Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 480
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 371
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“AMIR TEMUR – BUYUK SHAXS”

12:43, 10.04.2023      

Sohibqiron rahnamoligida amalga oshirilgan madaniy hayotdagi o'zgarishlar Ulug'bek davridagi Samarqandda, Shohruh va Navoiy davridagi Hirotda yuz bergan madaniy yuksalishga poydevor bo'ldi.

Aytish kerakki, Amir Temur shaxsini idrok etmoqlik – tarixni idrok etmoqlik, milliy o'zlikni anglamoqlikdir. Sohibqiron Amir Temur –insoniyat tarixida yengilmas sarkarda, jahon sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa qo'shgan buyuk davlat arbobi, xalqimizning g'ururidir. O'zbek davlatchiligini yuqori bosqichga ko'tara olgan, milliy tiklanish uchun xalqqa tarixiy tayanch bo'lgan sohibqiron nafaqat o'z davrida, balki bugun ham Yangi O'zbekiston taraqqiyotida beqiyos o'ringa ega.

Yurtimizda buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar doirasida Farg’ona davlat universitetining Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari ishtirokida "Amir Temur - buyuk shaxs" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.