Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 480
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 371
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​REKTOR UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA

08:33, 30.05.2023      

San'atshunoslik fakulteti jamoasining ilmiy salohiyatni oshirish masalalariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Oliygoh rektori raisligida olib borilgan mazkur yig'ilishda fakultet jamoasi, kafedralar mudirlari, professor-o'qituvchilar ishtirok etdilar.

Kun tartibida fakultetning ilmiy salohiyati, ilmiy daraja va unvonlar olish, dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlar bilan hamkorlik, iqtiboslik darajasi, xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etilishi holati, monografiyalar, o'quv qo'llanmalar, darsliklar ko'lami, xorijiy o'qituvchilar va talabalarning jalb etilishi, akademik almashinuvlar doirasi, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish va boshqa muhim masalalar jamoa e'tiborida bo'ldi. Ushbu yo'nalish bo'yicha ko'rsatkichlar va natijalar - kafedralar kesimida muhokama etildi.

Shuningdek, kun tartibida bo'lgan talaba-yoshlar tarbiyasi va ularning ma'naviy, huquqiy dunyoqarashlarini oshirish masalasi tahliliy o'rganildi.