Screen size:
Font size:

Chorshanba, Shanba 14:00-16:00
Farg‘ona davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish
“Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining 2025 yil uchun
ISH REJASI
T/r | Bajariladigan ishlar mazmuni | Ijro muddati | Mas’ullar |
1. | Universitetda korrupsiyaviy havf-xatarlarni baholash choralarini ko‘rish | Yil davomida | Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i |
2. | Universitetning tarkibiy bo‘linmalari (fakultet, kafedralar) o‘rtasida korrupsiyaga qarshi reytingni joriy qilish | May | Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari |
3. | Universitetga nomzodlarni ishga qabul qilishda shaffoflikni ta’minlash | Yil davomida | Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i |
4. | Universitetda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi shaffofligini ta’minlash | Yil davomida | O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i |
5. | Universitetda talabalar o‘rtasida korrupsiyaga oid holatlar yuzasidan turli (onlayn yoki oflayn) so‘rovnomalar o‘tkazib borish | Yil davomida | Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i |
6. | Universitet faoliyatida sof akademik-ijodiy muhitni shakllantirish | Yil davomida | Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i |
7. | Yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantiruvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish | Yil davomida | Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i |
8. | Talabalar turar joylariga joylashtirishning ochiq va shaffof mexanizmlarini nazorat qilish | Yil davomida | Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i |
9. | Universitetda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish | Yil davomida | Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, jamoatchilik kengashi raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i |
10. | Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlarini amalga oshirish ustidan masofaviy nazoratni ta’minlash. | Yil davomida | Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor, Korrupsiyaga karshi kurashishi “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i |
11. | Universitetda faoliyat yuritayotgan xodimlarning rotatsiyasini tashkil etish | Yil davomida | Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, Korrupsiyaga karshi kurashishi “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i |
12. | Universitetning rasmiy veb-saytida ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni e’lon qilib borish | Yil davomida | Matbuot kotibi, Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i |
13. | Professor-o‘qituvchilar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi so‘rovnomalar o‘tkazish | Yil davomida | O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, Korrupsiyaga karshi kurashishi “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i |
14. | Korrupsion holatlar to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar qoldirish imkoniyatiga ega bo‘lgan rasmiy telegram-bot murojaat kanalini nazorat qilish | Yil davomida | Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i, Korrupsiyaga karshi kurashishi “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i |
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH “KOMPLAYENS-NAZORAT” TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMI XODIMLARINING
LAVOZIM VAZIFALARI
Bo‘lim boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari
- bo‘limga umumiy raxbarlik qiladi, bo‘lim ishini tashkil etadi, bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi xamda ijro intizomi bo‘yicha to‘liq javob beradi;
- ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar, qonunosti Vazirlik jujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
- korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi;
- ta’lim tizimida ”Korrupsiyasiz soxa“ loyixasini amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi;
- professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etadi;
- ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha taxliliy materiallar tayyorlaydi;
- fuqarolik jamiyati institutlari, xuquqni muxofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish soxasida samarali xamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mas’ul shaxslarini o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etadi;
- ta’lim tizimida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, taxliliy materiallarni raxbariyatga kiritadi;
- bo‘lim faoliyatiga taallukli masalalar bo‘yicha xujjatlarni ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan xujjatlar loyixalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va takliflar tayyorlaydi;
- kengashining majlislari xamda xay’at yig‘ilishlarida ishtirok etadi;
- bo‘lim ishlarini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
- bo‘lim faoliyati bilan bog‘lik jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi xamda ijro intizomiga to‘liq amal qiladi;
- qonun xujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi..
Barchani ushbu xalqaro tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!