalga oshiriladi.

    3. Kompyuterlar majmuasiga mas`ul shaxslar kompyuter sinfida yoki boshqa kompyuter texnikasi turgan xonalarda tartibni buzgan shaxslarga nisbatan "Ichki tartib qoidalar" hamda universitet rektori buyruqlari asosida ma`muriy chora ko`rish huquqlariga ega.

    4. Kompyuterlar majmuasiga mas`ul shaxslar dasturiy ta`minotdan foydalanish, uni qayta tiklash va o`rnatish ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak.

    5. Kompyuterda saqlanayotgan ma`lumotlarni va dasturiy ta`minotni kompyuter viruslaridan himoya qilish va viruslangan dasturiy ta`minotni qayta tiklash ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak.

    KOMPYUTER MAJMUALARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI

    1. Kompyuter sinflaridagi darslarga talabalar faqat o`qituvchi boshchiligida qo`yiladilar.

    2. Talabalarga dars rejasida ko`rsatilgan dasturiy ta`minotdan foydalanishga ruxsat beriladi.

    3. Kompyuter sinflarida kompyuter operatori ruxsatisiz begona texnik jixozlaridan (CD disk, fleshka va x.k ) foydalanish qat`iyan ta`qiqlanadi.

    4. Kompyuter sinflarida ichki tartib qoidalarini buzgan va buning natijasida mebel, texnik jixozlariga yoki dasturiy ta`minotga zarar keltirilgan hollarda, ushbu jixozlarni qayta tiklash, almashtirish yoki qayta o`rnatish bilan bog`liq bo`lgan harajatlar aybdor shaxsdan to`liq undirib olinadi, begona qurilma va texnik jixozlar musodora qilinadi.

    MARKAZNING BURCHLARI

    •  Oliy ta`lim muassasining axboratlashtirish sohasidagi yagona texnikaviy siyosatini olib borish; 
    •  Yangi axborot texnologiyalarini o`quv jarayoniga joriy etish;
    •  Sifatli va kafolatli o`z faoliyatini amalga oshirish va xizmat ko`rsatish;
    •  Oshkor qilinishi mumkin bo`lmagan axborotlarni sir saqlash;
    •  Moddiy texnika baza va jixozlarni boyitib borish va saqlashni ta`minlash.

    MARKAZNING ASOSIY VAZIFALARI QUYIDAGILARDAN IBORAT:

    •  Universitet ish faoliyatida kompyuter va axborot texnologiyalarini joriy etish;
    •  O`quv jarayonida kompyuter texnologiyalarini joriy etishda texnik xizmat ko`rsatish;
    •  Universitetdagi mavjud kompyuter texnikalarining texnik holatini nazorat qilish va yangi zamonoviy texnikalar bilan boyitib borish;
    •  Universitetdagi mavjud kompyuterlarni talab darajasidagi dasturlar bilan ta`minlash;
    •  Universitet lokal kompyuter tarmog`i ish faoliyatini ta`minlash;
    •  Universitetda ta`lim jarayoni faoliyatida avtomatlashtirish resurs bazasini tashkil etish,
    •  ZiyoNet axborot ta`lim portaliga taqdim etilgan ta`lim resurslarini joylashtirib  borish;
    •  Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi portalidagi universitet pasportini doimiy ravishda yangilab borish;
    •  Universitet veb saytini tuzish va uni yangilab borish;
    •  Talabalar, xodimlar va professor-o`qituvchilarning internetdan samarali foydalanishini ta`minlash;
    •  O`quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
    •  Elektron variantdagi darslik va qo`llanmalar yaratib o`quv jarayoniga tadbiq etish;
    •  Ma`lumotlar xavfsizligini ta`minlash.

    Farg`ona davlat universitetida hozirgi kunda 500 dan ortiq kompyuterlar mavjud bo`lib, ularning ko`p qismi o`quv jarayonida bevosita foydalanilmoqda. Shuningdek 11 ta kompyuter sinfi ishlab turibdi. Universitet lokal kompyuter tarmog`iga 390 dan ortiq kompyuter tugunlari bog`langan bo`lib, ular bevosita internetga ulangan va undan talabalar, tadqiqotchilar va professor-o`qituvchilar doimiy ravishda foydalanib kelmoqdalar. 

  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016