Farg`ona davlat universiteti

rasmiy veb saytiga xush kelibsiz!

Yangiliklar: Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori РhD.27.06.2017.К.05.01- raqamli ilmiy kengashning 1-yig‘ilishi o‘tkazildi. || Ilmiy daraja beruvchi PhD.27.06.2016.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash ochildi || Фарғона давлат униерситетида 2017/2018-ўқув йили қабулини ташкил этиш бўйича МАЪЛУМОТ || Farg’ona davlat universitetida professor-o’qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarining nashr ettirilish holati. || O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi to’g’risida || Ilmiy kengash faoliyati to’g’risida

Asosiy ma`lumotlar


Elektron murojaatlar natijalari

Jami murojaatlar: 26
  • Arizalar: 18
  • Shikoyatlar: 3
  • Takliflar: 5
Ko`rib chiqilganlar: 26
Yo`naltirilganlar: 7
Ko`rilmoqda: 0

Diqqat!

Dasturlash bo`yicha o`quv kurslariga taklif etamiz!

Ishonch telefoni

(+99873)244-44-91

Biz ishtirok etayotgan xalqaro loyihalar







Foydali havolalar

Bizning manzilimiz


  • Biz haqimizda Fakultetlar

    Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet

    Fakultet dekani: Hakimov Dilshodjon Rahmonaliyevich
    1975 yilda Farg‘ona vilоyati Farg`ona shahrida tug‘ilgan.
    Iqtisod fanlari nоmzоdi.
    Ish telefоni: (+99873) 244-44-23.
    E-mail: frsueconom@mail.ru

     


    Dekan o‘rinbоsari: Xasanov Ilyos Mahmudovich 
    1974 yilda Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumanida tug’ilgan.
    Ish telefоni: (+99873) 244-44-23.
    E-mail: frsueconom@mail.ru

     

     


     

    Dekan o‘rinbоsari: Rajabov O`tkirjon Xursanaliyevich
    1986 yilda Sirdaryo viloyati Mehnatobod tumanida tug’ilgan.
    Ish telefоni: (+99873) 244-44-23.
    E-mail: rajabov_77@mail.ru

    Fakultet manzili: 150100, Farg’оna shahri,
    Murabbiylar ko‘chasi 19-uy.
    Telefоn: (8373) 244-44-23
    E-mail: frsueconom@mail.ru

     

    FAKULTET HAQIDA MA’LUMOT

    Fakultet 1991 yilda tashkil topgan bo‘lib, dastlab uning tarkibida iqtisodiy va sotsial rejalashtirish, iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish, iqtisodiy kibirnetika va metematik modellashtirish, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, bozor nazariyasi va amaliyoti hamda chet tili kafedralari faoliyat ko‘rsatgan.

    2006 yil iyun oyida universitet rektori buyrug’iga asosan iqtisodiyot fakultetiga ijtimoiy-iqtisodiy fakultet nomi berildi.

    1991-2012 yillarda 2 ta doktorlik, 10 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan so’nggi 3 yil davomida 500 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar e’lon qilindi. Fakultetda 5 ta ilmiy to’garak va 2 ta disput-klub faoliyat olib bormoqda. Kafedralarda har oyda ilmiy seminarlar o’tkazib kelinmoqda. So’nggi uch yilda fakultetda respublika darajasidagi 8 ta ilmiy-amaliy va 1 ta xalqaro darajadagi ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.

    1991-2012 o‘quv yillarida 19 nafar talaba Ulug’bek, Navoiy va Beruniy nomli Davlat stipendiyalari sovrindori, 1 nafar talaba Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo‘ldi. Fakultet talabalari “Mehr nuri”, “Fond forum”, “Kelajak ovozi” tanlovlarida faol ishtirok etishmoqda.

    1991-2012 yilarda 23 nafar fakultet talabalari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Umid" jamg`armasi, "ACCELS", "SOROS", "TEMPUS" loyihalari granti asosida dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil oldilar.

    2005-2011 yillarda fakultet o‘qituvchilari A.Asraqulov Shanxay, X.Sattorova Malayziya, I.Madalieva va B.Xolmatovlar Janubiy Koreyaning Xandong Global universitetida «Iste’dod» jamg’armasi granti sovrindorlari sifatida malaka oshirib qaytdilar. 2007 yilning yanvar oyida talaba A.Mo‘minov Yaponiyada malaka oshirib qaytdi.

    2008 yilda dotsent A.Yunusov tomonidan «TEMPUS» loyihasi doirasidagi grantni qo‘lga kiritdi va bu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

    2010 yilda bir guruh fakultet professor-o`qituvchilari dotsent A.Yunusov rahbarligida «TEMPUS» dasturi doirasida "UnIvEnt" - "Korxonalarga innovatsiyalar transferida universitetlar rolini oshirish" nomli loyiha granti qo`lga kiritildi va bugungi kunda loyiha doirasida faoliyat olib borilmoqda.

    2011 yili dotsentlar A.O‘rinov va D.Hakimovlar «Iste’dod» jamg’armasi granti sovrindorlari sifatida Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirdilar.

     

    KAFEDRALAR:

    Iqtisodiyot

    Kafedra mudiri: Olimova Nodira Xamrakulovna 
    1975 yil 26-iyunda Farg’оna vilоyati, Farg`ona shahrida tug’ilgan.
    Iqtisоd fanlari nоmzоdi.
    Ish telefоni: (+99873) 244-44-23.
    E-mail: frsueconom@mail.ru

     

    Iqtisodiyot nazariyasi

    Kafedra mudiri: O’rinov Akmaljon Ahmadjonovich 
    1975 yil 16-dekabrda Farg’оna viloyati Rishton tumanida tug’ilgan. 
    Iqtisоd fanlari nоmzоdi, dotsent.
    Ish telefоni: (+99873) 244-44-23. 
    E-mail: frsueconom@mail.ru

     

    Ijtimoiy ish

    Kafedra mudiri: Abdurahmonova Manzura Manafovna
    1967-yil 15-avgustda Farg`ona viloyati Farg`ona shahrida tug’ilgan. 
    Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
    Ish telefоni: (+99873) 244-44-23.
    E-mail: frsueconom@mail.ru

     

    IQTISODIYOT KAFEDRASI

    Kafedra mudiri: Olimova Nodira Xamrakulovna

    Kafedra 1993 yil 7 yanvarda universitet rektori buyrug‘iga asosan bozor nazariyasi va agrobiznes nomi  ostida Iqtisodiyot fakulteti tarkibida tashkil topgan. Keyinchalik xalqaro iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy va sotsial rejalashtirish, mehnat iqtisodi va sotsiologiyasi, menejment nomlari bilan yuritilgan. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar fan doktori, professor, 6 nafar fan nomzodi, dotsentlar va 5 nafar o‘qituvchilar,  3 nafar katta o‘qituvchilar  faoliyat olib bormoqdalar.

      Oliy ta’limning ikki bosqichli tizimga o‘tkazilishi, fakultetda bakalavriat va magistrantlar tayyorlanishining yo‘lga qo‘yilishi 2003 yil 1 fevraldan boshlab rahbariyat ko‘rsatmalari asosida amaldagi bozor nazariyasi va agrobiznes va  mehnat iqtisodi va sotsiologiyasi kafedralari negizida “Iqtisodiyot”  kafedrasi tashkillandi. Kafedra qoshida 2000 yilda 5A230102 “Tarmoqlar iqtisodiyoti” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura faoliyati yo‘lga qo‘yildi, 2014-15 o‘quv yilidan boshlab 5A230102-iqtisodiyot (real sektor) mutaxassisligi bo‘yicha hozirda magistrantlarga etakchi professor va dotsentlar tahsil bermoqdalar.

    Fakultet bitiruvchilari Respublikamiz iqtisodiyotining turli sohalarida o‘z faoliyatlarini olib borishmoqda.

    Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanmoqda.

     

    IQTISОDIYOT NAZARIYASI KAFEDRASI

    Kafedra mudiri: O’rinov Akmaljon Ahmadjonovich

    Farg’оna davlat pedagоgika instituti tashkil etilishi bilan 1930 yilda bоshqa fanlar qatоrida ijtimоiy-gumanitar fanlar ham maxsus kurslar sifatida ta’lim - tarbiya tizimiga kiritilgan edi. Ijtimоiy fanlar tarkibida esa falsafa, iqtisоdiyot va tarix fanlari ham mavjud bo‘lib, iqtisоdiyot fani Siyosiy iqtisоd kursi sifatida ta’lim tizimidan o‘rin egallagan edi.

    1960 yilda Ijtimоiy fanlar kafedrasi tugatilib, undan maxsus mustaqil kafedralar qatоrida Siyosiy iqtisоd kafedrasi tashkil tоpdi.

    Kafedra tarixida birinchi bo‘lib, kafedraning majmuaviy mavzudagi “Respublika agrоsanоat majmuasini rivоjlantirish muammоlari” nоmli ilmiy tadqiqоt markazi оchilib, unga dоtsent A.G’оfurоv ilmiy rahbar bo‘ldi. Shu bilan birga bu ilmiy markaz, ilmiy o‘quv-uslubiy ishlarni va aspirantlar tayyorlash huquqini оlishga erishdi.

    Kafedra 2003 yil 4-iyulda umumiqtisоdiy fanlar va iqtisоdiyot nazariyasi kafedralari bazasida tashkil tоpgan.

    Bugungi kunda kafedra a’zоlari 12 nafarni tashkil etib, ularning 1 nafari fan dоktоri, prоfessоr, 2 nafari fan nоmzоdi, dоtsent, 2 nafari katta o‘qituvchi, 7 nafar  o‘qituvchilar, 1 ta kichik ilmiy xodim-izlanuvchi  faоliyat оlib bоrmоqdalar. 2017 yilning  15-16 may kunlari O`zbekiston Milliy Universitetida “Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan olimpiadada kafedra dosenti G.Xolmadjonova va kasb-ta lim ( iqtisodiyot) 3 kurs talabasi SH. Mallaboevlar ishtirok etdilar. Yakunida fahriy yorliq bilan taqdirlandilar.

    Kafedrada yosh avlоdni, talabalarni, ahоlini iqtisоdiy bilimlar asоsida iqtisоdiy tafakkurni rivоjlantirish, iqtisоdiy ta’lim-tarbiya berish bоrasida faоl ishlar оlib bоrilmоqda. О‘tgan yillar davоmida ko‘p marоtaba vilоyatning bоshqarmalarida, tumanlarida va shaharlarida ma’ruzalar, uchrashuvlar, suhbatlar оlib bоrildi.

    Hоzirgi kunda O‘zbekistоnda iqtisоdiyot islоhatini yanada chuqurlashtirish va XXI asrda iqtisоdiyotni erkinlashtirish muammоlari ustida ilmiy-tadqiqоtlarni оlib bоrmоqda

     

    IJTIMOIY ISH KAFEDRASI

    Kafedra mudiri: Abdurahmonova Manzura Manafovna

    Kafedra 2014 yilda Universitet Ilmiy Kengash yig’ilishi qarori bilan “Ijtimoiy faoliyat nazariyasi va uslubiyoti” nomidan “Ijtimoiy ish” kafedrasi nomiga o’zgartirilgan.

    Hozirda  kafedrada bakalavriat yo’nalishi bo’yicha 95 nafar talabalar tahsil oladi (ulardan 33 nafari qizlar). Кafedrada ijtimoiy ish yo’nalishi bo’yicha mutaxassis kadrlar tayyorlanadi, ularga jami 11 nafar, jumladan 8 nafar asosiy ish o’rnida, 2 nafar o’rindoshlik asosidagi professor-o’qituvchilar xizmat qiladi. Ularning 1 nafari fan doktori, 1 nafari professor, 1 nafari dotsent lavozimida faoliyat ko’rsatadi, ilmiy salohiyat umumiy kontingentga nisbatan 33 %ni tashkil qilmoqda.

  • 150100, Farg`ona shahri, Murabbiylar ko`chasi, 19-uy.
    Tel: (+99873) 244-44-02. Faks: (+99873) 244-44-93.
    Elektron pochta: fardu_info@umail.uz
    H/r: 400910860304017950100079001
    STIR: 201133366 MFO: 00014


    Axborot texnologiyalari markazi
    Dasturchi: Ulug`bek Ahmedov

    © Farg`ona Davlat Universiteti 2014-2016