Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 480
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 371
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“UCH AVLOD UCHRASHUVI”

15:59, 19.05.2023      

Jismoniy madaniyat fakultetida bayram arafasida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkillandi. Uchrashuv uch bosqichda o‘tkazildi. Dastlab faxriy mehmonlar tantanali ravishda kutib olindi.

Talaba - yoshlar ishtirokida gullar bilan kutib olingan mehnat faxriylari yangi, zamonaviy qiyofadagi Jismoniy madaniyat fakultetidagi suzish, voleybol, kurash va gimnastika zallari tanishtirilib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko'rsatib berildi.

Tadbirni o’z kirish so’zi bilan ochib bergan universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Bahodirjon Shermuhammadov keksa nuroniylarni, mehnat faxriylarini xotirlash - milliy qadriyatlarimiz gultoji ekanligi, ularning yoshlar tarbiyasida tutgan o’rni esa beqiyosligini ta’kidlab o’tdi.

Tadbir davomida faxriylar va talabalar o’rtasida ochiq muloqot o'tkazildi.

Shuningdek, yoshlar tomonidan tayyorlangan “Jaydari kelin” nomli spektakl faxriylar e’tiboriga namoyish qilindi. Tadbir yakunida faxriylarga bayram sovg‘alari taqdim etildi.