Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori РhD.27.06.2017.К.05.01- raqamli ilmiy kengashning 1-yig‘ilishi o‘tkazildi. || Ilmiy daraja beruvchi PhD.27.06.2016.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash ochildi || Фарғона давлат униерситетида 2017/2018-ўқув йили қабулини ташкил этиш бўйича МАЪЛУМОТ || Farg’ona davlat universitetida professor-o’qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarining nashr ettirilish holati. || O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi to’g’risida || Ilmiy kengash faoliyati to’g’risida

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 26
  • Arizalar: 18
  • Shikoyatlar: 3
  • Takliflar: 5
Ko`rib chiqilganlar: 26
Yo`naltirilganlar: 7
Ko`rilmoqda: 0

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • Biz haqimizda Fakultetlar

    Chet tllari

     

    CHet tillari fakulteti

    Fakultet dekani: Qosimov Abdugopir Abdukarimovich 

    1967 yil 16-dekabrda Fargo‘na viloyati, Qo’shtepa tumanida tug’ilgan.

    Filologiya fanlari doktori, dotsent.
    Ish telefoni: (+99873) 244-61-49.
    Uyali aloqa telefoni: (+99891) 657-08-24.

    E-mail: chet tillari@fdu.uz

     


    Dekan o’rinbosarlari:

    Tojaliev Abduqosim Abdulxakimovich 

    o’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari
    1979-yil 8-mayda Fargo‘na viloyati, Quva tumanida tug’ilgan.

    Uyali aloqa telefoni: (+99891) 654-34-01
    E-mail: abduqosim79@mail.ru 

     

    Musaev Boburbek Mirzaakbarovich

    o’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari
    1990-yil 27-yanvarda Farg’ona viloyati Furqat tumanida tug’ilgan.

    Uyali aloqa telefoni: (+99890) 566-22-04

    E-mail: bobking2204@gmail.com


     

    Madazizova Dilafruz Xabibibullayevna

    ma’naviy – marifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari
    1974-yil 12-aprelda Fargo‘na viloyati, Rishton tumanida tug’ilgan.

    Uyali aloqa telefoni: (+99891) 677-57-51.

    E-mail: chet tillari@fdu.uz

     

    Axtiyamov Azizboy Erkinboyevich

    ilmiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari

    1990 - yil 16-avgustda Farg’ona viloyati, Marg’ilon shahrida tug’ilgan

    Uyali aloqa telefoni: (+99890) 583-33-55

    E-mail: chet tillari@fdu.uz

     

    Fakultet manzili: 150100, Farg`ona shahri,
    Murabbiylar ko`chasi, 46-uy, 9-bino.
    Telefon: (+99873) 244-43-98.
    E-mail: chet tillari@fdu.uz

     

    FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT

    Fakultet 1930 yilda tashkil topgan.

    2014 yili filologiya fakulteti 2 ga bo‘linib chet tillari fakulteti tashkil etilgan

     

    Fakultetda bakalavriatning quyidagi yo’nalishlari boyicha mutaxassislar tayyorlanadi:

    1) 5120101-ingliz tili 1961 yildan buyon;
    2) 5120102-nemis tili 1966 yildan buyon;
    3) 5120103-fransuz tili 1994 yildan buyon;
    4) 5111400-xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 2014 yildan buyon.

     

               1962 yil chet tillarini o‘qitish bo‘limi ochilgan bo‘lib, 1970 yilga kelib, mustaqil fakultet maqomini oldi. 2004 yildan 2014 yilgacha filologiya fakulteti tarkibida edi. 2014 yilda chet tillari fakulbteti maqomiga ega bo‘ldi. Fakultet dekani filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.Ziyaev. hozirda fakultetda filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili), filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili),   filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Unda uchta kafedra bo‘lib, ingliz tili va adabiyoti (kafedra mudiri – filologiya fanlari nomzodi S.O.Solijonov), fakultetlararo chet tili kafedrasi (kafedra mudiri – R.Soliev), nemis va fransuz tillari (kafedra mudiri – filologiya fanlari nomzodi M.Qahhorova) kafedralari faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur kafedralarda 7 nafar fan nomzodi, dotsentlar va 60ga yaqin yuqori malakali o‘qituvchilar talabalarga bilim bermoqdalar.

                Fakultetda ingliz tili va adabiyoti, nemis va fransuz tillari, fakultetlararo chet tillari, kafedralarida to‘qsondan ortiq professor-o`qituvchilar, shu jumladan, 1 nafar fan doktori, professor, 10 nafar fan nomzodi, dosentlar va 70 dan ortiq yuqori malakali o`qituvchilar talabalarga bilim bermoqdalar.
    2011 yilda "Lingvistika (nemis tili)", 2013 yilda "Lingvistika (ingliz tili)" mutaxassisligi bo`yicha magistratura ochildi.
                Fakultet talabalaridan 2 nafari Prezident stipendiyasi, 6 nafari Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo`ldi. Fakultetning 6 nafar talabasi "ACCELS" dasturi bo`yicha AQSH va Fransiyada tahsil olib qaytdilar, shuningdek Germaniya Gyote institutining Toshkent filiali yo`llanmasi bilan bir qator talabalar Germaniya oliy o`quv yurtlarida tahsil olib kelishdi. Fakultet professor-o`qituvchilari chet eldagi turli oliy o`quv yurtlarida ilmiy anjumanlarda qatnashmoqdalar va o`z malakalarini oshirmoqdalar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “Iste’dod” jamg’armasi grant sovrindori sifatida fakultet professor-o`qituvchilaridan 11 nafari Fransiya, Rossiya, Malayziya, Germaniya, Misr kabi rivojlangan davlatlarda malaka oshirib keldilar.


     

    KAFEDRALAR:

     

    Kafedra mudiri: Usmonova Dona Sotvoldiyevna

    1975 yilda Farg’ona shahrida tug’ilgan.

    Katta o’qituvchi

    Ish telefoni: (+99873) 244-61-49

    Uyali aloqa telefoni: (+99891) 650-99-52

    E-mail: chet tillari@fdu.uz

     


    Nemis va fransuz tillari
    Kafedra mudiri: Qahhorova Mavluda Mukarramovna

    1960 yil 10-noyabrda Fargo‘na shahrida tug’ilgan.

    Filologiya fanlari nomzodi.

    Ish telefoni: (+99873) 244-61-49

    E-mail: chet tillari@fdu.uz

     


     

    Fakultetlararo chet tili

    Kafedra mudiri: Soliyev Rahimjon Ibroximovich

    1965-yilda Bag’dod tumanida tug’ilgan

    Ish telefoni: (+99873) 244-61-49.

    Uyali aloqa telefoni: (+99890) 680-98-93.

    E-mail: chet tillari@fdu.uz

     

     

     

     

    INGLIZ TILI    VA ADABIYOTI KAFEDRASI
    Kafedra mudiri: Solijonov Sobirjon Otaxonovich

    Kafedra 1961 yilda tashkil etilgan. 2016-2017 o‘quv yilida kafedrada 37 nafar o‘qituvchilar ishlab kelmoqda, kafedra a’zolaridan; 4 nafari fan nomzodi, dotsent; 3 nafari katta o‘qituvchi; 30 nafar o‘qituvchi talabalarga bilim bermoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari ingliz tili fanining uch tarkibiy qismi hisoblangan Hozirgi ingliz tili, tilshunoslik nazariyasi, til tarixi, shuningdek uslubshunoslik muammolari bilan shug‘ullanadi.

    Kafedrada 2 ta yo’nalish 5220100- filologiya tillarni o’qitish (ingliz tili) va 5111400 - ingliz tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.

    Kafedra a’zolari ingliz tilini dolzarb muammolari bilan shug‘ullanadi. Kafedra ingliz tili mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.

    2013-2016- yillar davomida kafedra a’zolari turli mavzulardagi seminar-treninglarda ishtirok etib, o‘z malakalarinini oshirib kelmoqdalar. Jumladan, 2013-yildan buyon O‘zDJTUda Britaniya Kengashi tomonidan tashkillangan PRESETT seminar treningida kafedraning 20 dan ortiq professor-o’qituvchilari muvaffaqiyatli qatnashib sertifikatlar bilan taqdirlanib kelmoqdalar.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi № PQ-1875 Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2016 yil 30 martda Farg‘ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Til o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Anjumanda professor-o‘qituvchilar, iqtidorli talabalar, magistrantlar,mustaqil tadqiqotchilar, akademik litsey, kollej va maktab o‘qituvchilari o‘z maqolalari bilan ishtirok etdilar. Materiallar to‘plam holida nashr etildi.

    Kafedrada muntazam ravishda Respublika fan olimpiadasi g‘oliblari yetishib chiqmoqda.2015-2016-yillarda iqtidorli talaba H.Xatamov Respublika fan olimpiadasida faxirli 1-o’rinni egalladi.

    Kafedramizda 2015 yildan FDU qoshidagi Farg‘ona shaxar Akademik litseyi. Fdu qoshidagi 2-son AL va FDU qoshidagi 3-son AL da ingliz tili va adabiyoti kafedrasining filiallari ishga tushdi.

    NEMIS VA FRANSUZ TILLARI KAFEDRASI
    Kafedra mudiri: Qahhorova Mavluda Mukarramovna

    1962-yilda chet tillar kafedrasi sifatida tashkil topdi.

    1994 yildan boshlab fransuz tili yo‘nalishi tashkil etilib, kafedra nemis va fransuz tillari kafedrasi deb yuritila boshlandi.

    Nemis va fransuz tillari kafedrasi a’zolari qiyosiy tilshunoslik, nemis va fransuz tillari o‘qitishning dolzarb muammolari bilan samarali shug‘ullanib kelmoqda. Mustaqillik yillarida kafedrada 3 ta nomzodlik (O.Mamaziyaev, G.Isaqova, M.Qahhorova) dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi.

    Kafedra professor-o‘qituvchilari universitet talabalariga ilmiy-ijodiy izlanishlarida yaqindan ko‘maklashib keladilar. Ilmiy izlanish bilan shug‘ullanayotgan talabalar respublika, viloyat miqyosidagi ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etadilar. Nemis va fransuz tillari yo‘nalishi talabalari orasida qator Prezident stipendiyasi sovrindorlari, Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari, Respublika fan olimpiadasi g‘oliblari, Germaniya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan “Oratorlik” tanlovi va Fransiya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan “Fronkofoniya” bayrami g‘oliblari etishib chiqdi.

    Kafedrada Prezident stipendiyasi sovrindorlari, O‘zbekiston Respublikasi Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lgan.

    1983 yilda Madaminova Mavluda, 2005 yilda Mamarasulov Davron, 2011 yilda Axtyamov Azizboy, 2014 yilda Xasanova Ozodalar Prezident stipendiyasi sovrindorlari bo‘lgan bo‘lsalar 2011 yilda Kaxarov Qobiljon va Komilova Moxitabonlar Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lganlar.

    Kafedra tarixida Respublika muntazam ravishda fan olimpiadasi g‘oliblari etishib chiqmoqda. Siddiqova SHoira 1981 yilda, Kagirova Sveta 2002 yilda, Pozilova SHukiroy 2002 yilda, Axtyamov Azizboy 2010-2011-2012 yillarda,

    Sokolova Zarina 2014-2016 yillarda g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar.

    Bundan tashqari kafedraning iqtidorli talabalari Germaniya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan “Oratorlik” tanlovi g‘olibligini qo‘lga kiritmoqdalar. Axtyamov Azizboy 2011 yilda, Abdumalikova Zuxra 2012 yilda Sokolova Zarina 2013 yilda, 2016 yilda Muhamadjonova Dilshodalar g‘olib bo‘lganlar. Fransuz tili yo‘nalishining iqtidorli talabalari Fransiya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan “Fronkofoniya” bayrami g‘olibi bo‘lganlar Akbarov Oybek 2007 yilda, Umaralieva Nargiza 2008 yilda, Abduraxmonov Ravshan 2011 yilda bayram g‘olibi bo‘lganlar.

    2016-2017 o‘quv yilida kafedrada 13 nafar o‘qituvchilar ishlab kelmoqda, kafedra a’zolaridan: 1 nafari fan nomzodi, 1 nafari katta o‘qituvchi, 11 nafar o‘qituvchi talabalarga bilim bermoqda.

    Kafedra professor-o‘qituvchilari nemis va frantsuz tili fanining uch tarkibiy qismi hisoblangan tilshunoslik nazariyasi, til tarixi, shuningdek uslubshunoslik muammolari bilan shug‘ullanadi.

    Kafedra 5220102-nemis tili va 5220103-fransuz tili yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr hamda 5A220102-lingvistika (nemis tili) yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar ilmiy muassasalar hamda o‘rta ta‘lim maktablari, kollej va litseylar uchun nemis va frantsuz tili va adabiyoti o‘qituvchilari tayyorlaydi.

                Kafedra Germaniyaning Robert Bosh fondi bilan yaqindan aloqa o’rnatgan. 2015-2016 o’quv yilida germaniyalik nemis tili mutaxassisi Simona Helmshrott, 2016-2017 o’quv yilida esa Ingrid Landes faoliyat ko’rsatmoqda. U tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti, madaniyatlararo muloqot, mamlakatshunoslik kabi fanlardan mashg’ulotlar olib bormoqda.

     

    FAKULTETLARARO CHET TILI KAFEDRASI

    Kafedra mudiri: Soliyev Rahimjon

    Kafedra 1967 yilda tashkil etilgan.

    2012-2013 o‘quv yilida kafedrada 30 nafar o‘qituvchilar ishlab kelmoqda, kafedra a’zolaridan: 2 nafari fan nomzodi, dotsent, 10 nafari katta o‘qituvchi, 16 nafar o‘qituvchi talabalarga bilim bermoqda. Kafedra yo‘nalishi ingliz va nemis tili fanidan barcha fakultetlarda mashg‘ulotlar olib borish, chet tillarini o‘qitish metodikasi. Kafedra a’zolari barcha talabalarning chet tilidagi og‘zaki nutqini o‘rgatishda mutaxasislik bo‘yicha darslar olib boriladi. Kafedrani ilmiy tadqiqot ishlari chet tili o‘qitish metodikasi muammolari bilan shug‘ullanadi. 

     

     

  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016