Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 480
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 371
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​XALQARO KONFERENSIYA

09:50, 07.06.2023      

Farg’ona davlat universitetining Agrar qo'shma fakultetida "Qishloq xo'jaligini rivojlantirishning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

Tadbir avvalida fakultetning yosh tadbirkor talabalari, o'quv-tajriba agrouchastkalari va ishlab chiqaruvchi hamkorlarning mahsulotlari ko'rgazmasi namoyish etildi.

Vengriya qishloq xo'jaligi va hayot fanlari universiteti hamda Agrar qo'shma fakulteti, shuningdek, "Science and innovation"xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda universitet rahbariyati, fakultet jamoasi, Vengriya universiteti professori, qishloq xo'jaligi va sanoat iqtisodiyoti bo'lim boshlig'i Lakner Zoltan, Sank-Peterburg davlat universiteti professori, biologiya fanlari doktori Yevgeniy Abakumov, ko'plab nufuzli xorijiy va Respublika oliygohlari professorlari,assotsiatsiyalar vakillari ishtirok etdilar.