Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 483
  • Ko`rib chiqilganlar 448
    • Takliflar 60
    • Arizalar 374
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​SALOMATLIK- TUMAN BOYLIK

15:07, 13.02.2023      

Farg'ona davlat universiteti Gender tengligi masalalari taqdiqot markazida USAID (AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi)ning Markaziy Osiyoda tuberkulyoz kasalligini tugatish bo'yicha loyiha koordinatorlari tomonidan talaba-yoshlar uchun seminar tashkil etildi.

Gender tengligi masalalari taqdiqot markazi bilan hamkorlikda bo'lib o'tgan mazkur treningda dastlab markaz rahbari, pedagogika fanlari doktori, professor- Turg'unoy Egamberdiyeva yoshlarga loyiha maqsadi, vazifasi, uning mamlakatimizdagi faoliyati xususida batafsil ma'lumotlar berib o'tdi.

Bunda loyiha vakili Malikjon O'tishev kasallik tarixi, uning profilaktikasi, alomatlari, yuqish o'choqlari, davolanish usullari, shuningdek, sog'lom turmush tarzi tamoyillari to'g'risida taqdimot orqali batafsil tushunchalar berdi.

Seminar davomida talabalar bilan ochiq muloqot tashkillanib, savol-javoblar orqali ularning tibbiy bilimlari mustahkamlab borildi.