Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 480
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 371
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​MEHR – OQIBAT, OLIY QARIYAT!

09:02, 07.04.2023      

Yaxshilik, xayr-saxovat, mehr-oqibat kabi ulugʼ fazilatlar doimo insonga ziynat boʼlib kelgan. Bunday olijanob xislatlarni oʼzida mujassam eta olgan insongina el-yurtning ogʼirini yengil qila oladigan fazilatli shaxs hisoblanadi.

Farg’ona davlat universitetining Talabalar turar joylarida ezgulik, mehr-muruvvat, oqibat g’oyalarini o’zida mujassam etgan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. «Mehr oqibat – oliy qadriyat!» degan hayotiy tamoyilning ma'naviy hayotimizdan nechog'lik chuqur joy olgani, milliy qadriyat va an'analarimizning munosib davom etayotgani ushbu tadbir misolida yaqqol namoyon bo’ldi.

Oliygohning Fizika-texnika, Matematika-informatika, San'atshunoslik fakultetlari tomonidan 4-sonli Talabalar turar joyida yoshlar o'rtasida birdamlik, ahillikni kuchaytirish, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg'ularini oshirish va e'tibor ko'rsatish maqsadida tushlik uchun katta doshqozonlarda osh tayyorlandi.

Bu e'tibordan mamnun bo'lgan yoshlar tushlikdan so'ng turli bayram tadbirlari, kitobxonlik, she'rxonlik kechalari uyushtirmoqdalar.