Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Universitetda “Farg’ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda” nomli an’anaviy IV Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi bo’lib o’tdi || 16 may 2017 yil kuni Farg’ona davlat universiteti Psixologiya kafedrasi o’qituvchilari F.Soliev, M.Yuldasheva va SH.Omonovlar tomonidan Farg’ona shahar Huquqshunoslik kollejida “Yoshlar tarbiyasi – porloq kelajak mevasi" || Oila muqaddasdir || 2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida || “Talaba bahori - 2017” yoshlar festivali || RESPUBLIKA ОLIMPIАDА 2017 YAKUNLАRI

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 14
  • Arizalar: 9
  • Shikoyatlar: 2
  • Takliflar: 3
Ko`rib chiqilganlar: 14
Yo`naltirilganlar: 1
Ko`rilmoqda: 0

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • Biz haqimizda Fakultetlar

    Fizika-matematika fakulteti

    Fakultet dekani: Qodirov Komiljon Rahimovich

    1965 yil 24-oktabrda Farg`ona viloyati Oltiariq tumanida tug`ilgan.
    Fizika-matematika fanlari nomzodi.
    Ish telefoni: (+99873) 244-44-65.
    Uyali aloqa telefoni: (+99890) 407-55-94. 
    E-mail: fdu_fizmat_dekan@edu.uz

     


    Dekan o`rinbosarlari:

    O`rinov Halimjon  Hamdamjonovich

    1979 yil 20-iyunda Farg`ona viloyati Rishton tumanida tug`ilgan.

    Ish telefoni: (+99873) 244-44-65.
    Uyali aloqa telefoni: (+99894) 491-07-31.
    E-mail: : fdu_fizmat_zam_o_dekan@edu.uz


    Mamatqodirov Maxammadali Mamatisakovich

    1976 yil 2-fevralda Andijon viloyati Marxamat tumanida tug`ilgan.
    Ish telefoni: (+99873) 244-44-65.
    Uyali aloqa telefoni: (+99891) 120-12-04. 
    E-mail: maxammadali1976@mail.ru

    Fakultet manzili: 150100, Farg`ona shahri,
    Murabbiylar ko`chasi, 19-uy, 2-bino.
    Telefon: (+99873)  244-44-65.
    E-mail: fdu_fizmat_zam_m_dekan@edu.uz

     

    FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

    Fakultet 1930 yilda fizika-matematika nomi bilan ochilgan bo`lib, uning birinchi dekani R.K.Otajonov bo`lgan. O`sha davrda o`zbek va rus tillarida mashg`ulotlar o`tkazilgan va uning Marg`ilon, Andijon, Qo`qon shaharlaridagi kechki filiallari tashkil etilgan. Dastlabki yillardan boshlab faoliyat yurgizishgan professor A.V.Lankov, professor J.X.Karimov, M.A.Aliev, A.V.Sokolovskiy, N.N.Nazarovlar fakultetning ilmiy salohiyatini oshirishda salmoqli hissalarini qo`shganlar.
    Ayni paytda fakultetda differensial tenglamalar sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan maktab asoschisi professor J.X.Karimov bo`lsa, yarim o`tkazgichlar va dielektriklar fizikasi sohasida esa Respublikada xizmat ko`rsatga fan arbobi, fizika-matematika fanlari doktori, professor B.O.Otaqulovning maktabi salohiyatli ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
    Akademik Sh.Q.Farmonov, fizika-matematika fanlari doktorlari, professorlar M.Q.Qoraboyev, M.O`.G`ofurov, A.Q.O`rinov, E.A.Abdullayev, T.Mirzamaxmudov, Sh.B.Otaqulov, R.Ya.Rasulovlar shu maktabda tahsil ko`rishgan. Qator yillar davomida fakultetda I.I.Inomov, N.S.Sotvoldiev, H.Sobirova, T.So`fiyev, K.B.Boyqo`ziyev, Q.Sarimsoqov, T.Abduraxmonov, A.O`.Rahimov, R.G.Sigalov, S.Mahkamov kabi mamlakatimizda taniqli olimlar fidokorona mehnat qildilar.
    Fakultetda 4 ta kafedra faoliyat olib bormoqda:
    • Axborot texnologiyalari kafedrasi;
    • Matematika analiz va differensial tenglamalar kafedrasi;
    • Matematika kafedrasi;
    • fizika kafedrasi.
    Ularda differensial tenglamalar, funksional analiz, ehtimollar nazariyasi, tasodifiy hodisalar, matematik statistika, operatorlar algebrasi, matematikani o`qitish masalalari, mikroelektronika, nanooptika, nanoelektronika va fan o`qitish ulubiyoti sohalarida ilmiy ishlar olib borilmoqda.
    1962, 1973, 1983, 1995, 2005, 2011 yillarda ehtimollar nazariyasi hamda uning tatbiqlari bo`yicha, 1971, 1991, 1993 va 2001 yillarda differensial tenglamalar bo`yicha halqaro simpozium-kollokviumlar bo`lib o’tdi. 1996 yilda "Uchish apparatlarining monitoringi", 1999 yilda "Yarim o`tkazgich yupqa qatlamlarda foto-termo va tenzo samaralar" mavzularida xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy anjumanlari o`tkazildi.
    Fakultetda professor-o`qituvchilar tomonidan ko`plab darslik, yuzlab ilmiy, ilmiy-uslubiy qo`llanma va ko`rsatmalar nashrdan chiqarildi. Mustaqillik yillarida fakultetda 6 doktorlik va 12 nomzodlik dissertasiyalari himoya qilindi; professor o`qituvchilar tomonidan 200 dan ortiq ilmiy uslubiy ishlar chop ettirildi; fakultetning uch nafar talabasi hamda bir nafar aspiranti prezident stipendiyasi, to`rt nafar talabasi davlat stipendiyasi sovrindorlari bo`ldilar; bir nafar talabasi "Umid" jamg`armasi orqali AQShda tahsil olib qaytdi.
    2000 yilda professor R.Ya.Rasulov "Shuhrat" medali sohibi bo`ldi.
    1991 yilda "Hususiy hosilali buziladigan differensial tenglamalar va tasodifiy miqdorlar yig`indisi uchun limit teoremalar" ilmiy laboratoriyasi (rahbarlari: prof.A.Q.O`rinov, dosent M.Akbarov) faoliyat ko`rsatgan.
    2002 yil O`zR FA fundamental tadqiqotlarini qo`llab quvvatlash fondi bo`yicha "Sohaning ichida va chegarasida buziladigan matematik-fizika tenglamalari uchun masalalar", "Tasodifiy maydonlar uchun limit teoremalar va tasodifiy joylashishlarning turli xarakteristikalari" mavzularida tanlov g`oliblari bo`lishdi.
    Ayni paytda 55 million so`m hajmdagi fan va texnologiyalar markazi granti bo`yicha professor-o`qituvchilar va iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
    Fakultetni K.O.Otajonov, G.T.Sokolov, X.O`.O`rmonov, I.I.Inomov, J.X.Karimov, T.S.So`fiyev, Q.B.Boyqo`ziev, N.S.Sotvoldiyev, Q.S.Sarimsoqov, Q.X.Xolmatov, Q.X.Shabadikov, X.N.Qosimov, B.O.Otaqulov, A.O`.Rahimov, G`.X.Xoshimov, K.U.Usmanov, H.O.Olimov, E.M.To`xtasinov, R.Ya.Rasulov, X.N.Qosimov(qaytadan), A.T.Abduqodirovlar boshqarishgan.
    Hozirda fakultet dekani fizika-matematika fanlari nomzodi K. Qodirov.

    Fakultetda bakalavriatning quyidagi yo`nalishlari bo`yicha mutaxassislar tayyorlanadi:
    - Matematika o`qitish metodikasi
    - Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi
    - Informatika o`qitish metodikasi
    - Kasb ta`limi (informatika va axborot texnologiyalari)
    - Mehnat ta’limi.

     

    KAFEDRALAR:

    Fizika

    Kafedra mudiri: Onarqulov Karimberdi Egambediyevich

    1958 yil 7-mayda Farg`ona viloyati Beshariq tumanida tug`ilgan.

    Fizika-matematika fanlari doktori, professor.

    E-mail: onarqulov@mail.ru

     Matematika

    Каримов Шахобиддин Туйчибоевич

    Kafedra mudiri: Karimov Shaxobiddin To`ychiboyevich

    1964 yil 18-yanvarda Farg’ona viloyati Rishton tumanida tug’ilgan.

    Fizika-matematika fanlari nomzodi. 
    E-mail: shkarimov@umail.uz

     

    Matematik analiz va differentsial tenglamalar

    Kafedra mudiri: Rafiqov Abdurasul Nabiyevich

    1972 yil 10-noyabrda Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida tug`ilgan.

    Fizika-matematika fanlari nomzodi.

    E-mail: rafiqov72@mail.ru

     

     Axborot texnologiyalari kafedrasi

    Kafedra mudiri: Haydarov Ibrohim Usmonaliyevich 

    1983 yil 9-fevralda Farg`ona viloyati Qo`shtepa tumanida tug`ilgan.

    Fizika-matematika fanlari nomzodi.

    E-mail: ibrohimbek@umail.uz

     

     

    FIZIKA KAFEDRASI

    1. K.E.Onarqulov – Fizika – matematika fanlari doktori, professor
    2. R.Ya.Rasulov – Fizika – matematika fanlari doktori, professor
    3. S.M.Otajonov - Fizika – matematika fanlari doktori, dotsent
    4. M.Sobirov – Fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent
    5. M.B.Nabiyev – Fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent
    6. Y.Usmonov – Texnika fanlari nomzodi, dotsent
    7. Sh. Yakubova – Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
    8. B.X. Karimov – Fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent
    9. T.Axmedov – Fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent
    10. M.Axmedov – Texnika fanlari nomzodi, dotsent
    11. D.Yusupova - Fizika – matematika fanlari nomzodi, katta o’qituvchi
    12. M.Rahmonqulov - Fizika – matematika fanlari nomzodi, o’qituvchi
    13. V.R.Rasulov – O’qituvchi
    14. S.Zaynolobidinova – O’qituvchi
    15. Sh. Toirov – O’qituvchi
    16. A.Yuldashev – O’qituvchi
    17. Q.G’aynazarova – O’qituvchi
    18. O.Erkaboyev – O’qituvchi
    19. N.Alimov – O’qituvchi
    20. N.Nosirov – O’qituvchi
    21. Q.Botirov – O’qituvchi
    22. X.Qodirov – O’qituvchi
    23. Z.Xusanov – O’qituvchi
    24. B.Abdullayev – O’qituvchi
    25. B.Axmedov – O’qituvchi

    Kafedra mudiri: Onarqulov Karimberdi Egambediyevich

    Fizika kafedrasi 1930 yilda Farg’onada pedagogika instituti tashkil qilingandayoq o’z faoliyatini boshlagan.

    Kafedrani 1930-1937 yillarda professor Ye.E.Sirotin boshqargan. 1937-1946 yillar fizika kafedrasining mudiri lavozimida S.T.Tursunov faoliyat yuritib keldi. 1946-1960 yillarda fizika kafedrasini R.G.Sigalov boshqardi. 1961-1973 yillarda kafedraga B.O.Otaqulov rahbarlik qildi. 1973 yilda kafedra “Nazariy fizika” va “Umumiy fizika” kafedralariga bo’lingach “Nazariy fizika” kafedrasiga 1973-1986 yilgacha professor E.Abdullaev, 1987-1990 yilgacha professor A.U.Raximov, 1990 yildan 1991 yilgacha professor Sh.B.Atakulov mudirlik qilganlar. 1991-1993 yillarda professor N.X.Yuldashev, 1993-1997 yillarda dotsent G’.Xoshimov, 1997 yildan 2004 yilgacha professor R.Ya.Rasulov mudirlik qilganlar.

             2005 yildan 2006 yil gacha dotsent M.I.Ubaydullaev kafedrani boshqargan. 2006 yildan 2007 yilga qadar professor R.Ya.Rasulov kafedraga mudirlik qilgan.

    “Umumiy fizika” kafedrasini 1973-1982 yillar dotsent E.I.Bilyalov, 1982-1987 yillarda dotsent T.Azimov, 1987-1997 yillarda E.A.Abdullaev, 1998-2002 yillarda professor K.E.Onarqulov, 2002-2007 yillarda professor Yu.Po’latov boshqargan.

    2007 yildan kafedralar birlashib, “Fizika” kafedrasini 2007-2009 yillarda f.m.f.d. S.M.Otajonov, 2009-2011 yillarda professor R.Ya.Rasulovlar mudirlik qilgan, 2011 yildan boshlab professor K.Onarqulov kafedraga rahbarlik qilmoqda.

    Fizika kafedrasining olimlari tomonidan qilingan kashfiyotlar uchun 100 dan ortiq mualliflik guvohnomasi va patentlar olingan. Hozirgi kunda kafedrada “Yarimo’tkazgichlarda kinetik hodisalar”, “Nazariy fizika”, “Polimerlar fizikasi”, “Muqobil energiya turlari”, “Yarimo’tkazgichlar asboblarga tashqi ta’sirlarni o’rganish” sohalari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Har yili kafedra olimlari turli ilmiy tadqiqot ishlari tanlovlarida ishtirok etishmoqda va xo’jalik shartnomalari asosida tadqiqot ishlarini davom ettirmoqdalar.

    Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 2 ta darslik (B.O.Otaqulov, A.U.Raximov “Klassik mexanika”, “Elektrodinamika va nisbiylik nazariyasi” 2 tomlik), 2 ta o’quv qo’llanma (G`.Xoshimov, N.Yuldashev, R.Ya.Rasulov “Kvant mexanikasi”, B. Otaqulov, K.Onarqulov va boshqalar “Molekulyar fizika”), 10 dan ortiq monografiyalar chop ettirilgan.

    Fizika kafedrasi professor-o’qituvchilaridan fizika-matematika fanlari doktori professor B.Otaqulovga 1977 yilda “Mehnat qizil bayroq” ordeni, 1981 yilda Respublikada xizmat ko’rsatgan fan arbobi faxriy unvoni, 1988 yilda fizika-matematika fanlari doktori professor K.E.Onarqulov va texnika fanlari nomzodi, dotsent M.M.Ahmedovlar O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi mukofoti sovrindori, 2004 yilda fizika-matematika fanlari doktori, professor R.Ya.Rasulov “Shuhrat medali”, 2006 yilda dotsent M.Ahmedov O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi ko’krak nishoni, 2009 yil 24 avgustda kafedra dotsenti M.B.Nabiev Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi nishoni sovrindori bilan taqdirlanganlar.

    Kafedrada yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash bo’yicha aspirantlar Yu.E.Salenko, A.Avliyaev va V.R.Rasulovlar bakalavrlar o’rtasida Respublika Prezidenti stipendiyasi sohiblari, talabalar: B.Polvonov, G’.Raxmatov, V.R.Rasulov, Sh.B.Karimov, Sh.Yo’ldoshqorilar davlat stipendiyasi sovrindori bo’lganlar.

     

    MATEMATIKA KAFEDRASI

    1. Karimov Shaxobiddin Tuychiboevich – fizika-matematika fanlari, nomzodi, dotsent.
    2. Ne’matov Islom – fizika-matematika fanlari, nomzodi, dotsent.
    3. Yusupova Anora Karimovna – fizika-matematika fanlari, nomzodi, dotsent.
    4. Azizov Ergash Yuldashevich – fizika-matematika fanlari, nomzodi, dotsent.
    5. Mamadaliev Botirjon Muaallimovich – katta o‘qituvchi
    6. G‘afforov Raxmatjon Abdukaxxorovich – katta o‘qituvchi
    7. Kukieva Sayyora Sayidakbarovna – o‘qituvchi
    8. Mirzakarimova Nigora Mirzaxakimovna – o‘qituvchi
    9. Juraboev Saidakbar Solijonovich –o‘qituvchi
    10. Nishonboev Azizbek Solijonovich – o‘qituvchi
    11. Nabijonova Feruza Baxtiyor qizi – o‘qituvchi
    12. Abdumannopov Muxammadsohib Muxammadyusuf o‘g‘li - o‘qituvchi
    13. Shelgunova Ilmira Rashidovna - kabinet mudiri

    Kafedra mudiri: Karimov Shahobiddin Tuychiboyevich

    Kafedrada 12 ta prоfessоr-o‘qituvchilar o‘quv, ilmiy va uslubiy ishlarini оlib bоrishmоqda. Kafedra chiqaruvchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi kafedradir. Chiqaruvchi kafedra sifatida asоsan matematika va amaliy matematika yo‘nalishlari uchun algebra, geоmetriya, diskret matematika, ehtimоllar nazariyasi, matematik statistika kabi fanlardan va maxsus kurslardan ta’lim bermоqda. Xizmat ko‘rsatuvchi kafedra sifatida iqtisоdiyot, kasb ta’limi, jismоniy tarbiya, filоlоgiya, tasviriy san’at va chizmachilik yo‘nalishlari talabalari uchun matematika, оliy matematika, matematik lingvistika, chizmachilik kabi fanlardan mashg‘ulоtlar оlib bоrmоqda.  
    Kafedrada ehtimollar nazariyasi va matematik statiatika mutaxassisligi bo’yicha magistratura faоliyat ko‘rsatmоqda.

    Kafedraning yaratilishi va rivоjlanish tarixi: Farg‘оna davlat pedagоgika institutida 1931 yilda matematika fakulteti оchilgan bo‘lib, uning tarkibida yagоna kafedra, ya’ni algebra va matematik analiz kafedrasi оchilgan. Uning birinchi kafedra mudiri L.V.Lankоv (1931-1934 yillar) bo’lgan. Keyingi kafedra mudirlari 1934-1937-yillarda prоfessоr Ye.N.Sumnevich, 1937-1950 yillar dоtsent Sоkоlоv, 1951-1987 yillar davоmida O‘zbekistоn Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbоbi, prоfessоr J.X.Karimоv mudirlik qilgan. Qatоr yillar davоmida kafedrada fizika-matematika fanlari nоmzоdlari, dоtsentlar I.Inomоv, N.Sotvоldiev, X.Sobirоv, T.So’fiev, K.Boyqo‘ziev, M.Mamatоv, K.Sarimsoqоv, T.Abduraxmanоvlar faоliyat ko‘rsatganlar.
    Matematika o’qitish metodikasi kafedrasi Farg‘оna davlat universiteti tashkil tоpgan 1991 yildan buyon mavjud bo’lib, turli yillarda turlicha nоmlanib kelingan. Kafedra оchilgan paytida jami 4 ta fan nоmzоdi, dоtsentlar ishlagan bo‘lsa, hozirda 5 ta fan nоmzоdi, jumladan 4 nafar dоtsentlar mehnat qilmоqdalar.
    Kadrlar tayyorlash bo’yicha spetsifikasi: Kafedra matematika o’qitish metodikasi yo‘nalishi bakalavr tayyorlash bo‘yicha chiqaruvchi kafedra hisоblanadi.

    Yo’nalish va mutaxasisliklar nоmi:

    Bakalavriatning yo‘nalishi matematika o’qitish metodikasi.

     

     MATEMATIK ANALIZ VA DIFFERENTSIAL TENGLAMALAR  KAFEDRASI

     

    Kafedra tarkbi:

    1. A.Q.O‘rinov –fizika – matematika fanlari doktori, professor
    2. Z.A.Axmedov – fizika – matematika fanlari nomzodi, dosent
    3. X.N.Qosimov – fizika – matematika fanlari nomzodi, dosent
    4. N.S.Ikromova– o‘qituvchi
    5. K.S.Xalilov– o‘qituvchi
    6. Sh.T.Nishonova– o‘qituvchi
    7. M.S.Azizov – o‘qituvchi
    8. Sh.Oripov– o‘qituvchi

    Kafedra mudiri: Rafiqov Abdurasul Nabiyevich

    Matematik analiz va differentsial tenglamalar kafedrasi Farg’ona davlat universiteti rektorining 1993 yil 20 oktyabrdagi 471- "L"  buyrug’i bilan Differentsial tenglamalar nomi bilan  tashkil etilgan va 2013 yil 21 fevraldagi №47  buyrug’i bilan uni nomi matematik analiz va differentsial tenglamalarga o’zgartirildi.

                Kafedra fizika-matematika fanlari doktori, professor A.Q.O’rinov rahbarligida ish boshlab, uning birinchi a’zolari fizika-matematika fanlari nomzodlari Z.A.Axmedov, T.G.Ergashev, X.N.Qosimov, SH.T.Karimov, katta o’qituvchi I.Bakirov,  katta laborant G.Mavlyudovalardir.

             Kafedraga differentsial tenglamalar, matematik fizika tenglamalari, matematik analiz, variatsion hisob va optimallashtirish usullari, vektor va tenzor analiz, kompleks o’zgaruvchili funktsiyalar nazariyasi, maxsus fanlar biriktirilgan. Shu yilning o’zida kafedra qoshida A.Q.O’rinov rahbarligida "Differentsial tenglamalar va uning ba’zi tatbiqlari" nomli ilmiy-uslubiy seminar ish boshladi. (Hozirda seminar kengaytirilib “Differentsial tenglamalar va unga turdosh matematik sohalarning dolzarb muammolari” deb nomlangan.) Kafedrada kichik kutubxona mavjud bo’lib unda kafedra yo’nalishi bo’yicha ilmiy izlanish olib borish uchun zarur bo’lgan ilmiy uslubiy adabiyotlar, iliy jurnallar, referativ jurnallar va boshqa adabiyotlar mavjud.

          Kafedrada 5A130101- matematika mutaxasisligi bo’yicha  magistratura mavjud.

         Hozirgi kunga qadar kafedra tomonidan differentsial tenglamalar  mutaxasisligi bo’yicha 40 dan ortiq magistr tayyorlangan bo’lib, ulardan 5 tasi nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli ximoya qilishdi,  10 nafari Farg’ona davlat universitetning turli bo’limlarida ishlash bilan bir qatorda ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqdalar. Qolganlari ham xalq ho’jaligining turli sohalarida mehnat qilmoqdalar.

           Hozirgi kunda kafedrada 9 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatadi. Ulardan 1 nafari fan doktori, professor, 4 nafari fan nomzodlari (ulardan 3 nafari dotsentlar), 5 nafari o’qituvchi, 1 nafar kabinet mudirasi.

                O’tgan davr mobaynida kafedrada 14 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi, 10 ta monografiya, 9 ta o’quv qo’llanma, 12 ta uslubiy qo’llanma va ko’rsatma, 600 dan ortiq ilmiy maqolalar ehlon qilindi. Kafedra tashabbusi bilan "Aralash va buziladigan turdagi differentsial tenglamalar" mavzusidagi, "Ehtimolliklar nazariyasi va differentsial tenglamalarning dolzarb muammolari" mavzusidagi, «Matematik fizika va informatsion texnologiya-larning zamonaviy muammolari» mavzusidagi xalqaro ilmiy konferentsiyalar tashkil etildi.

    Kafedrada fizika-matematika fanlari doktori, professor A.Q.O’rinov rahbarligida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2012-2016 yillarga mo’ljallangan F-4-59-raqamli “Ikkinchi tartibli chiziqli singulyar koeffitsientli xususiy hosilali differentsial tenglamalar uchun boshlang’ich va chegaraviy masalalar” mavzusidagi fundamental tadqiqotlar loyihasi amalga oshirildi.

     

     

      

    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI

    1. Haydarov Ibroxim           -       kaf. mud
    2. Mirzakulov Abdurasul     -       dotsent
    3. Tojiev Toxir                   -       dotsent
    4. Turdimatov Ma’murjon   -       dotsent
    5. Yo‘ldashova Gulbaxor        -       kat. o’qituvchi
    6. Raximov Kuvatali             -      kat.o’qituvchi
    7. Ibragimov SHavkat           -       kat. o’qituvchi
    8. Ismoilov Axror                -        kat. o’qituvchi
    9. Ro‘zaliev SHerzod              -       o’qituvchi
    10. Juraev  Voxid                  -       o’qituvchi
    11. SHarofudinov Iqbol         -       o’qituvchi
    12. Turdaliev Sodiqjon         -      o’qituvchi
    13. SHermatova Xilola            -      o’qituvchi
    14. Sidiqov Mavlonjon         -        o’qituvchi
    15. Farmonov SHerzod           -       o’qituvchi
    16. Toshboltaev Faxriddin   -       o’qituvchi
    17. Umarov Bekzod                   -      o’qituvchi
    18. Ulikov SHukurullo              -     o’qituvchi
    19. Axmedov Axror                  -       o’qituvchi
    20. Tojmamatov Isroil           -      o’qituvchi
    21. Mamatova Zilola               -      o’qituvchi
    22. Bilolov Baxtiyor               -       o’qituvchi
    23. Juraev Otabek                 -       o’qituvchi
    24. Askarova SHaxlo                -       o’qituvchi
    25. Muqimova Zulxumor             -     o’qituvchi
    26. Otaxonava Baxrixon          -      o’qituvchi
    27. Otaxonov Alisher               -      o’qituvchi
    28. Onarqulov Maqsadjon         -     o’qituvchi
    29. Mulaev Baxtiyor                  -      o’qituvchi
    30. Raxmatov Odil                   -       o’qituvchi
    31. Alidjonova Muxtasar         -      kab. mudiri

    Kafedra mudiri: Haydarov Ibrohim Usmonaliyevich

    «Axborot texnologiyalari» kafedrasi 2015 yil 26-martda fizika matematika fakulteti tasarrufidagi «Amaliy matematika va informatika” kafedrasi bazasida tashkil topgan. 
    Kafedra «Informatika o`qitish metodikasi» va «Kasb ta`limi (Informatika va axborot texnologiyalar)» yo`nalishlari bo`yicha chiqaruvchi kafedra hisoblanadi. 
    Kafedra informatika hamda axborot texnologiyalari fanlari bo`yicha universitetning barcha bakalavr va magistratura yo‘nalishlariga xizmat qiladi.

    Hozirgi kunda kafedra  5110700 – Informatika o’qitish metodikasi bo’yicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta’limning ta’lim dasturi asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashg’ulotlarini to’liq o’zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqqiyatli o’tgan shaxsga “bakalavr” malakasi (darajasidagi) hamda oliy ma’lumotli to’g’risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi.

    Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi.

    -          Kasbiy ta’lim didaktikasi;

    -          Kasbiy ta’lim pedagogikasi va tashxis texnologiyasi;

    -          O’qitishning didaktik vositalari;

    -          Ta’limning electron vositalari;

    -          O’rta maxsus, kasb-xunar ta’lim tizimidagi o’rni va ro’li;

    Ushbu yo’nalishni bitirgan shaxslar quydagi kasbiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkun.

    -          O’qituvchilik -  umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida informatika va axborot texnologiyalari o’qituvchisi bo’lib ishlash;

    -          Tarbiyachilik - umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bo’lib ishlash;

    -          O’quv-metodik – mos ta’lim yo’nalishlari bo’yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo’lib ishlash va boshqalar;

    -          Ilmiy tadqiqot – muassasalarida kichik ilmiy xodim bo’lib ishlash va boshqalar;

    Bundan tashqari ushbu yo’nalishni bitirgan shaxslar quydagi talimni davom ettirishlari mumkun.

    Bakalavr kasbiy tayyorgarlikdan kegin turdosh ta’lim yo’nalishlarining magisrtaturada mutaxasisliklar bo’yicha ta’limning vakolatli davlat organi tomonidan aniqlanadigan ikki yildan kam bo’lmagan muddatda magistraturada o’qishni davom ettirishi mumkun. Bundan tashqari pedagagik faoliyatni olib borganda o’z malakasini xar uch yilda oshirib turishi kerak.

    Kafedrada yuqorida keltirilgan professor-o’qiyuvchilar quyidagi ilmiy yo’nalishlar bo’yicha izlanishlar olib bormoqdalar:
    • Axbоrоt texnоlоgiyalari, hisоblash matematikasining zamоnaviy uslublarini o`rganish va tatbiq qilish;
    • Infоrmatika va kоmpyuter texnоlоgiyalarining o`qitilishini takоmillashtirish muammоlarini o`rganish;
    • Tarmоqlarda ma`lumotlar xavfsizligini himоyalash muammоlarini o`rganish;
    • Zamоnaviy dasturlash tillari imkоniyatlarini amaliy matematika yo`nalishiga tatbiq etish;
    • Elektrоn darslik va qo`llanmalarni yaratishda yangi texnik va dasturiy ta`minоtni qo`llash;
    • Hisоblash texnikasi element va qurilmalarining yangi namunalarini yaratish kabi yo`nalishlar kafedra jamоasining ilmiy izlanishlarini belgilaydi.

  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016