Screen size:
Font size:
Farg‘ona davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi
kurashish “komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi
vakant lavozimini butlash maqsadida ishga nomzodlar bilan suxbat asosida tanlov
o‘tkaziladi.
Bo‘limning mas’ul lavozimlariga ishga olishda ushbu
xodimlarga nisbatan ish tajribasi va kasbiy kompetensiyasiga doir quyidagi
minimal talablar belgilanadi:
- yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, tizimli tahlil,
menejment yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklari bo‘yicha oliy
ma’lumotga ega bo‘lish (magistr, ilmiy unvon, ilmiy darajaga ega);
- Korrupsiyaga qarshi kurashish
“komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimi
uchun mazkur lavozim bo‘yicha kamida 3 yillik ish staji. Bunda Korrupsiyaga qarshi kurashish
“komplayens-nazorat” tizimini boshqarish yo‘nalishidagi ish stajiga
ustuvorlik beriladi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus o‘quv kurslaridan
o‘tganlik to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘lishi lozim.
Bo‘limning
vazifalari:
Bo‘limning asosiy maqsadi universitetda, shuningdek,
uning tarkibiy bo‘linmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ISO
37001:2025 Korrupsiyaga qarshi xalqaro standard talablariga javob beruvchi,
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini joriy etish va rivojlantirish,
korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va
shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir
etilishining oldini olish, universitet xodimlarida korrupsiyaga nisbatan
murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida ularning huquqiy ongi va
madaniyatini oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni
tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini
ta’minlashdan iborat.
Lavozim maoshi bazaviy hisoblash miqdoridan kelib
chiqib ish haqi to‘lanadi, mazkur lavozim majburiyatlarini bajarish amaldagi
mehnat qonunchiligiga asosan amalga oshiriladi.
Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha nomzodlarning hujjatlari faqat Farg‘ona davlat universitetining rasmiy veb-sayti — fdu.uz orqali elektron tarzda qabul qilinadi. Nomzodlardan hujjatlar va ularning nusxalarini qog‘oz shaklida talab
qilish hamda yuborish ta’qiqlanadi.
Platformaga joylash uchun kerakli xujjatlar
1.Shaxsni tasdiqlovchi passport yoki AD karta
2.Ma’lumotnoma (obektivka)
3.Diplom va ilova
4.Sertifikarlar
5.Mehnat daftarchasidan kochirma
6.Bog‘lanish uchun telefon raqam