Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 480
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 371
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​SHERMUHAMMADOVDAN MOTIVATSIYA

10:39, 18.05.2023      

Ma`lumki, ayni kunlarda “Universiada – 2022” o'yinlarning yengil atletika sport turi bo’yicha musobaqalariga Farg‘ona shahri mezbonlik qilmoqda.

Bellashuvlarda talabalar o’zlarining kuch va shijoat, matonat va mahoratlarini namoyon etmoqdalar.

Farg’ona davlat universiteti talabalari ham mazkur sport bayramiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rdilar. Musobaqalarda yengil atletikaning 13 ta yo’nalishi bo’yicha Jismoniy madaniyat fakultetining 8 nafar talabalari oliygohimiz, qolaversa, viloyatimiz sha'nini himoya qilmoqdalar.

Musobaqalar oldidan oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov ushbu talabalar bilan yaqindan suhbat o’tkazdi. Suhbat davomida ishtirokchilarga omad tilab, ularga motivatsiya bergan holda o’z tavsiyalarini bildirdi.