Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 480
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 371
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

IJODIY (KASBIY) IMTIHONLAR JARAYONI

13:54, 24.07.2023      

Ayni paytda Farg'ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakultetiga o'qishga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun markaziy Istiqlol stadionida ijodiy (kasbiy) imtihonlar bo'lib o'tmoqda.

Bugunning o'zida abituriyentlarning 270 nafari 100 va 1000 metrga yugurish sinovlarini topshirayotgan bo'lsa, hozirda 3 ta guruh- ya'ni 90 nafar yigit-qizlar sinovlarni topshirib bo'ldilar.

Ushbu imtihonlarda bevosita ishtirok etayotgan ota-onalar, yoshlarning yaqinlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari jarayonni ochiq va erkin tarzda kuzatib bormoqdalar.