Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 480
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 371
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

QIZLAR DAVRASI

14:24, 16.06.2023      

Asl tadbirkor kishilar o'z ishbilarmonligi bilan farovonlikka erishgan. Faqat o'zlarinigina emas, balki el-ulusning yaxshi yashashi uchun hissa qo'shgan. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamon odamlardan u bilan hamnafas bo'lish, tengma-teng qadam tashlash uchun muttasil izlanish, o'qib-o'rganishni talab qilmoqda.

Talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish, ular munosib daromad olishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Pedagogika va psixologiya kafedrasi jamoasi 1- sonli Talabalar turar joyida talaba-qizlar bilan “Ayol tadbirkor bo’lsa…” mavzusida davra suhbati o'tkazdilar.