Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Universitetda “Farg’ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda” nomli an’anaviy IV Respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasi bo’lib o’tdi || 16 may 2017 yil kuni Farg’ona davlat universiteti Psixologiya kafedrasi o’qituvchilari F.Soliev, M.Yuldasheva va SH.Omonovlar tomonidan Farg’ona shahar Huquqshunoslik kollejida “Yoshlar tarbiyasi – porloq kelajak mevasi" || Oila muqaddasdir || 2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida || “Talaba bahori - 2017” yoshlar festivali || RESPUBLIKA ОLIMPIАDА 2017 YAKUNLАRI

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 14
  • Arizalar: 9
  • Shikoyatlar: 2
  • Takliflar: 3
Ko`rib chiqilganlar: 14
Yo`naltirilganlar: 1
Ko`rilmoqda: 0

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • Biz haqimizda Fakultetlar

    Tarix fakulteti

     

    Fakultet dekani : Ahmadjon Salomonov Muqaddasovich

    Tarix fanlari nomzodi.
    Ish telefoni: (+99873) 224-90-14.
    Uyali aloqa telefoni: (+99873) 279-23-12. 
    E-mail: gumanitar@fdu.uz

     


    Dekan o`rinbosari: Jo`rayev Husniddin Fazliddinovich 

    1980 yil 2-sentyabrda Farg`ona viloyati, Oltiariq tumanida tug`ilgan.

    Ish telefoni: (+99873) 224-90-14.

    Uyali aloqa telefoni: (+99891) 663-69-90.

    E-mail: gumanitar@fdu.uz

    Fakultet manzili: 150100, Farg`ona shahri,
    Murabbiylar ko`chasi, 19-uy,
    Telefon: (+99873) 224-90-14.
    E-mail: gumanitar@fdu.uz

     

    FAKULTET HAQIDA UMUMIY MA`LUMOT

    Fakultet 1932 yilda tashkil tоpgan. 2011 yildan Tarix fakulteti deb nomlandi. Unda «Tarix»,  «Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi» yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi. Fakultetda «Tarix», «Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi» va «Falsafa»  kafedralari faоliyat ko‘rsatmоqda.

    Fakultetda 3 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda 84 nafar prоfessоr-o‘qituvchilar faоliyat ko‘rsatmоqda. Ularning 5 nafari fan dоktоri, prоfessоr, 24 nafari fan nоmzоdi, dоtsentlar bo‘lib, ilmiy darajalar sоni umumiy kоntingentga nisbatan 37% ni tashkil etadi. Shuningdek, 51 nafar yuqоri malakali o‘qituvchilar faоliyat ko‘rsatmоqda.

    Hоzirgi kunda fakultetda 2 ta yo‘nalish bo‘yicha bakalavr, 1 ta mutaxassislik bo‘yicha magistr tayyorlanmоqda. Tarix va falsafa kafedrasi qоshida aspirantura faоliyat ko‘rsatmоqda.

    1991-2012 yillarda 15 ta nоmzоdlik va 5 doktorlik dissrtatsiyasi himоya qilindi. 1978 yilda «Umumiy tarix» mutaxassisligi bo‘yicha aspirantura ochilgan bo`lib, hozirda "Vatan tarixi" mutaxassisligi bo`yicha faoliyat ko`rsatmoqda. 2002 yilda esa «Vatan tarixi» mutaxassisligi bo‘yicha magistratura оchildi.

    “Marg’ilоn shahri Qadimgi sivilizatsiyalar tizimida” mavzusida 2007 yil fevral oyida Respublika ilmiy seminari bo’lib o’tdi.

    2007 yil 26-aprel kuni “Istiqlоl davrida оila qadriyatlarining transfоrmatsiyalashuv jarayonlari” mavzusida ilmiy nazariy anjuman bo’lib o’tdi.
    2009 yil 18-may kuni «Farg’ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda» mavzusida Respublika ilmiy anjumani bo’lib o’tdi va anjuman materiallari to’plam holida chop etildi.

    Prоfessоr-o‘qituvchilar tоmоnidan yillar davomida 990 ta ilmiy-uslubiy ishlar, 6 ta darslik va o`quv qo`llanma, 65 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 15 ta mоnоgrafiya chоp etildi.

    Fakultetning 7 nafar talabasi A.Navоiy nоmidagi davlat stiendiyasini оlishga muvоffaq bo‘ldilar. 2 nafar talaba O`zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi.

    2011 yil Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi kafedrasida 2 ta, Tarix kafedrasida 1 ta va Falsafa kafedrasida 1 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

     

    KAFEDRALAR:

    Tarix

    Kafedra mudiri: Mirsoatova Sayyora

    1963 yil 9-may kunida Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida tug`ilgan.

    E-mail: gumanitar@fdu.uz

     

    Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi

    Kafedra mudiri: Normatova Dildora Esonaliyevna

    1972 yil 17-oktyabrda Farg`ona viloyati, Shohimardonobod qishlog`ida tug`ilgan.

    Falsafa fanlari nomzodi

    E-mail: gumanitar@fdu.uz

     

    Falsafa
    Kafedra mudiri: Arzimatova Inoyatxon Madimarovna

    1969 yil 18-sentyabrda Rishton tumanida tug`ilgan.

    Falsafa fanlari nomzodi

    E-mail: arzimatova1969 gmail.com   

     

     

     

    TARIX KAFEDRASI

    Kafedra mudiri: Mirsoatova Sayyora

    Univеrsitеtning tariх kafеdrasi 2007 yilning avgust оyida jahоn tariхi va O’zbеkistоn tariхi kafеdralarini birlashtirish asоsida tashkil etildi.

    Kafеdrada 20 nafar o’qituvchi faоliyat ko’rsatmоqda. Ulardan 3 nafari fan dоktоri, prоfеssоr, 10 nafari fan nоmzоdi, dоtsеntlar, 4 nafari katta o’qituvchilardir.

    Tarix kafеdrasi bakalavriatning 5220200 “Tariх (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha)” yo’nalishi va magistraturaning 5A220201-“Vatan tariхi” ixtisosligi uchun mutaхassis chiqaruvchi kafеdra hisоblanadi. Shu bilan birga kafеdra prоfеssоr-o’qituvchilari nоtariх yo’nalishlarida “O’zbеkistоn tariхi” fanidan dars bеradilar.

    Kafеdra jamоasi o’quv jarayonini takоmillashtirib bоrib, nazariy va amaliy mashg’ulоtlarda aхbоrоt tехnоlоgiyalaridan fоydalanishga harakat qilmоqdalar. 2005-2008-yillar davоmida 2 ta elеktrоn darslik yaratildi. Охirgi 3 yil davоmida kafеdraning yеtakchi prоfеssоrlari T.A.Egambеrdiеva va M.Isоmiddinоvlar tоmоnidan 2 ta o’quv qo’llanmasi va 6 ta o’quv-uslubiy ko’rsatmalar chоp etildi. Hоzirdа S. Mirsоаtоvа vа N. Аlimоvаlаr dissertatsiоn tadqiqоtlar ustida samarali ish оlib bоrmоqdalar.

    Kafеdra faoliyatida ilmiy-tadqiqоt ishlari ham muhim o’rin tutadi. Охirgi uch yilda 4 ta mоnоgrafiya, 64 ta ilmiy maqоla (shu jumladan 2 tasi хоrijiy nashrlarda), 70 dan оrtiq ilmiy ma’ruza tеzislari e’lоn qilindi. Kafеdra prоfеssоr-o’qituvchilari qatоr rеspublika va хalqarо ilmiy kоnfеrеnsiyalarida faоl ishtirоk etib, ushbu anjumanlarida ilmiy ma’ruzalar qildilar. Kafеdra tashabbusi bilan qadimgi Qubо shahrining tariхi va Marg’ilоn shahrining 2000 yilligiga bag’ishlangan rеspublika ilmiy sеminarlari o’tkazilib, ushbu sеminarlar matеriallari alоhida kitоblar shaklida chоp etildi. 2009 yil 18 may kuni Fаrg’оnа dаvlаt univеrsitеtidа “Fаrg’оnа vоdiysi tаriхi yangi tаdqiqоtlаrdа” mаvzusidа rеspublikа ilmiy аnjumаni o’tkаzildi vа аnjumаn mаtеriаllаri kitоb shаklidа nаshr qilindi.

    Kafеdrada iqtidоrli talabalar bilan ishlashga ham alоhida e’tibоr bеrilmоqda. Охirgi 3 yilda iqtidоrli talabalar tоmоnidan 30 ga yaqin ilmiy maqоlalar e’lоn qilindi. 2005 yilda tariх yo’nalishi talabasi Farruх Arslоnzоda O’zbеkistоn Rеspublikasi davlat stipеndiyasi sоvrindоri bo’ldi. U 2007 yilda magistrant sifatida ham ushbu tanlоvda ishtirоk etib, ikkinchi marta O’zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеnti davlat stipеndiyasi sovrindori bo`ldi.

    Tariх kafеdrasi jamоasi vilоyat, shahar va univеrsitеt miqyosidagi ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarda ishtirоk etmоqdalar. Ular mеhnat jamоalari, o’quv yurtlari, harbiy qismlar va mahallalarda оlib bоrilayotgan tadbirlarda faol qatnashib kеlmоqdalar. Kafеdra prоfеssоr-o’qituvchilari tariхiy va ma’naviy-ma’rifiy mavzularda vilоyat va rеspublika оmmaviy aхbоrоt vоsitalari оrqali chiqishlar qilmоqdalar.

    M.H. Isоmiddinоv O’zbekistоn fanlar akademiyasi Аrxeоlоgiyasi instituti bilan Fransiya ilmiy izlanishlari Milliy Markazi o’rtasida tuzilgan shartnоmaga muvоfiq “So’g’dni qadimgi va o’rta asrlardagi tarixi va madaniyatini o’rganish” bo’yicha tuzilgan xalqarо arxeоlоgik ekspeditsiyaga rahbarlik qiladi. Ekspeditsiya shu kungacha Samarqand shahridagi qadimgi shahar xarоbasi Аfrоsiyob yodgоrligini Samarqand shahridan 35 km shimоlda jоylashgan Ko’ktepa yodgоrligini, Qashqadaryo vоhasining yuqоri оqimida jоylashgan, ilk temir davriga оid Sangirtepa yodgоrliklarida hamda Qashqadaryo bilan Surxоn vоhalarini bir-biridan ajratib turadigan tоg’ tizmasining ustidan tushgan yunоn-baqtriya va kushоnlar davriga оid mudоfaa devоrini qazish va o’rganish ishlarida ishtirоk etdi.

    M.H. Isоmiddinоv Italiyadagi Ravenna universiteti bilan Аrxeоlоgiya instituti o’rtasida tuzilgan shartnоmaga muvоfiq Samarqand vоhasidagi arxeоlоgik yodgоrliklarini qaytadan kоmpyuter xaritasiga jamlash bo’yicha “Tempus” granti asоsida qatnashmоqda.

    M.H. Isоmiddinоv 2008 yil 16-17 оktyabrda Qоzоg’istоnning Shimkent shahrida bo’lib o’tgan “Yevrооsiyo materigidagi urbanizatsiya jarayonlarini va Shimkent shahrining yoshi” nоmli xalqarо ilmiy-amaliy kоnferensiyasida “Sug’d va Isfidjab” nоmli ma’ruza bilan qatnashdi.

    2010 yil 28-29 mаy kunlаri Buхоrоdа bo’lаdigаn “XIX аsr охiri – XX аsr bоshidа Buхоrоdаgi mаdаniy, ijtimоiy vа siyosiy hаyot” mаvzusidаgi ilmiy аmаliy kоnfеrеntsiyagа kаfеdrаdаn t.f.n. R. Аrslоnzоdа, N. Qоdirоvаlаrning “Sаdriddin Аyniyning “Esdаliklаr”i tаriхiy mаnbа sifаtidа”, А. Sаlmоnоv, E. Mаhmudоvlаrning “Buхоrо Хаlq Rеspublikаsidа vаqf mulklаri аhvоli”, R.Аkbаrоv, N. Ergаshеvlаrning “Turkistоndа pаrlаmеntchilik g’оyalаrining pаydо bo’lish tаriхidаn (Аhmаd Dоnishning “Nаvdоir ul-vаqое’” аsаri аsоsidа)”, N. Hаmаеv, N.Ergаshеvlаrning “Dаvriy mаtbuоt sаhifаlаridа Buхоrоdаgi sоvеt rеjimigа qаrshi kurаsh tаlqini” nоmli mаqоlаlаri jo’nаtildi.

     

    MILLIY G’OYA, MA`NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA`LIMI KAFEDRASI
    Kafedra mudiri: Normatova Dildor Esonaliyevna

    Farg’ona Davlat universiteti yuridik fakulteti 1991 yil tashkil topgan. Dastlab fakultetda «Huquqshunoslik», «Huquqshunos pedagog» va «Xo’jalik xuquqi» bo’yicha diplomli mutaxassislar tayyorlanib kelingan. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan 1999 yil 2-iyunda tasdiqlangan V-380100 namunaviy o’quv rejasi va davlat ta’lim standartiga muvofiq fakultetda «Huquq bakalavri» va «Huquq, milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari» o’qituvchilari mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlangan.
    Fakultetda 3 ta maxsus kafedralar mavjud bo’lib, ular: «Jinoyat huquqi va protsessi», «Fuqarolik huquqi va protsessi» hamda «Konstitutsiyaviy huquq» kafedralari edi. Keyinchalik «Fuqarolik va jinoyat huquqi», «Huquqshunoslik» va «Milliy istiqlol g’oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari» kafedralari mavjud bo’lgan.
    Kafedra 1991 yildan faoliyat ko’rsatib kelgan yuqorida ko’rsatib o’tilgan fakultet kafedralari asosida tashkil etildi. Kafedra tarkibidagi yo’nalish O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining «Vazirlik tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida huquqshunos kadrlar tayyorlashni takomillashtirish to’g’risida»gi 2002 yil 12 fevral 42-sonli buyrug’i asosida tashkil etilgan.
    Universitet ma’muriyati tomonidan «Universitetning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to’g’risida»gi 2004 yil 10 noyabr kuni 242-«L» sonli buyrug’i bilan Milliy istiqlol g’oyasi, huquq va ma’naviyat asoslari kafedrasi deb nomlana boshlandi.
    “Oliy o’quv yurti kafedrasi to’g’risidagi Nizom” talablariga moslashtirish maqsadida 2011-yil 15 avgustda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan universitet tashkiliy tuzilmasi hamda ilmiy kengashning 2011-yil 26 avgustdagi 1-sonli yig’ilish bayonnomasiga asoslanib “Milliy g’oya va ma’naviyat” kafedrasi “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi nomiga o’zgartirildi hamda Pedagogika fakulteti tarkibidan Tarix fakulteti tarkibiga biriktirildi.
    Universitet rektorining 2011 yil 13 dekabr 133-K buyrug’i bilan tarix fanlar nomzodi Salmonov Ahmadjon Muqaddasovich “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

    2013 yildan boshlab  falsafa fanlar nomzodi Normatova Dildor Esonaliyevna “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 

     

    2013 yilda 4 kurs talabasi Farhodjonova Nodira A.Navoiy stipendiyasi sohibasi bo’ldi.

    2013 yilda "Universiada -2013" sport musobqasining belbog`li kurash bo`yicha yo`nalish talabasi Nizomov Zuhriddin bronza medali sohibi bo`ldi.

    2014 yilda yo`nalish talabasi Mirzayev Xomidjon "Farg`ona ta`limi xabarlari" gazetasining "Ijodkor talaba yoshlarni izlaymiz"ko`rik tanlovida "Eng yaxshi publisistik maqola" yo`nalishi g`olibi bo`ldi. 

    2015  yilda Respublik Ma`naviyat va ma`rifat kengashining "Yuksak ma`naviyatli avlod" festivali doirasidagi ko`rik tanlovining "Eng yangi tarix bilimdoni" yo`nalishi bo`yicha yo`nalish talabasi Ibrohimov Farhod I-darjali diplom bilan taqdirlandi. 

    2015 yilda 4 kurs talabasi Ibroximov Farxodjon A.Navoiy stipendiyasi sohibi bo’ldi. 

    2015 yil oktiyabr oyida "Yilning eng faol ma`navyat targ`ibotchisi" ko`rik tanlovining hududiy bosqichida kafedra o`qituvchisi Abdulhamidov Muhammadjon birinchi o`rinni, "Ma`naviyat bilimdoni" ko`rik tanlovida kafedra o`qituvchisi Iminov Begzod Begijonovich ikkinchi o`rinni egalladi.

    2016 yil O`zbekiston Respublikasi mustqilligining 25 yilligi munosabati bilan kafedra o`qituvchisi Yuldashev Serobjon "O`zbekiston Respublikasi mustqilligining 25 yilligi " ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.

    2016 yil  oktiyabr oyida "Yilning eng faol ma`navyat targ`ibotchisi" ko`rik tanlovining hududiy bosqichida kafedra o`qituvchisi Abdulhamidov Muhammadjon birinchi o`rinni,  Respublika bosqichida uchinchi o`rinni egalladi.

    2017 yil 24 mart kuni "O`zbekistonda diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashning dolizarb masalalari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konfrensiyasi o`tkazildi.

     

    Milliy istiqlol g’oyasi, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasida professor-o’qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari

     

    FALSAFA KAFEDRASI

    Kafedra mudiri: Arzimatova Inoyatxon Madimarovna

    Farg‘ona davlat universiteti Falsafa kafedrasining tarixi mazkur oliygohning tashkil topish va yuksalish bosqichlari bilan  bevosita bog‘liqdir. 1930 yili vodiyda to‘ng‘ich oliy pedagogika o‘quv yurti – Farg‘ona davlat pedagogika institutining tashkil etilishi bilan o‘sha davr ruhida tarix, falsafa, siyosiy iqtisod, etika singari ijtimoiy fanlarni o‘qitishni yo‘lga qo‘yish uchun mamlakatning yirik shaharlaridan N.I.Kachanovskiy, YA.A. Kukuliev, I.M.Presnuxin, F.M.Burnashev singari olimlar ishga taklif etiladi.

    O‘tgan asrning XX asarning 30-yillarida institutning “Ijtimoiy fanlar asoslari” kafedrasiga professor N.V.Filin rahbarlik qiladi. Dastlabki yillarda institut talabalari ijtimoiy fanlarni maxsus tarjimonlar orqali o‘qib o‘zlashtirganlar. Bunda F.M.Burnashev, R.M. Usmonov singari mohir tarjimonlar yaqindan yodam berganlar.

    Xalqimizning boshiga og‘ir musibatlar keltirgan ikkinchi jahon urushi endigina qaddini rostlayotgan ijtimoiy fanlar asoslari kafedrasi jamoasining osoyishta va tinch hayotiga ham rahna soldi: kafedra a’zolarining ko‘pchiligi urushga ketadilar. 1942-1944 yillari kafedrada S. D. Kunitskiy, I. S.Turkenich, I.P.Pankov, R.M. Usmonov, A.S.Gurtovenko, B.F.Farmonov va boshqa professor-o‘qituvchilar ishlaganlar.

    Urushdan keyingi yillari kafedrada I. S.Turkenich, X. R. Sahobutdinova,  I. N.To‘xtamishev, R. M. Usmonov, O. F. Fayozova, S. S. Soatov, S. Husnitdinov, M. D. Musaev, V. F. Solodovnikov, T. Javliev, T. SH. SHaripov, F. U. Astafev va boshqalar mehnat qilishgan. 50-yillarning oxiridan boshlab ijtimoiy fan asoslari kafedrasiga ikkinchi jahon urush ishtirokchisi dotsent Turdi SHaripov rahbarlik qila boshlaydi. SHu yillari kafedra a’zolari safiga Samarqand davlat universitetini tugatgan YO. Toirov, M. Usmonov, O‘rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan A.Alimuhamedov, M. Husanboev singari yoshlar kelib qo‘shiladi.

    1962 yili Farg‘ona davlat pedagogika instituti ijtimoiy fanlar asoslari kafedrasi negizida 3 ta - Falsafa  (mudiri – falsafa fanlari nomzodi, dotsent T.SH.SHaripov);  Siyosiy iqtisod (mudiri – M. Mavlonberdiev); Partiya tarixi (mudiri – tarix fanlari nomzodi O.F.Fayozova)  kafedralari tashkil topadi.

    Falsafa kafedrasi jamoasi (T. SH. SHaripov, A.Muhsinov, O‘. Toshtemirov, R. M. Usmonov, M. Usmonov, A.Alimuhamedov, YO.Toirov, M. Husanboev, L.E.Gorelkina, I.I.Turchaninov, H.Tovasharov, R.SHonazarov) ilmiy salohiyatini yuksaltirishda talay yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Kafedra 1964 yildan boshlab Falsafa va ilmiy kommunizm kafedrasi nomi bilan  yuritila boshlandi. 1963-1966 yillarda kafedra qoshida maqsadli aspirantura tashkil etiladi. Bu, albatta, ijtimoiy fanlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis-kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

    1970 yilning oktyabridan boshlab Falsafa kafedra negizida Falsafa kafedrasi (mudiri – falsafa fanlari nomzodi, dotsent M. Husanboev) va Ilmiy kommunizm (mudiri – falsafa fanlari nomzodi, dotsent T.SH.SHaripov) kafedrasi tashkil topadi. Bu davrda kafedrada A.Alimuhamedov, M.Usmonov, R.Usmonov, A. Muhsinov, U.Toshtemirov, R. SHonazarov, M.Abdullaev, S.Karimova, F.Ergashev, E.Normatov, A. YUnusov, L. Adushkin va boshqalar faoliyat ko‘rsatgan.

    SHuni ta’kidlash kerakki, kafedrani yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar bilan ta’minlashda T.SHaripov katta faollik ko‘rsatadi, yosh o‘qituvchilarni sobiq Ittifoqdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari qoshidagi aspiranturalarga o‘qishga yuborishga rahnamolik qiladi. Ayni vaqtda Leningrad va Moskvadan yuqori malakali F. U. Astafev, V. Mixaylov kabi olimlar kafedraga ishga taklif qilinadi.  

    Turdi SHaripov Farg‘onada o‘ziga xos Falsafa maktabining shakllanishi va rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadi, ilmiy kadrlar tayyorlashda alohida tashkilotchilik ko‘rsatadi. Uning bevosita tavsiya va yo‘llanmasi bilan YO.Toirov, M.Toshpo‘latov, T.Ma’murzaqov, V.Sin, H. Po‘latov, H.Qo‘shoqov va boshqalar Rossiya oliy o‘quv yurtlari, M.Usmonov, M.Husanboev, A.Alimuhamedov, R.SHonazarov, E.Normatov, H. Tovasharov, M.Abdullaev, T.Abdullaev, A.YUnusov, N.Sobirov, F. Ergashev, A.Abdullaev, M.Raximov, F.Turg‘unboev, B.Nomonjonov va boshqalar respublika ilmiy markazi aspiranturalarida o‘qish uchun yuboriladi.

    T.SH.SHaripovning tashabbusi bilan Rossiyaning etuk faylasuf olimlari bilan mustahkam ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. P.P. Amelin,  V. S. Semenov, M. F. Ovsyannikov, A.Anufriev, S.P.Kovalev, V. N. Kiselev, A.S.Kurilev, B.A.CHagin, A.A.Galaktionov, V.P.Fedotov, V.YA. Elmeev, A.K.Belix, G.A.Podkoritov, V.I.Klushin kabilarning ilmiy rahbarligida oliy dargohda faoliyat ko‘rsatgan va  ko‘rsatayotgan  ko‘plab fan doktorlari va nomzodlari etishib chiqadi. SHuningdek, respublikamizning atoqli faylasuf olimlari – I.M.Mo‘minov, E.YU.YUsupov, M.M.Xayrullaev, S.SH. SHermuhamedov, Q.X.Xonazarov, H.P. Po‘latov, A.Q.Valiev, O.P.Umurzoqova, A.S.Agaronyan,  A. O. Ortiqov,  A.Abdusamedov va boshqalar kafedraning ilmiy darajali kadrlar tayyorlash ishiga salmoqli  hissa qo‘shdilar.

    SH.SHaripovning sa’y-xarakatlari va tashkilotchiligi tufayli kafedrada dialektika, bilish nazariyasi, ijtimoiy falsafa, mehnatning ijtimoiy muammolari, falsafa tarixi, dinshunoslik, etika, estetika, politologiya bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis-kadrlar jamoasi tashkil topadi. Kafedrani yosh kadrlar bilan muntazam  ravishda to‘ldirib borishga alohida e’tibor berildi. Uning tarkibiga R.Xoliqnazarov, M.G‘afurov, A.S.Legay, O.Umarjonov, E.Hakimov, Q.Ro‘zmatzoda kabi iste’dodli yoshlar kelib qo‘shildi.

    Kafedrada asosan oltita fan tarmog‘i (dialektik materializm, tarixiy materializm,  etika, estetika,  dinshunoslik va ilmiy ateizm, mantiq) bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borildi. Bu fanlardan yuqori malakali mutaxassislar A.Muhsinov, M.Husanboev, YO.Toirov, A.Alimuhamedov, R.Usmonov, M.Usmonov, M.Abdullaev, S.Karimova, L.E. Gorelkina  T.Ma’murzaqov, F.Ergashev,  L.Reshetina kabi professor-o‘qituvchilar ma’ruzalar o‘qidi, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

    Kafedrada shakllangan ilg‘or ilmiy-tadqiqotchilik an’analarini davom ettirish va rivojlantirishda uzoq yillar uni boshqargan falsafa fanlari nomzodi, dotsent M.Husanboevning xizmatlari katta bo‘ldi. Uning rahbarlik davrida falsafa tarixi, estetika, etika, dinshunoslik bo‘yicha ko‘plab monografik tadqiqotlar va o‘quv qo‘llanmalari yaratildi, dissertatsiyalar himoya qilindi.                                                        

    Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamisha ustuvor vazifa bo‘lib keldi va hozir ham bu an’ana muvaffaqiyatli davom ettirilmoqda. Kafedra a’zolari tomonidan asosan  yoshlarning ilmiy dunyoqarashi, ong darajasi, madaniyati va ma’naviyatini o‘stirish bilan bog‘liq muammolarga bag‘ishlangan keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi, ijtimoiy va tabiiy fanlarning metodologik muammolarini ishlab chiqishga katta e’tibor berildi. Bularning natijasi o‘laroq  kafedrada turli yillarda faoliyat ko‘rsatgan T.SHaripov (1980), O‘.Toshtemirov (1980), YO.Toirov (1981), G.Hamidova (1982), M.Nishonov (1992), T.Abdullaev (1992),  M.Abdullaev (1994), M. Rahimov (1994), A.YUnusov (1995), A.S.Legay (1997), A. Yo‘ldoshev (2000), F.Turg‘unboev (2006) kabi olimlar doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

    Mustaqillik yillarida Falsafa kafedrasi faoliyati yanada kengaydi, uning negizida dastavval “Madaniyatshunoslik”, keyinchalik “Ma’naviyat va ma’rifat asoslari” kafedralari tashkil topadi. Falsafa kafedrasining etuk professor-o‘qituvchilaridan bir qismi mazkur kafedraga o‘tib ishlay boshlaydilar. Kafedraga dastavval professor M.Abdullaev, keyin falsafa fanlari nomzodi, dotsent O.Umarjonov, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Z.U. Ismoilovalar rahbarlik qilishdi.

    Istiqlol yillarida kafedrada yuksak malakali ilmiy kadrlar tayyorlash ishiga alohida e’tibor berildi. M.Abdullaev “Estetik madaniyatning o‘ziga xosligi va  taraqqiyotining asosiy omillari” (1994), M. Rahimov “Bozor iqtisodiyoti shakllanishi sharoitida mehnatga yangicha munosabatning sotsial muammolari” (1994), A. Legay “Mustaqillik sharoitida ko‘pmillatli davlatning ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyoti” (1997) mavzularida doktorlik,  B.Xolmatova "Ma’naviy madaniyat va uning bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonidagi taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari " (1997), Z.Ismoilova "O‘zbekiston mustaqilligi sharoitida qishloq  turmush tarzi yangilanishining siyosiy-iqtisodiy va ma’naviy omillari" (1999),  Z.Asrarova  "SHaxs ehtiyojlari va ularning falsafiy tahlili" (2003), Z.Sobirova "Jamiyat ma’naviy hayoti yangilanishida badiiy-estetik omillarning o‘rni" (2004), N.O‘rinboev “Barqaror taraqqiyotni ta’minlashda sog‘lom turmush tarzining o‘rni” (2005), A.Qambarov “Jamiyatning ma’naviy yangilanish jarayonida ilmiy qadriyatlarning roli” (2006), Z.Boytemirova “SHaxs axloqiy ehtiyojlarini shakllantirish omillari”(2008), B.Tolipov “SHaxs iqtisodiy madaniyatida moddiy va ma’naviy omillar uyg‘unligi”(2009), F.Ibragimova “O‘zbekistonda badiiy madaniyatning yangilanish jarayonlari” (2009), I.Arzimatova “SHaxs estetik madaniyati yuksalishida ijtimoiy-ma’naviy omillarning o‘rni”(2011) mavzuida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.

    Milliy mustaqillik kafedraning har tomonlama yuksalish va ravnaq topishida yangi davrni boshlab berdi. Kafedra a’zolari ijtimoiy fanlarni o‘qitishning yangi, ilg‘or konsepsiyasini ishlab chiqish, o‘zgargan davr ruhiga mos darslik, o‘quv qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari yaratishga alohida e’tibor berdilar. “Falsafa”, “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”idan o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalar yaratishda YO.Toirov, Q.Ro‘zmatzodalar ishtirok etishdi. SHuningdek, chet ellik faylasuflarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishga ham e’tibor berildi. M.Abdullaev tomonidan Gegelning “Estetika” asarining birinchi jildi tarjima qilindi. Undan ayrim boblar “Falsafa va huquq”, “Jahon adabiyoti”, “FDU ilmiy xabarlari” jurnallarida e’lon qilindi. 2012 yilda esa ushbu  asar “O‘zbekiston Faylasuflari Milliy Jamiyati” nashriyoti tomonidan to‘liq  chop etildi.

    Toirov, M.Abdullaev, H. Po‘latov, F.Turg‘unboev, Q.Ro‘zmatzoda, A.Qambarov va boshqalar respublika miqyosida chop etilgan “Falsafa: Qomusiy lug‘at” (Toshkent, “SHarq”, 2004), “G‘arb falsafasi” (Toshkent, 2004, “SHarq”) kabi yirik tadqiqotlarning hammualliflaridir. Mustaqillik yillarida kafedra a’zolari tomonidan "Falsafa kursining ayrim masalalari" (1-2 kitob), "Falsafa tarixi", "Istiqlol va bunyodkorlik dasturi", "Ma’naviyat", "Madaniyatshunoslik", "Madaniyatshunoslik asoslari", "Vvedenie v kulturologiyu", "Vvedenie v etiku", "Filosofiya", "Logika", "Estetika tarixi", "Ma’naviyat va madaniyat tarixi", "Falsafa"(ma’ruzalar matni), "Milliy istiqlol g‘oyasini o‘rganishning ba’zi masalalari" kabi o‘nlab risolalar yaratildi, "Estetika" (Toshkent,“Uzinkomsentr”, 2003), "Kulturologiya" (Toshkent, “YAngi asr avlodi”, 2004, 2006), "Ma’naviyat asoslari" (Toshkent, “SHarq” 2005), “Madadaniyatsnunoslik asoslari” (Tosnkent, “Turon-Iqbol”, 2006), “Manaviat asoslari” (Toshkent, “CHo‘lpon” 2006, 2007), "Osnovы estetiki" (Toshkent, “CHo‘lpon”, 2007), “Ijtimoiy falsafa” (Farg‘ona, 2009) kabi o‘quv qo‘llanmalar chop etildi. SHuningdek, “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar”, "Ijtimoiy fikr", “Jamiyat va boshqaruv”, “Xalqaro munosabatlar”, “Qonun himoyasida”, “Qonun va hayot”, "Guliston", "Muloqot", "Sog‘lom avlod uchun", “Xalq ta’limi", “Falsafa va huquq”, “Jahon adabiyoti”, “O‘zMU xabarlari” kabi   respublika, shuningdek, “Aspirant i soiskatel”, “Voprosы gumanitarnыx nauk”, “Problemы ekonomiki”, “Problemы sotsialnogo issledovaniya” (Moskva), “Nauka, Obrazovanie, Texnika” (Kirg‘izistan Respublikasi) kabi jurnallarda kafedra a’zolarining ko‘plab ilmiy, uslubiy maqolalari e’lon qilindi.

    Keyingi yillar, ayniqsa ilmiy tadqiqotlar sohasida sermahsul bo‘ldi. M.Abdullaevning “Estetik madaniyat: nazariy-metodologik jihatlar” (Toshkent, “Fan”, 2007), Z.Sobirovaning “Jamiyat yangilanishida badiiy-estetik omillar” (Toshkent, “Falsafa va huquq” nashriyoti, 2007), B.Tolipovning “SHaxsning iqtisodiy madaniyati” (Toshkent, “Fan”, 2007), tadqiqotchi Z.Boytemirovaning “Axloqiy ehtiyojlar” (Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2007), F.Ibragimovaning “Badiiy madaniyat yangilanishining iqtisodiy omillari” (Toshkent, “Fan” nashriyoti, 2007), I.Arzimatovaning “Estetik madaniyat” (Toshkent, «Fan” nashriyoti, 2007), Z.Sobirova, M.Bahromovalarning ”Iskusstvo kak esteticheskoe yavlenie” (Tashkent: Izd.-vo Instituta filosofii i prava AN RUz, 2007), “Estetik madaniyat va ma’naviy kamolot (Toshkent, “Falsafa va huquq” nashriyoti, 2009), A.Qambarovning “Ma’naviyat va ilmiy qadriyatlar” (Toshkent, “Falsafa va huquq” nashriyoti, 2009), M. Abdullaev, B.Xolmatovaning “SHaxs ehtiyojlari va ma’naviyat” (Toshkent, “Falsafa va huquq” nashriyoti, 2010), N.Sobirovning “Vatanparvarlik, yoshlar va adabiyot” (“Falsafa va huquq” nashriyoti, T., 2010), “Farg‘ona vodiysi ijtimoiy-iqtisodiy  va madaniy hayotida nemis ishbilarmonlarining xissasi” (“Fan” nashriyoti, T., 2011) kabi monografiyalari, shuningdek, A.Abdumalikovning “Informatsion madaniyat” (Farg‘ona. 2012), I.Siddiqovning “Intellektual madaniyat” (T., 2013), B.Xolmatovaning “Ma’naviy madaniyat: ijtimoiy taraqqiyotdagi ahamiyati” (Farg‘ona, 2014), B.Xolmatova, Z.Ismoilovalarning “Mustaqillik sharoitida turmush tarzi yuksalishining ijtimoiy-falsafiy asoslari” (Farg‘ona, 2014), B.Xolmatova, I.Siddiqovlar “Innovatsion faoliyatning ijtimoiy-falsafiy asoslari” (Farg‘ona, 2014), I.Siddiqov, A.Abdumalikovlarning “Informatsion tahdidlarga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” (Farg‘ona, 2014) mavzusidagi ilmiy risolalari, B.Xolmatova, I.Arzimatovalarning “SHaxs estetik kamolotini shakllantirish omillari”(Farg‘ona, 2012), I.Toirovning “Madaniyat va sivilizatsiya – aloqadorlik va rivojlanish dialektikasi” (Farg‘ona, 2013) nomdagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari chop etildi. Keyingi 4-5 yil ichida kafedra professor-o‘qituvchilari Rossiya va yaqin xorij mamlakatlari jurnallarida o‘zilarining 20 dan ziyod ilmiy maqolalarini e’lon qildilar. SHu bilan birga kafedra a’zolari ko‘plab respublika va xalqaro konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

    2007 yilda o‘quv, ilmiy va tarbiyaiy ishlar sohasidagi muvaffaqiyatlari uchun kafedra O‘zbekiston Faylasuflar jamiyati Prezidiumi Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

    Kafedra ko‘plab oliy o‘quv yurtlari ijtimoiy fanlar kafedralari bilan yaqin hamkorlik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti Falsafa fakulteti kafedralari, Qirg‘iziston Respublikasi Batken universiteti, respublikamizning deyarli barcha universitetlari Falsafa kafedralari bilan mustahkam aloqa bog‘lagan. Kafedrada O‘zbekistonning atoqli faylasuflari S.SHermuhamedov, O.Fayzullaev, Q. Xonazarov, A. Abdusamedov, T. Mahmudov, Q. Nazarov, I. Karimov, H.Aliqulov, R.Nosirov, E.Umarov, Rossiya Fanlar Akademiyasi Sotsiologiya Markazi etakchi ilmiy xodimi, Rossiya tabiiy fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor A. YUnusovlar bilan ilmiy hamkorlikda qator ilmiy ishlar amalga oshirilgan.

    Kafedraga turli yillarda A. N. Filin (1930-1931), F. M. Burnashev (1931-1937;1939-1941), I. M. Presnuxin (1937-1939), S. D. Kunitskiy (1942-1944), I. S. Turkenich (1945-1955), T.SHaripov (1956-1970; 1982-1992), M. Husanboev (1972-1982), T.Ma’murzaqov (1992-1994), E. Normatov (1995-1996), M.A. Abdullaev (1996-2010), B.T.Xolmatova (2011-2014), A.A.Qambarov (2014-2016)lar mudirlik qildilar.

    2016 yil sentyabr oyidan boshlab kafedraga falsafa fanlari nomzodi, dotsent I.M. Arzimatova rahbarlik qilib kelmoqda.

    Hozirda kunda kafedrada jami 10 kishidan iborat professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Ulardan, 1 ta fan doktori, professor, 3 ta fan nomzodlari va dotsentlar, 1 ta katta o‘qituvchi, 5 tasi o‘qituvchilardir. Kafedra professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 45 yosh, ayollar soni – 1 ta, erkaklar soni – 10 ta, ilmiy salohiyat 40 % ni tashkil etadi.

    2009-2010 yillarda “YOsh avlodni yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashning innovatsion omillari va amaliy vositalari” mavzudagi davlat granti asosida 18 mln. so‘m hajmida tadqiqot ishlari olib borildi.

    FarDU “Ijtimoiy faoliyat nazariyasi va uslubiyoti” kafedrasi mudiri A.Qambarov rahbarligida 2012-2013 yillarga mo‘ljallangan “Zamonaviy barkamol shaxs tarbiyasida oqilona turmush tarzini shakllantirishning innovatsion omillari” mavzusidagi davlat grantida kafedra o‘qituvchisi A.G‘ulomov faol ishtirok etgan. Ushbu grant bo‘yicha 56 mln.so‘m hajmida tadqiqot ishlari olib borildi.

    Xozirgi kunda falsafa fanlari nomzodi, dotsent A.Qamborov rahbarligida 140 mln. so‘mga mo‘ljallangan “O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati” mavzusidagi (a’zolari: I.Arzimatova hamda I.Siddiqov) amaliy loyiha ustida ish olib bormoqdalar

    Xozirgi kunda FarDU “Falsafa” kafedrasi o`qituvchisi A.G`ulomov rahbarligida "Yoshlarda informatsion madaniyatni shakllantirishning ijtimoiy tarmoqlardagi mafkuraviy tajovuzlarga qarshi kurashdagi o`rni va ahamiyati" mavzusidagi (a’zolari: kafedra o‘qituvchilari I.Siddiqov, kafedra KIXI si A. Abdumalikov va A.Aloxunov) amaliy loyiha ustida ish olib bormoqdalar.

    2015 yil kafedra dotsenti, falsafa fanlari nomzodi, I.Arzimatova Ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun  O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandi.

     Kafedradagi mustaqil tadqiqotchilar haqida ma’lumot

    1. Kafedra katta o‘qituvchisi, f.f.n. A.Qambarov “Fanning qadriyatga aylanish jarayoni va barkamol inson uchun kurashning falsafiy muammolari” mavzusida doktorlik ishini olib bormoqda. (Ilmiy maslahatchi: f.f.d., professor I.Karimov). Himoya 2015 yilga mo‘ljallangan.
    2. Kafedra o‘qituvchisi A.Abdumalikov Globallashuv sharoitida shaxsda informatsion madaniyatni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ishini tugatgan. (Ilmiy maslahatchi: f.f.d., professor N. Hakimov). Himoya 2016 yilga mo‘ljallangan.
    3. Kafedra katta o‘qituvchisi I.Toirov “Sotsialno-filosofskie aspektы sivilizatsionnogo razvitiya Uzbekistana” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ishini tugatgan. (Ilmiy maslahatchi: f.f.d.,prof.T.U.Abdullaev). Himoya 2016 yilga mo‘ljallangan.
    4. Kafedra o‘qituvchisi I.Siddiqov “SHaxsning intellektual madaniyati: ijtimoiy-falsafiy tahlil” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ishini tugatgan. (Ilmiy maslahatchi: f.f.doktori., professor N. Hakimov). Himoya 2016 yilga mo‘ljallangan.
    5. Kafedra o‘qituvchisi A.G‘ulomov “SHaxs ekologik ongi shakllanishida axloqiy va estetik omillarning o‘zaro ta’sir xususiyatlari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ishini tugatgan. (Ilmiy maslahatchi: f.f.d., professor S.Mamashokirov). Himoya 2016 yilga mo‘ljallangan.

    2017-yilda kafedra dotsenti, falsafa fanlar nomzodi  I. Arzimatova  yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish, ularga fan asoslarini o`rgatishdagi jonkuyarligi, samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Farg`ona davlat universiteti rektorining Faxriy yorlig`i bilan mukofotlandi.

    Kafedra o`qiyuvchisi I. Siddiqov 2016-yil 30-dekabr kuni mustaqil izlanuvchi institutiga qabul qilindi.

    Kafedra katta ilmiy xodim izlanuvchisi A.Abdumalikov "Fuqarolik jamiyati sharoitida shaxs informatsion madaniyatini shakllantirish" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini tugallab himoya uchun ilmiy kengashga topshirdi

  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016