Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 480
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 371
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“SOG’ TANDA – SOG’LOM AQL”

11:24, 10.04.2023      

Hammaga yaxshi ma'lumki, sport – nafaqat sog‘liqni mustahkamlash uchun mashg‘ulotlar majmui, balki asabbuzarlikni yo‘qotish va kun mobaynida tinib qolgan qonlarning aylanishini yaxshilashning samarali usulidir.

Bolalik chog'laridan sportga oshno bo'lgan inson jismonan sog'lom bo'lishi, jismi sog'lom bo'lgan inson esa ma'nan etuk, irodasi mustahkam va sog'lom fikrlay oladigan inson bo'lib voyaga etishi tabiiy hol albatta. Sport insonning ruhiyatini ham sog'lom qiladi.

“Xalqaro salomatlik kuni” munosabati bilan Farg‘ona shahridagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 1-sonli “Nurli maskan” maktab internatida “Sog‘ tanda-sog‘lom aql” shiori ostida tadbirda Harbiy ta’lim fakultetning 3-bosqich talabalari yoshlarimizga o‘rnak bo‘ladigan sport turlari ya'ni qo‘l jangi ko‘rgazmali chiqishlari bilan faol qatnashdi.