Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 480
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 371
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

UNIVERSITET REKTORI VA TALABALAR MULOQOTI

14:48, 19.10.2023      

Ayni kunlarda Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadovning fakultetlararo talaba-yoshlar bilan muloqoti bo'lib o'tmoqda!

Bugun Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabalari bilan bo'lb o'tgan muloqotda esa yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, xorijiy tillar va axborot texnologiyalarini puxta o‘rganish, adabiyot, san’at, madaniyat sohasidagi qiziqishlarini o'stirish, intilishlardan tolmaslik kabi masalalarda so'z bordi.

Suhbatda universitet rahbari talabalarga kerakli tavsiyalar berib, yetuklik yo'lida milliy tarbiya, bilim, odob-ahloq, to'g'rilik, ahillik, intizom - muhim fazilat ekanligini ta'kidladi.

Yoshlarga talabalik baxti, o'z oldiga orzu-maqsad qo'ya olish, sinovlarga sabr-toqat, zakovat bilan yondoshishlari zarurligi uqtirildi. Ayniqsa, rektor Respublikamizning boshqa hududlaridan kelib ta'lim olayotgan tengdosh talabalar bilan ahil bo'lish, do'stona munosabatlarni kengaytirish xususida alohida to'xtalib o'tdi.

Universitet rahbari talabalarga savollar bilan bemalol, erkin tarzda murojaat qilishlari mumkinligini bildirib, ularning taklif va muammolarini ham tinglab bordi.