Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 480
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 371
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​"ZAMONAMIZ QAHRAMONLARI"

13:21, 13.03.2023      

Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayotsir-u asrorlari va saboqlarini onaning mehr-u sahovati tufayli o’rganadi. Onani e’zozlash – bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko’tarilgan fazilatdir. Chunki ayollarni qancha ulug’lasak, xayotimizning chirog’i, umrimizning guli deb e’zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e’zozlagan bo’lamiz. Shu kunlarda Respublikamiz bo’ylab birin-ketin ayollarimiz bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etimoqda.

Xususan, 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Farg'ona shahar hokimligi tomonidan "Zamonamiz qahramoni" dеb e'tirof etildi va unda viloyatimiz ravnaqiga o’zining salmoqli mehnati bilan munosib xissasini qo’shib kelayotgan ayollar qatorida Farg’ona davlatuniversitetining Ijtimoiy ish kafеdrasi dotsеnti M.Abdurahmonova faxriy yorliq bilan taqdirlandi.