Bo`lim boshlig`i: Turaxanov Akrom Abdullaxamidovich
12.09.1982 yil, Sirdaryo viloyati Sirdaryo shahri.
Harbiy unvoni: mayor
Telefon raqami; +99890-530-84-96
Qabul vaqti: Chorshanba, Shanba 14:00-16:00
E-mail: Antikorruptsiya@pf.fdu.uz
Telegram-bot: @FarDUantikorr
Farg‘ona davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish
“Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining 2025 yil uchun
ISH REJASI
T/r |
Bajariladigan ishlar mazmuni |
Ijro muddati |
Mas’ullar |
1. |
Universitetda korrupsiyaviy havf-xatarlarni baholash choralarini ko‘rish |
Yil davomida |
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i |
2. |
Universitetning tarkibiy bo‘linmalari (fakultet, kafedralar) o‘rtasida korrupsiyaga qarshi reytingni joriy qilish |
May |
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari |
3. |
Universitetga nomzodlarni ishga qabul qilishda shaffoflikni ta’minlash |
Yil davomida |
Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i |
4. |
Universitetda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi shaffofligini ta’minlash |
Yil davomida |
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i |
5. |
Universitetda talabalar o‘rtasida korrupsiyaga oid holatlar yuzasidan turli (onlayn yoki oflayn) so‘rovnomalar o‘tkazib borish |
Yil davomida |
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i |
6. |
Universitet faoliyatida sof akademik-ijodiy muhitni shakllantirish |
Yil davomida |
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i |
7. |
Yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik pozitsiyasini shakllantiruvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish |
Yil davomida |
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i |
8. |
Talabalar turar joylariga joylashtirishning ochiq va shaffof mexanizmlarini nazorat qilish |
Yil davomida |
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i |
9. |
Universitetda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish |
Yil davomida |
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, jamoatchilik kengashi raisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo‘limi boshlig‘i |
10. |
Budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi va davlat xaridlarini amalga oshirish ustidan masofaviy nazoratni ta’minlash. |
Yil davomida |
Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor, Korrupsiyaga karshi kurashishi “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i |
11. |
Universitetda faoliyat yuritayotgan xodimlarning rotatsiyasini tashkil etish |
Yil davomida |
Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, Korrupsiyaga karshi kurashishi “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i |
12. |
Universitetning rasmiy veb-saytida ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni e’lon qilib borish |
Yil davomida |
Matbuot kotibi, Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i |
13. |
Professor-o‘qituvchilar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi so‘rovnomalar o‘tkazish |
Yil davomida |
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, Korrupsiyaga karshi kurashishi “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i |
14. |
Korrupsion holatlar to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xabar qoldirish imkoniyatiga ega bo‘lgan rasmiy telegram-bot murojaat kanalini nazorat qilish |
Yil davomida |
Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i, Korrupsiyaga karshi kurashishi “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i |
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH “KOMPLAYENS-NAZORAT” TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMI XODIMLARINING
LAVOZIM VAZIFALARI
Bo‘lim boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari
- bo‘limga umumiy raxbarlik qiladi, bo‘lim ishini tashkil etadi, bo‘limga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi xamda ijro intizomi bo‘yicha to‘liq javob beradi;
- ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar, qonunosti Vazirlik jujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
- korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlaydi;
- ta’lim tizimida ”Korrupsiyasiz soxa“ loyixasini amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi;
- professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etadi;
- ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish asosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha taxliliy materiallar tayyorlaydi;
- fuqarolik jamiyati institutlari, xuquqni muxofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish soxasida samarali xamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
- korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mas’ul shaxslarini o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etadi;
- ta’lim tizimida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan amalga oshirilgan ishlar monitoringini yuritadi, taxliliy materiallarni raxbariyatga kiritadi;
- bo‘lim faoliyatiga taallukli masalalar bo‘yicha xujjatlarni ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan xujjatlar loyixalari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va takliflar tayyorlaydi;
- kengashining majlislari xamda xay’at yig‘ilishlarida ishtirok etadi;
- bo‘lim ishlarini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
- bo‘lim faoliyati bilan bog‘lik jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi xamda ijro intizomiga to‘liq amal qiladi;
- qonun xujjatlariga muvofiq vakolati doirasida boshqa funksional vazifalarni amalga oshiradi..