Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 480
  • Ko`rib chiqilganlar 446
    • Takliflar 60
    • Arizalar 371
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​O‘zbekiston - Italiya ta’lim forumi

08:40, 25.09.2024      

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida tashkil etilgan O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumi davom etmoqda.Quvonarlisi, ushbu Birinchi Italiya - O’zbekiston rektorlari forumi doirasida Farg’ona davlat universiteti va Italiyaning Parma universitetlari o’rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandum imzolash jarayonida talaba va professorlar almashinuvi, qo’shma dasturlar, "Erasmus" loyihalarida ishtirok etish belgilab olindi.

Forum doirasida 20 dan ortiq bitim va memorandumlar imzolandi.

Hujjatlarga asosan, endilikda ikki davlat oliygohlari professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni kengaytirishadi.